Skip to content
  • 1918-1939-yillarda Vyetnam, Koreya, Indoneziya

    VYETNAM XIX asr oxirida aholining ahvoli XIX asrning ikkinchi yarmida Vyetnam Fransiya tomonidan bosib olingan va Birinchi jahon urushi oxiriga kelib, Fransiya mustamlakasi — Hindixitoy Ittifoqi tarkibiga kirardi. Butun markaziy hokimiyat fransuz general-gubernatori qo‘lida mujassam edi. Mamlakatda monarxiya boshqaruvi saqlanganiga qaramay (nguenlar sulolasi), qirol hokimiyati nomigagina mavjud bo‘lib, Janubi-Sharqiy Vyetnamga umuman joriy qilinmasdi. Maxsus nizomga…

    Sentabr 22, 2023
  • 1918-1939-yillarda Xitoy

    Xitoy urushdan keyingi yillarda Kamolchilik inqilobi bilan deyarli bir vaqtda Osiyoning boshqa burchagida Xitoy inqilobi boshlandi. Bu xalq hokimiyatining qaror topishi bilan yakunlangan haqiqiy milliy-ozodlik inqilobi edi. Birinchi jahon urushi oxirlarida Xitoy qoloq, yarimfeodal, yarimmustamlaka mamlakat edi. Xitoy yirik dunyo davlatlarining ta’sir doiralariga taqsimlangan, mamlakat sanoati, transporti, banklari, tashqi savdosining asosiy qismi xorijiy kompaniyalarga tegishli…

    Sentabr 22, 2023
  • 1918-1939-yillarda Turkiya

    Turkiya Birinchi jahon urushidan soʻng. Usmonli turk imperiyasining boʻlinishi Birinchi jahon urushi Osiyodagi vaziyatni tubdan oʻzgartirdi. Turkiya Germaniyaning ittifoqchisi boʻlgani bois yengilgan mamlakat qismatini bo‘lishib oldi. To‘g‘ri, Angliya bilan Fransiya o‘rtasidagi ziddiyatlar tufayli gʻolib davlatlar uzoq vaqt mobaynida tinchlik shartnomasi tuzishga muvaffaq boʻlishmadi. Baribir, 1920-yil 10-avgustda Parij yaqinidagi Sevr shahrida shunday shartnoma imzolandi. Bu Turkiya…

    Sentabr 22, 2023
  • 1918-1939-yillarda Albaniya

    Mamlakatning iqtisodiy ahvoli Albaniya togʻli mamlakat bo‘lib, hududining 2/3 qismi dengiz sathidan 1000 metr balandlikda joylashgan. Uning maydoni XX asr boshida bor-yo‘g‘i 27,5 ming kv km ni tashkil etar, aholisi esa 1 mln kishidan sal koʻproq edi. Albaniya Yevropaning eng qoloq qismi boʻlib, bu yerda XX asr boshlarigacha urug‘-qabilachilik tuzumi qoldiqlari saqlanib keldi. Albaniya iqtisodiyotining…

    Sentabr 22, 2023
  • 1918-1939-yillarda Gretsiya

    Birinchi jahon urushida qatnashish va uning yakunlari O‘z tashqi siyosatida Angliyaga mayli kuchli qirol Georg urush arafasida Salonikida o‘ldirilgandi. Uning o‘g‘li Konstantin Berlin harbiy akademiyasini tugallagan va german imperatori Vilgelm II ning singlisiga uylangan bo‘lib, Germaniyaga mutaassiblarcha sodiq edi. U Germaniya qudrati va g‘alabasiga ishongan holda uning tomonida bo‘lishga tayyorlanardi. Qirol armiyani Germaniya tomonidan urushga…

