-
Me’morchilik va tasviriy san’at
XIX asr oxiri–XX asr boshlarida Turkistondagi yalpi iqtisodiy tanazzul, o‘zaro urushlar, Xiva xonligi va Buxoro amirligining isyonchi guruhlarga qarshi kurashi, shuningdek, Rossiya imperiyasining harbiy yurishlari nafaqat siyosiy va iqtisodiy, balki madaniy taraqqiyotga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Uning oqibatlari kelgusidagi o‘lka taraqqiyotida og‘ir asoratlar qoldirdi. Bu asorat izlari o‘zbek me’morchiligini ham chetlab o‘tmadi. Shunday bo‘lsa-da, bu…
-
Teatr va musiqa san’ati
Turkistonda xalq teatri Qadimiy san’at turlaridan eng sevimlisi hisoblangan xalq teatrining Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklarida o‘ziga xos ko‘rinishlari mavjud edi.Jumladan, Buxoro amirligida masxaraboz, qo‘g‘irchoqboz, raqqos kabi san’at yo‘nalishlarining uyushmalari vujudga kelgan edi. Xorazm an’anaviy teatrida esa ikki turkum tomoshalar — kulgili va xatarli o‘yin turlari yaxshi shakllandi.Xalq teatri shakl jihatidan rang-barang va boy…
-
Turkistonda ilm-fan taraqqiyoti
Tarix fanidagi yutuqlar XIX asr oxiri–XX asr boshlarida ilm-fan sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Bu muvaffaqiyatlarga erishishda jadidlarning o‘rni katta bo‘ldi.Ular tarbiyaviy maqsadlarda tarix sohasidagi tadqiqotlarni rivojlantira boshlashdi. Jadidlar tarixni xonlar, sultonlar va amirlar almashinuvi sifatida tasvirlash o‘rniga xalq tarixning haqiqiy bunyodkori ekanini o‘quvchilarga tanishtira boshlashdi. Tarixchi va jurnalist Mulla Olim Maxdum hoji ʻʻTarixi Turkistonʼʼ (Turkiston…
-
Ta’lim tizimi. Matbuot
Аn’аnаviy tа’lim muаssаsаlаri XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida Turkiston o‘lkasida uzoq tarixiy davr mobaynida shakllanib rivojlangan ta’lim tizimi davom etdi. XIX asrning o‘rtalaridan boshlangan istilochilik yurishlari natijasida mustamlakaga aylangan Turkistonda mahalliy aholining an’anaviy ta’lim tizimida o‘zgarishlar yuz bera boshladi. O‘lkaning boshqa sohalari singari ta’lim tizimida ham mustamlakachi hukumatning manfaatlarini aks ettiruvchi siyosat…
-
Xiva xonligining tugatilishi
Xalq harakatlarining yetilib borishi Turli xildagi jabr-zulmlar natijasida dehqonlarning kuchayib borayotgan noroziligi soliqlarni to‘lashdan, majburiyatlarni bajarishdan ommaviy bosh tortish, yirik zamindorlar yerlarini egallab olish, soliq yig‘uvchilar va xonlik ma’muriyatining boshqa namoyandalariga hujum qilish holatlarini ko‘paytirdi.Dehqonlarning chiqishlari yer egalari amaldorlarining uylarini vayron qilish, qarz tilxatlarini yirtib tashlash va soliq yig‘uvchilarni quvib yuborish bilan birga kechgan stixiyali…
-
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Xiva xonligining davlat tuzumi va ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli
Xonlikning ijtimoiy-siyosiy tuzumi Xiva xonligi ustidan podsho hukumati o‘zining protektorat hududi sifatida qattiq nazorat o‘rnatdi. Ichki va tashqi siyosatdagi arzimas o‘zgarishlarni ham Xiva xoni Turkiston general-gubernatori bilan kelishib olishi lozim edi.Xon ustidan nazorat qilish maqsadida 7 kishidan iborat Kengash (devon) ta’sis etilib, ularning to‘rt nafari podsho hukumati vakillari edi.Amudaryoning avval Xiva xonligi tasarrufida bo‘lgan va…
-
Yosh buxoroliklar faoliyati va Buxoro amirligining tugatilishi
Yosh buxoroliklar XX asr boshlarida Buxoro ijtimoiy hayotida bir-biriga qarama-qarshi ikki kuch paydo bo‘ldi. Birinchisi — Buxoroning siyosiy hayotini demokratik asosda qayta qurish, uning iqtisodini rivojlantirish, ilg‘or mamlakatlar qatoriga ko‘tarilishi uchun astoydil kurashuvchi Yosh buxoroliklar. Ikkinchisi — diniy mutaassiblar, har qanday yangilik va islohotlarning dushmani bo‘lgan toifa vakillari edi. Yosh buxoroliklar siyosiy harakat sifatida 1910-yildan…
-
Buxoro amirligining davlat tuzumi va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti
Buxoro amirligining ijtimoiy-siyosiy ahvoli Rossiya bilan 1868-yildagi shartnoma Buxoro amirligi taqdirini tubdan o‘zgartirib yubordi. U siyosiy mustaqillikdan mahrum bo‘lib, Rossiya protektoratiga aylanib qoldi. Garchi siyosiy mustaqilligidan mahrum bo‘lsa-da, Buxoro amiri o‘z fuqarolari ustidan cheklanmagan hokimiyatini qo‘lida saqlab qolgandi. Buxoro amirining siyosiy faoliyatini bevosita nazorat qilish uchun Rossiya imperatorining 1885-yildagi farmoni asosida ʻʻRossiya imperatorining siyosiy agentligiʼʼ…
-
Turkistonda 1916-yilgi voqealarning oqibatlari va ahamiyati
Qo‘zg‘olonning yengilish sabablari va oqibatlari Qo‘zg‘olon xarakteriga ko‘ra milliy ozodlik ko‘rinishida yuz berdi, chunki bu qo‘zg‘olonning asosiy harakatlantiruvchi kuchi xalq ommasi edi. Ular mustamlakachilik tartiblariga qarshi qo‘lga qurol olib toptalgan haq-huquqlari, din-u diyonatlari uchun tengsiz kurash olib bordi. Qo‘zg‘olonchilar Vatanning haqiqiy fidoyi farzandlari ekanliklarini amalda isbotlashdi. Mislsiz jasoratlari bilan Vatan tarixi sahifalaridan munosib o‘rin egallashdi.…
-
Jizzax qo‘zg‘oloni
Qo‘zg‘olonning boshlanishi Rossiya imperiyasining 1916-yildagi mardikorlikka olish to‘g‘risidagi farmoni Turkiston o‘lkasining barcha hududlariga yoyilib, unga qarshi chiqishlar mahalliy aholining milliy ozodlik harakatlariga aylanib ketdi. Bular orasida Jizzaxda bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olon o‘lkada mustamlakachilar zulmidan ozod bo‘lish va bosqinchilarga qarshi mardonavor kurash maydoniga aylandi.Jizzax aholisi, asosan, don mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanib, ularning yerlari imperiyaning markaziy hududlaridan ko‘chirib…