-
Etnik jarayonlar va o‘zbek xalqining shakllanishi
Tayanch tushunchalar: etnik jarayon, o‘zbek xalqi, “Qovunchi madaniyati” Etnik jarayon Jahondagi boshqa xalqlar kabi o‘zbeklarning shakllanishi ham uzoq yillar davomida sodir bo‘lgan etnik jarayon mahsuli hisoblanadi. O‘zbeklar alohida etnik birlik (elat) bo‘lib, Movarounnahr, Xorazm, Yettisuv, qisman Sharqiy Turkistonning g‘arbiy mintaqalarida shakllangan. O‘zbek xalqining asosini mahalliy sug‘diylar, baqtriylar, xorazmiylar, farg‘onaliklar, shoshliklar, yarim chorvador qang‘lar, ko‘chmanchi sak-massaget…
-
XVIII asrning birinchi yarmida Buxoroxonligida siyosiy tarqoqlikning kuchayishiva uning oqibatlari
Buxoro xonligi Ubaydullaxon II davrida 1702-yili Subhonqulixon vafot etgach, toj-u taxtni uning o‘g‘li Ubaydullaxon II (1702–1711) egallaydi. Ubaydullaxon II goh isyonkor qabilalarga qarshi, goh bo‘ysunmas mahalliy hukmdorlarga, goh davlat sarhadlariga bostirib kirgan ko‘chmanchilarga qarshi urush olib borishga majbur bo‘ldi. Ubaydullaxonning asosiy maqsadi siyosiy tarqoqlikni tugatishdan iborat edi. U ana shu maqsad yo‘lida harakat qildi. Dastlab…
-
Ashtarxoniylarning hokimiyat tepasiga kelishi
Buxoroda hokimiyatning ashtarxoniylarga o‘tishi Shayboniylarga amakivachcha ashtarxoniylar Jo‘jixon naslidan XIV asrning 80-yillaridan boshlab Ashtarxon xonligida (Hoji Tarxon, Astraxan) hukmronlik qilganlar. Ruslar bu xonlikning nomini Astraxan deb ataganlar. 1556-yilda Astraxanni Rossiya bosib olgach, Ashtarxonning sobiq hukmdori Yormuhammadxon oila a’zolari va qarindosh-urug‘i bilan Buxoroga keladi.Ularni Buxoro xoni Iskandarxon (Abdullaxon II ning otasi) izzat-ikrom bilan kutib oladi. Iskandarxon…
-
XVI asrda Buxoro xonligida madaniy hayot
Ta’lim sohasidagi islohotlar Shayboniylar temuriylar davrida yurtimizda yaratilgan yuksak rivojlangan madaniyatga munosib voris bo‘la olmaganlar. Shunday bo‘lsa-da, shayboniylar davrida ilm-fan va madaniyat baholi qudrat rivoj topdi.Bunga ushbu sulola hukmdorlari orasidan o‘z davrining yetuk ilm-fan arboblari yetishib chiqqani ham ta’sir ko‘rsatgan. Chunonchi, Muhammad Shayboniyxon, Ko‘chkunchixon va Ubaydullaxonlar o‘z davrining nihoyatda o‘qimishli kishilari bo‘lganlar. Shuningdek, Muhammad Shayboniyxon,…
-
Buxoro xonligining tashqi siyosati
Buxoro va Boburiylar davlati munosabatlari Hindistondagi Boburiylar saltanati bilan Buxoro xonligi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning o‘rnatilishi Bobur va Ko‘chkunchixonlar nomi bilan bog‘liq.Ko‘chkunchixon hukmronligi davrida Buxoro xonligi Boburiylar davlatini tan oldi hamda u bilan savdo va elchilik munosabatlarini o‘rnatdi. Ko‘chkunchixonning elchisi xon tomonidan Boburga Movarounnahring mashhur mayizlaridan, subxoni o‘riklaridan va boshqa noyob ne’matlaridan yetti tuyaga yuklangan sovg‘a-salomlari…
-
XVI asrda Buxoro xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot
Shayboniylar o‘tkazgan islohotlar Shayboniyxon davlatni iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustahkamlash yo‘lida qator islohotlar o‘tkazdi. Birinchidan, u davlat boshqaruvida suyurg‘ol tizimini joriy etdi. Ya’ni zabt etilgan hududlarni boshqarish ishini o‘z farzandlariga, qarindosh-urug‘lariga, birodarlariga topshirdi. Bu haqda 3-mavzuda ma’lumot oldingiz. 1512-yilda shayboniylar Movarounnahrni tamoman egallagach, shayboniy sultonlar mamlakat viloyatlarini qayta taqsimlashni shayboniylarning eng nufuzli vakili Jonibek Sultonga…
-
Buxoro xonligi
Xonlikning tashkil topishi Shayboniylar urf-odatiga ko‘ra, vafot etgan xon o‘rniga taxtga yoshi katta shayboniy o‘tqazilgan. Shuning uchun ham Muhammad Shayboniyxonning o‘limidan so‘ng taxtga bevosita uning avlodlari emas, amakisi Ko‘chkunchi Sulton o‘tqazilgan. To‘g‘ri, XVI asrning 40-yillaridan so‘ng bu urf-odatga rioya etilmay qo‘yilgan. Ko‘chkunchixondan so‘ng esa taxtga uning o‘g‘li Abu Said (1530–1533) o‘tirdi. Undan keyin esa hukmdorlik…
-
Zahiriddin Muhammad Bobur — buyuk davlat arbobi va mutafakkir
Bobur Mirzoning Shayboniyxonga qarshi kurashi Shayboniyxon 1500-yilda Samarqandni egallagach, Bobur Mirzo unga qarshi yurish boshladi. Bu paytda Shayboniyxon Samarqanddan tashqarida edi. Bobur Mirzo qo‘shini shiddat bilan hujum qilib, Shayboniyxonning bu yerda qoldirib ketgan 600 kishilik askarini mag‘lubiyatga uchratdi va Bobur Mirzo Samarqand taxtini ikkinchi marta egalladi. Shayboniyxon bu orada chekindi va boʻlajak hal qiluvchi jangga…
-
Movarounnahrda shayboniylar sulolasi hokimiyatining o‘rnatilishi
Shayboniyxon hokimiyatining kuchayishi Dashti Qipchoq qabilalarining rahnamolari Abulxayrxon vafotidan soʻng boshlangan o‘zaro qirg‘inlarning yana takrorlanishini aslo istamas edilar. Shu tufayli ular Muhammad Shayboniyxon timsolida bunday qirg‘inga yo‘l qo‘ymaydigan qodir shaxsni ko‘rdilar. Bundan tashqari, Dashti Qipchoq qabilalari ko‘pdan buyon o‘troq hayot tarzida yashashni orzu qilib kelishardi. Bu orzuning ushalishi o‘zgalarning unumdor yerlarini bosib olish hisobiga ro‘yobga…
-
Dashti Qipchoqdagi siyosiy ahvol. Muhammad Shayboniyxon
Dashti Qipchoq haqida XI asrdan boshlab arab va manbalarida ʻʻDashti Qipchoqʼʼ deb ataluvchi geografik hudud tilga olinadi. Bu atama Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning g‘arbiy yonbag‘ridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar cho‘zilgan dashtlarga nisbatan ishlatilgan. Ural (Yoyiq) daryosi Dashti Qipchoqni sharqiy va g‘arbiy qismlarga ajratib turgan. Dashti Qipchoqning sharqiy qismi aholisi o‘zbeklar deb atalgan. O‘zbek…