    Sentabr 22, 2023
  • 1918-1939-yillarda Ruminiya

    Ruminiyaning Birinchi jahon urushidagi ishtiroki Ruminiya Birinchi jahon urushi arafasida konstitutsiyaviy monarxiya tizimidagi davlat edi. Qirol Karl Germaniyada 1871-yildan beri hukm surayotgan Gogensollernlar sulolasidan chiqqandi. 1881-yili rumin parlamenti Ruminiyani qirollik deb e’lon qildi. Ruminiya siyosati ikki taraflama edi. Bir tomondan, u 1878-yilgi Berlin shartnomasiga koʻra, Rossiyaga berilgan Bessarabiyani Germaniya va Avstro-Vengriya yordamida qaytarib olishdan umid…

    Sentabr 22, 2023
  • 1918-1939-yillarda Bolgariya

    Birinchi jahon urushining mamlakat uchun yakunlari Birinchi jahon urushida Bolgariya Germaniyaning ittifoqchisi boʻlgan edi. Shoh Ferdinand (1861-1948, 1887-yildan 1918-yilga qadar hukm surgan) avstriyalik Koburgskiylar xonadoni vakili boʻlgani holda mamlakatni ushbu umidsiz urushga tortdi. 1918-yil sentyabrida birlashgan ingliz-fransuz-serb qoʻshinlari Makedoniyada bolgar-nemis qoʻshinlarini tor-mor qildi va 1918-yil 29-sentyabrda bolgar hukumati sulh haqidagi hujjatni imzolab, taslim boʻldi. Bolgariya…

    Sentabr 19, 2023
  • 1918-1939-yillarda Yugoslaviya

    Yugoslaviyada mustaqil davlatlarning barpo etilishi Bolqon yarimoroli Birinchi jahon urushining detonatori bo‘ldi. 1914-yil 28-iyunda Bosniya-Gersegovina poytaxti. Sarayevoda yangragan o‘q ovozlari amalda Birinchi jahon urushining muqaddimasiga aylandi. Bu hudud turli manfaatlar davlatlarning ta‘sir doirasi uchun kurashi, milliy-ozodlik harakati, Bolqon yarimorolida yashovchi har xil millatlarning o‘zaro kurashlari to‘qnashgan chorraha edi. Avstriya-Rossiya qarama-qarshiliklari uzoq vaqt mobaynida Bolqondagi siyosiy…

    Sentabr 19, 2023
  • 1918-1939-yillarda Vengriya

    Respublikaning eʼlon qilinishi Vengriya Birinchi jahon urushida magʻlubiyatga uchragan davlatlar qatorida edi.1918-yil 16-noyabrda, Avstro-Vengriya taslim boʻlganidan 10 kun keyin Vengriyada respublika eʼlon qilindi. Biroq Rossiyadan qaytgan sobiq harbiy askarlar Bela Kun boshchiligida hokimiyatni oʻz qoʻllariga olishga qaror qildi. 1919-yil 21-martda Vengriya sovet respublikasi tuzilgani eʼlon qilindi. Sovet respublikasi Vengriyada 133 kun hukm surdi. Bu qisqa…

    Sentabr 18, 2023
  • 1918-1939-yillarda Polsha

    Sharqiy Yevropa davlatlari mamlakatlar tarixida alohida ahamiyat kasb etadi. Ularing baʼzilari Versal shartnomasi qarorlari natijasida qayta tiklandi (Yugoslaviya, Chexoslovakiya, Vengriya, Polsha), boshqalari esa magʻlub davlatlarga mansub boʻlib (Vengriya, Avstriya), shu shartnomaga asosan qoʻyilgan cheklashlarning qattiq iskanjasida yashashga mahkum etilgandi. Ushbu davlatlar tarixining siyosiy sahnasiga mustaqillik va demokratik oʻzgarishlar uchun kurashgan yangi ijtimoiy hamda siyosiy kuchlar…

    Sentabr 18, 2023
←Previous Page
1 … 43 44 45 46 47 48
Next Page→

Tarix hodisalari

Proudly powered by WordPress