-
Podsho Rossiyasining tashqi siyosati
Podsho Rossiyasi –– mustamlakachi davlat Rossiya ham yirik mustamlakachi davlatlardan biri bo‘lgan. Bosqinchilik urushlari yo‘li bilan ulkan imperiya vujudga keltirildi. Ayni paytda Rossiya mustamlakachilik imperiyasi Buyuk Britaniya yoki Fransiya mustamlakachilik imperiyasidan farq qilardi. Bu farq Rossiya bosib olgan hududlarning imperiya tarkibiga bevosita qo‘shib olinishida edi. Shu tufayli Rossiyaning okean yoki dengizorti mustamlakalari yo‘q edi. Chunonchi,…
-
XIX asr oxiri—XX asr boshlarida podsho Rossiyasining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvoli
Rossiyaning siyosiy tuzumi Rossiya bu davrda cheklanmagan monarxiya bo‘lib, butun hokimiyat podsho qo‘lida to‘plangandi. (tarix kitoblarida podsho hokimiyatiga nisbatan ʻʻchorizmʼʼ, ʻʻsamoderjaviyeʼʼ iboralari ham ishlatiladi.) Podsho hokimiyatining asosiy tayanchi pomeshiklar hamda pravoslav cherkovi edi. Podsho xonadonining o‘zi eng katta pomeshik bo‘lib, 7 mln. desyatina (1 desyatina = 1,1 gektar) yerga egalik qilardi.Pomeshik xo‘jaligi Rossiyaning kapitalistik taraqqiyoti…
-
Lotin Amerikasining boshqa davlatlari
Braziliyada qulchilikning bekor qilinishi Braziliya Janubiy Amerikadagi yirik davlatlardan biri bo‘lib, unda 15 mln. aholi yashagan. Braziliya ayni paytda eng qoloq davlat ham edi. Braziliyada qulchilik, qashshoqlik, jaholat va huquqsizlik keng avj olgandi. Qullarni sotadigan bozorlar, o‘z oilasiga, o‘z uyiga ega bo‘lish huquqidan mahrum bo‘lgan kishilarni sotish, zahmatkash qulni nazoratchilar tomonidan qamchilab ishlatish 1870-1880-yillarda odatiy…
-
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Lotin Amerikasi davlatlari
Umumiy tavsif Amerika qit’asi shartli ravishda Shimoliy va Janubiy Amerikaga bo‘linadi. Ba’zan Lotin Amerikasi iborasi ham ishlatiladi. Ma’lumki, Janubiy Amerikani ispanlar va portugallar istilo qilgandi. Ularning tili lotin tilidan kelib chiqqaniga nisbat berilib, bu materik Lotin Amerikasi deb atalgan. Lekin Lotin Amerikasi Janubiy Amerikaga nisbatan keng tushuncha. Unga Janubiy Amerikadan tashqari Meksika (Shimoliy Amerikaning bir…
-
AQSHning tashqi siyosati
AQSH harbiy qudratining namoyishi Mamlakatning bepoyon hududlari va Rossiyadan sotib olingan Alaskani o‘zlashtirish bilan band bo‘lgan AQSH mustamlakalar va o‘z ta’sir doiralarini qo‘lga kiritishga Yevropa mamlakatlaridan kechroq kirishdi. Uning e’tibori dastlab Lotin Amerikasi, Karib havzasi va Tinch okean bo‘yida joylashgan mamlakatlarga qaratildi.AQSH Lotin Amerikasida hukmron bo‘lib olish uchun kurashib, riyokorlik bilan ʻʻHamma Amerika mamlakatlarining manfaatlari…
-
AQSHning ichki siyosati
Ijtimoiy harakat AQSH iqtisodining rivojlanishi va dunyoda birinchi davlatga aylanishi jamiyat hayotidagi barcha ijtimoiy muammolarni o‘z-o‘zidan bartaraf etishga olib kelgani yo‘q. AQSHda ham ishchilar sinfi o‘z haq-huquqlari uchun qattiq kurash olib borishga majbur bo‘lgan. Bu davrdagi ishchilar harakatining asosiy maqsadi 8 soatlik ish kuni joriy etilishiga erishish edi. 1886-yil 1-may kuni umumiy ish tashlashlarda 350…
-
Amerika Qo‘shma Shtatlari
Iqtisodiy taraqqiyot Fuqarolar urushidan keyin yagona ichki bozorning vujudga kelgani, qulchilikning tugatilishi, quldorlik latifundiyalarining bekor qilinishi, unumdor yerlarning, foydali qazilma boyliklarining ko‘pligi, sersuv daryolar va poyonsiz o‘rmonlar Amerika xalqining tadbirkorligi mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining nihoyatda tezlashuviga sabab bo‘ldi. Ayni paytda AQSHga qo‘shni davlatlar (Kanada va Meksika) kuchsiz edi. Bu hol AQSHni ortiqcha harbiy xarajatlardan xalos etdi.…
-
Buyuk Britaniyaning tashqi siyosati
Eng ko‘p mustamlakaga ega davlatBuyuk Britaniyaning iqtisodiy taraqqiyoti AQSH va Germaniyaga nisbatan pasayayotgan bo‘lsa-da, harbiy jihatdan hamon dunyoning eng qudratli davlati bo‘lib qolayotgandi. Qudratli harbiy dengiz floti Buyuk Britaniyani dengizda tanho hukmron davlatga aylantirgandi. Shu qudrat tufayli Buyuk Britaniya XIX asrdan boshlab dunyoning barcha qit’alarida juda katta hududlarni bosib oldi va ularni o‘z mustamlakasiga aylantirdi.…
-
Buyuk Britaniyaning ichki siyosati
Irlandiya muammosi Buyuk Britaniya ichki siyosatidagi keskin muammolardan biri — Irlandiya muammosi edi. Irlandiyaning ijaraga yer olib kun ko‘ruvchi dehqonlari nihoyatda muhtojlikda yashashardi. Chunki yerlarni Britaniya lendlordlari o‘zlariniki qilib olgandi. Ko‘pchilik irlandiyaliklar tirikchilik ko‘yida Amerikaga ko‘chib ketdi.Ochlik, o‘lim va ko‘chib ketish natijasida aholi soni kamayib ketdi. 1875-yilda Buyuk Britaniyaning parlamenti deputati, olsterlik protestant, yer egasi…
-
XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Buyuk Britaniyaning siyosiy va iqtisodiy ahvoli
Mamlakat siyosiy tuzumi Buyuk Britaniya bu davrda ham konstitutsiyaviy monarxiya edi. Biroq Germaniyadan farqli o‘laroq, bu davlatda qirol hokimiyati asosiy rol o‘ynamasdi. Buyuk Britaniya qirollari davlat boshlig‘i edi xolos. Ular davlatni amalda boshqarishmagan. Davlatning ichki va tashqi siyosatini boshqarish parlament tuzadigan hukumat qo‘lida edi. Buyuk Britaniyada qaysi partiya parlament saylovida g‘olib chiqsa, shu partiya hukumat…