Bo’lim: Jahon tarixi 10

  • 1918-1939-yillarda Bolgariya

    Birinchi jahon urushining mamlakat uchun yakunlari Birinchi jahon urushida Bolgariya Germaniyaning ittifoqchisi boʻlgan edi. Shoh Ferdinand (1861-1948, 1887-yildan 1918-yilga qadar hukm surgan) avstriyalik Koburgskiylar xonadoni vakili boʻlgani holda mamlakatni ushbu umidsiz urushga tortdi. 1918-yil sentyabrida birlashgan ingliz-fransuz-serb qoʻshinlari Makedoniyada bolgar-nemis qoʻshinlarini tor-mor qildi va 1918-yil 29-sentyabrda bolgar hukumati sulh haqidagi hujjatni imzolab, taslim boʻldi. Bolgariya…

  • 1918-1939-yillarda Yugoslaviya

    Yugoslaviyada mustaqil davlatlarning barpo etilishi Bolqon yarimoroli Birinchi jahon urushining detonatori bo‘ldi. 1914-yil 28-iyunda Bosniya-Gersegovina poytaxti. Sarayevoda yangragan o‘q ovozlari amalda Birinchi jahon urushining muqaddimasiga aylandi. Bu hudud turli manfaatlar davlatlarning ta‘sir doirasi uchun kurashi, milliy-ozodlik harakati, Bolqon yarimorolida yashovchi har xil millatlarning o‘zaro kurashlari to‘qnashgan chorraha edi. Avstriya-Rossiya qarama-qarshiliklari uzoq vaqt mobaynida Bolqondagi siyosiy…

  • 1918-1939-yillarda Vengriya

    Respublikaning eʼlon qilinishi Vengriya Birinchi jahon urushida magʻlubiyatga uchragan davlatlar qatorida edi.1918-yil 16-noyabrda, Avstro-Vengriya taslim boʻlganidan 10 kun keyin Vengriyada respublika eʼlon qilindi. Biroq Rossiyadan qaytgan sobiq harbiy askarlar Bela Kun boshchiligida hokimiyatni oʻz qoʻllariga olishga qaror qildi. 1919-yil 21-martda Vengriya sovet respublikasi tuzilgani eʼlon qilindi. Sovet respublikasi Vengriyada 133 kun hukm surdi. Bu qisqa…

  • 1918-1939-yillarda Polsha

    Sharqiy Yevropa davlatlari mamlakatlar tarixida alohida ahamiyat kasb etadi. Ularing baʼzilari Versal shartnomasi qarorlari natijasida qayta tiklandi (Yugoslaviya, Chexoslovakiya, Vengriya, Polsha), boshqalari esa magʻlub davlatlarga mansub boʻlib (Vengriya, Avstriya), shu shartnomaga asosan qoʻyilgan cheklashlarning qattiq iskanjasida yashashga mahkum etilgandi. Ushbu davlatlar tarixining siyosiy sahnasiga mustaqillik va demokratik oʻzgarishlar uchun kurashgan yangi ijtimoiy hamda siyosiy kuchlar…

  • 1918-1939-yillarda Ispaniya

    Ispaniya Yevropaning chetki janubi-g‘arbiy burchagida joylashgan va Yevropa davlatlari tizimida muhim strategik boʻgʻinni tashkil etadi. U uzoq vaqt davomida Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida ulkan imperiyani barpo etib, yirik mustamlakachi davlat boʻlib keldi. Ispan mustamlakalari XIX asr oxirida mamlakatda hukmron ijtimoiy kuchga va siyosiy hayotdagi eng ta’sirdor omilga aylangan yirik ispan pomeshchiklari — latifundistlarini boyitib…

  • 1929-1939-yillarda Amerika Qo’shma Shtatlari

    Buyuk depressiyaning boshlanishi AQShda boshlangan jahon iqtisodiy inqirozi aynan shu mamlakat uchun eng sertalafot oqibatlar keltirdi. Inqiroz 1929-yilning 24-dekabrida Nyu York birjasidagi vahimadan boshlandi. Aksiyalar kursi keskin ravishda pasayaverdi. Bir haftadan soʻng aksiyalarning umumiy qiymati 4,5 baravar pasaydi, barcha qimmatli qogʻozlar, jumladan, pullar ham qadrsizlandi. Bir necha hafta mobaynida koʻplab zavodlar, shaxtalar, temiryoʻllar, elektr stansiyalari…

  • 1929-1939-yillarda Italiya

    Jahon iqtisodiy inqirozining mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri Italiyada iqtisodiy inqiroz 1934-yilgacha davom etdi va mamlakatni chuqur depressiyaga duchor qildi. U Italiyaning 1926-yilgi sharoitida boshlandi. Inqiroz oʻtkazilgan pul islohoti choʻqqiga chiqqan 1932-yilga kelib sanoatdagi ishlab chiqarish 1929-yildagi darajaga nisbatan 33 foizga qisqardi, ayrim sohalardagi qisqarish bundan ham ko‘proqni tashkil qildi. Tashqi savdo hajmlari ikki baravarga kamaydi. Yirik…

  • 1929-1939-yillarda Buyuk Britaniya

    Iqtisodiy inqirozning mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri Iqtisodiy inqiroz Angliyada 1930-yilda ro‘y berdi, ammo uning choʻqqisi 1932-yilga to‘g‘ri keladi. Sanoat sohasidagi ishlab chiqarish 1932-yilda 1929-yildagiga nisbatan 82 foizga tushib ketdi, 1933-yilda esa pasayish 93 foizni tashkil qildi. Sanoat sohasidagi ishlab chiqarish darajasining Angliyada nisbatan oz pasayishi mahsulotlarni rezerv bozorlar sifatida saqlab turilgan mustamlaka va qaram mamlakatlarda sotish…

  • 1929-1939-yillarda Fransiya

    30-yillar boshida mamlakatdagi iqtisodiy inqiroz Fransiyada jahon iqtisodiy inqirozi oʻta ogʻir shaklda kechdi. Sanoat mahsulotlari hajmi va milliy daromad 1934-yilda 30% ga kamaydi; bir nechta yirik banklar kasodga uchradi, koʻplab yirik zavod va fabrikalar yopildi. Inqiroz, ayniqsa, toʻqimachilik sanoatiga qattiq taʼsir qildi. 1934-yilda ip-gazlama fabrikalari inqirozdan avval ishlab chiqargan yalpi mahsulotning atigi 35 foizini berdi,…

  • Germaniyaning 1933-1939-yillardagi ichki va tashqi siyosati

    Natsistlar tuzumining harbiy doktrinasi Urush natsistlar tuzumining asosiy vazifasi edi. Siyosiy va iqtisodiy hayotning barcha sohalaridagi tadbirlar bitta maqsad — boshqa mamlakatlarning armiyasidan son va sifat jihatidan bir necha karra ustun qurolli kuchlarni tuzish, Gitler rahbariyatining tajovuzkor rejalarini tez va talafotsiz amalga oshirish imkonini beruvchi harbiy doktrinani yaratishga qaratilgandi. Harbiy doktrina — davlatdagi harbiy ishlarni…