-
Imperiyaning tashqi siyosati
Dunyoni qayta bo‘lishga da’vogarlik Buyuk Britaniya va Fransiya juda katta mustamlakalarga ega bo‘lgan holda Germaniya bunday mustamlakalarga ega emasdi. Germaniya hukmron doiralari ʻʻquyoshning hammaning yelkasiga birday nur sochishiʼʼ talabi bilan chiqishdi. Bismark Germaniyaning xalqaro maydondagi ta’sirini kuchaytirishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘ydi. Yangidan tashkil etilgan fransuz qo‘shinini qasos oluvchi qo‘shin, deb hisoblay boshladi. Shu tufayli…
-
Imperiyaning ichki siyosati
Ichki siyosat German hukumati ichki siyosatda Germaniyani prusslashtirish masalasiga alohida e’tibor berdi. Imperiya konstitutsiyasida Prussiya qirollarigina Germaniya imperatori bo‘la olishining qayd etilgani buning yorqin dalili edi. Polsha va Fransiyaning Germaniyaga o‘tgan hududlarida ham prusslashtirish siyosati yuritildi. Polyak tilida o‘qitiladigan maktablar yopib qo‘yildi. Bunga javoban 1906-yilda 100 mingdan ortiq polyak bolalari maktabga borishdan bosh tortdi. Bismark…
-
XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Germaniya. Imperiyaning tashkil topishi
Germaniyani birlashtirishning tugallanishi Yuqorida aytilganidek, Fransiya-Prussiya urushi davom etayotgan bir paytda, ya’ni 1871-yilning 18-yanvarida barcha german davlatlarining monarxlari Versalda to‘planib, Prussiya qiroli Vilgelm I ni Germaniya imperatori deb e’lon qilishdi. Bu Germaniyaning ikkinchi marta imperiya deb e’lon qilinishi edi. (Eslang: Germaniya qachon 1-marta imperiya deb e’lon qilingandi?) Shunday qilib butun Germaniya hududining 2/3 qismida joylashgan,…
-
Fransiyaning tashqi siyosati
Mamlakatning xalqaro ahvoliXIX asrning 70-yillaridan boshlab, Fransiyaning xalqaro maydondagi ahvoli zaiflashdi. Prussiya bilan bo‘lgan urushdagi qaqshatqich mag‘lubiyatdan so‘ng Fransiyaning kontinental Yevropadagi yetakchi davlat mavqeyi yo‘qqa chiqdi. Endi Fransiya Germaniya hujumidan xavfsirab yashaydigan davlatga aylandi. Ayniqsa, 1879-yilda Germaniya va Avstriya-Vengriya o‘rtasida tuzilgan ittifoqchilik shartnomasi Fransiyaning xalqaro mavqeyini yanada yomonlashtirib yubordi. Shunday bo‘lsa-da, Fransiya boshqa buyuk davlatlar…
-
Fransiyaning ichki siyosati
Uchinchi Respublika ichki siyosati Respublika hukumati ichki siyosatda bir qator muhim tadbirlarni amalga oshirdi. Chunonchi, 1881-1882-yilarda ta’lim to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra, maktab cherkovdan ajratildi. Ta’limning dunyoviyligi ta’minlandi. 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun majburiy bepul ta’lim joriy etildi. Maktablarda ta’lim maxsus davlat dasturlari asosida olib boriladigan bo‘ldi. Oliy pedagogik bilim yurtlarida o‘qituvchi kadrlar tayyorlash…
-
XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Fransiyada iqtisodiy va siyosiy hayot
Iqtisodiy ahvol XIX asr so‘nggi choragida Fransiyaning iqtisodiy taraqqiyoti sekinlashdi. Chunonchi, dunyoda sanoat ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha ikkinchi o‘rindan to‘rtinchi o‘ringa tushib qoldi. Xo‘sh, Fransiya iqtisodiy taraqqiyoti sekinlashuvining asosiy sabablari nimalardan iborat edi? Avvalo, Fransiyaning hamon mayda tovar ishlab chiqaruvchilar davlati bo‘lib qolayotgani import hajmining eksportdan ortiq bo‘lishiga olib kelgan. Bu esa o‘z navbatida ichki…
-
Fransiyada Uchinchi Respublika va 1871-yil 18-mart davlat to‘ntarishi
4-sentyabr inqilobi Mag‘lubiyat haqidagi xabarni eshitgan Parij aholisi 3-sentyabr kuni qo‘zg‘olon ko‘tardi. Ular Respublika e’lon qilinishini va Vatanni himoya qilishni talab qildi. Xalq talabi bilan 4-sentyabr kuni Fransiyaning qonun chiqaruvchi Korpusi imperator ag‘darilganini e’lon qilishga majbur bo‘ldi. Ayni paytda Fransiya Respublika deb e’lon qilindi. Bu mamlakat tarixidagi Uchinchi Respublika edi. (Fransiyada 1- va 2- Respublikalar…
-
Industrial sivilizatsiya
Industrial sivilizatsiya haqida Siz 8-sinf ʻʻJahon tarixiʼʼ darsligidan XIX asrning 50-60-yillarida G‘arbiy Yevropa va AQSHda sanoat to‘ntarishi nihoyasiga yetganini bilib olgan edingiz.Shu tariqa industrial sivilizatsiya uzil-kesil qaror topdi. Bu sivilizatsiya — asosiy qadriyati texnika taraqqiyoti bo‘lgan sivilizatsiya edi. ʻʻIndustrial sivilizatsiyaʼʼ atamasi o‘rnida ʻʻindustrial jamiyatʼʼ atamasi ham ishlatiladi va ular bir xil ma’noni anglatadi. Industrial sivilizatsiyaning…
-
XIX asr oxiri — XX asr boshlarida kapitalizm taraqqiyotida yuz bergan tub o‘zgarishlar
Monopolistik kapitalizm XIX asr oxiri — XX asr boshlarida kapitalizm taraqqiyotida yangi bosqich — monopolistik kapitalizm deb ataluvchi bosqich qaror topdi. Monopolistik kapitalizm bu — kapitalizmning iqtisodiy hayotida monopoliyalar vujudga kelgan, moliya oligarxiyasi shakllangan, siyosiy hayotda esa ularning jamiyat hayoti ustidan hukmronligi o‘rnatilgan bosqichi. 1. Kapitalizmning bu bosqichi erkin kapitalizm bosqichidan quyidagi asosiy belgilari bilan…