Bo’lim: Jahon tarixi 10

  • Somoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot

    Tayanch tushunchalar: iqtisodiy hayot, ichki va tashqi savdo, pul muomalasi, yer egaligi shakllari, Somoniylar hokimiyatining inqirozi. Qishloq xo‘jaligiIX–X asrlarda Movarounnahr va Xorazm aholisining asosiy qismi sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullanar edi. Yerlar sug‘orish tarmoqlari vositasida sug‘orilgan va obod etilgan. Serunum vohalarda g‘allakorlik, sholikorlik, paxtachilik, sabzavotchilik, polizchilik va bog‘dorchilik yuqori darajada rivoj topgan edi. Dehqonchilik solig‘i –…

  • Fransiya—Prussiya urushi va uning yakunlari

    Fransiya—Prussiya urushining sabablari. XIX asrning 60-yillari ikkinchi yarmidan boshlab Fransiya imperatori Napoleon III mavqeyiga putur yetdi. Bunga sabab—Fransiyaning iqtisodiy taraqqiyot bo‘yicha o‘z qo‘shnilari bo‘lgan Buyuk Britaniya va Germaniyadan tobora orqada qolayotgani bo‘ldi. Ayni paytda, Fransiya tashqi siyosatda ham muvaffaqiyatsizlikka uchray boshladi. Chunonchi, u Prussiyaning Germaniyani birlashtirishiga to‘sqinlik qilolmay qoldi. Germaniya yagona davlatga birlashadigan bo‘lsa, Fransiyaning…

  • Madaniyat arboblari tinchlik va ijtimoiy taraqqiyot uchun kurashda

    Birinchi jahon urushi nihoyasiga yetdi. Hayot sekin-asta izga tusha boshladi. Koʻplab banklar, trestlar va kompaniyalar ochildi, amaliy va madaniy hayot tiklandi. Shu bilan birga, yana uzoq vaqt davomida gazetalar o‘ldirilgan va yaralanganlar, bedarak yoʻqolganlarning ro‘yxatlarini eʼlon qilib bordi. Biroq faqat jang maydonida halok boʻlganlar emas, ulkan yo‘qotish — butun bir avlodning fojiasi haqida ham gapirishga…

  • Ikkinchi jahon urushining 1941-1944-yillarda asosiy janglari

    Urush boshlangan damdan AQSH Angliyaga bor imkoniyatlari bilan yordam bera boshladi. Gitlerning AQSHga urush e’lon qilishi uchun barcha asoslari bor edi, biroq u bu mamlakatning urushga ochiq qoʻshilishidan choʻchib, bundan oʻzini tiydi. Agar Tinch okeanda urush boshlanmasa, AQSH hukumati Yevropadagi urushga qo‘shilishga yetarli asos topmasligi mumkin edi. Yaponiya Germaniya va Italiya bilan ittifoqqa qoʻshildi va…

  • Ikkinchi jahon urushining tugashi. Fashistlar Germaniyasining tor-mor qilinishi.

    Yevropa mamlakatlarining ozod etilishiSovet armiyasining 1944-yil kuzidagi shiddatli hujumi sovet davlati hududining fashist bosqinchilaridan to‘liq tozalanishiga olib keldi. Urush SSSR tashqarisiga, Markaziy Yevropa hududiga ko‘chdi. Sovet armiyasi kirgan birinchi mamlakat Ruminiya bo‘ldi. 1944-yil 25-oktyabrda bu mamlakat fashistlardan ozod qilindi.Uning ketidan Bolgariya ozod etildi. Sovet armiyasi Yugoslaviya Xalq ozodlik armiyasiga fashistlarning Yugoslaviyadagi qo‘shinlarini tor-mor keltirishga ko‘maklashdi.…

  • Jahon tarixi sanalarda

    1914–1945-yillar 1914-yil28-iyun — Sarayevoda Avstriya-Vengriya imperatori taxt vorisi, ersgersog Frans-Ferdinandning o‘ldirilishi.23-iyul — Avstriyaning Serbiyaga ultimatum e’lon qilishi.30-iyul — Rossiya imperiyasida umumiy safarbarlikning e’lon qilinishi.1-avgust — Birinchi jahon urushining boshlanishi.Germaniyaning Rossiyaga urush e’lon qilishi.2-avgust — Turkiya va Germaniya o‘rtasida maxfiy ittifoqchilik shartnomasining tuzilishi.3-avgust — Germaniyaning Fransiyaga urush e’lon qilishi.4-avgust — Germaniya qo‘shinlarining Belgiyaga bostirib kirishi.4-avgust —…

  • 1939-1945-yillarda Bolqon yarim orolida harbiy harakatlar

    YUGOSLAVIYA IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDAUrushga munosabatUrush boshlanishi bilan Yugoslaviyada urushayotgan tomonlarning birontasini quvvatlashda qatnashishdan bosh tortishni va Sovet Ittifoqi yo‘lida turishni talab qilgan demokratik hamda tinchliksevar kuchlar yanada faollashdi. 1940-yilda Svetkovich hukumati SSSR bilan diplomatik aloqalar oʻrnatdi.Urushga va fashistlarga qarshi harakat hukumatni ko‘zbo‘yamachilikka majbur qildi. Tilda toʻliq betaraflik qat’iy saqlanishini bildirgan hukumat amalda 1941-yil martidayoq…

  • Ikkinchi jahon urushining kengayib borishi

    Gitler Germaniyasining Yevropani bosib olishi20 kun ichida Germaniya armiyasi Polshani tor-mor keltirdi. G‘arb davlatlarining har qancha ishontirishlariga qaramay, shartnomalar bajarilmadi. 20 yil davomida Polsha G‘arb davlatlarining sovetlarga qarshi siyosatida yetakchi oʻrin egallab kelgandi. Endi esa hatto Angliyaning Germaniyaga 1939-yil 1-sentyabrda urush e’lon qilishi ham ta’ziya izhoridan boshqa narsa emasdi. Gʻarbiy frontda osoyishtalik hukm surardi. Fransuzlar…

  • Lotin Amerikasi xalqlarining ozodlik va mustaqillik uchun kurashi

    Lotin Amerikasi davlatlarining yarim mustamlakaga aylantirilishiLotin Amerikasi shimolda Meksika chegaralaridan boshlanib, janubda Olovli yergacha cho‘zilgan. Faqat torgina Dreyk bo‘g‘ozi Lotin Amerikasini Antarktidadan ajratib turadi. Qit’a hududining katta qismi abadiy yashil o‘rmonlar, dunyodagi eng yirik qalin savannalardan iborat. O‘rmonlarda texnika va tibbiyot uchun ahamiyati beqiyos bo‘lgan qimmatbaho daraxt turlari, rezina ishlab chiqarishda bebaho xomashyo sanalgan kauchuk…

  • Yevropa ikkinchi jahon urushi arafasida

    SSSRning xalqaro miqyosda tan olinishiGʻarb davlatlari ko‘p yillar davomida sovet davlatini diplomatik jihatdan tan olishni istamadi. SSSR bilan diplomatik munosabatlarni Angliya va Fransiya 1924-yilgacha, AQSH esa1934-yilgacha oʻrnatmadi. Faqat 1934-yilda SSSR Millatlar Ligasiga taklif qilindi. Chet eldagi sovet vakolatxonalariga nisbatan doimiy pro-vokatsiyalar, diplomatlarni o‘ldirish, muzokaralarning barbod etilishi kabi vositalar Gʻarb davlatlari hukumatlari.tomonidan ularning manfaatlariga hech qanday…