Jahon tarixi sanalarda




1914–1945-yillar


1914-yil

28-iyun — Sarayevoda Avstriya-Vengriya imperatori taxt vorisi, ersgersog Frans-Ferdinandning o‘ldirilishi.
23-iyul — Avstriyaning Serbiyaga ultimatum e’lon qilishi.
30-iyul — Rossiya imperiyasida umumiy safarbarlikning e’lon qilinishi.
1-avgust — Birinchi jahon urushining boshlanishi.
Germaniyaning Rossiyaga urush e’lon qilishi.
2-avgust — Turkiya va Germaniya o‘rtasida maxfiy ittifoqchilik shartnomasining tuzilishi.
3-avgust — Germaniyaning Fransiyaga urush e’lon qilishi.
4-avgust — Germaniya qo‘shinlarining Belgiyaga bostirib kirishi.
4-avgust — Angliyaning Germaniyaga urush e’lon qilishi.
6-avgust — Avstriya-Vengriyaning Rossiyaga urush e’lon qilishi.
15-avgust — Panama kanalining ochilishi.
5–9-sentyabr — Marne daryosi bo‘yidagi jang.
20-oktyabr — Rossiyaning Turkiyaga urush e’lon qilishi.
25-oktyabr — birinchi Turkiston sanitar poyezdi Toshkentdan Birinchi jahon urushi frontiga jo‘nadi.
29–30-oktyabr — Turkiyaning Germaniya tomonida urushga kirishi.


1915-yil

22-aprel — nemislar tomonidan Ipr yaqinidagi jangda zaharlovchi gaz (iprit)ning qo‘llanilishi.
23-may — Italiyaning Avstriya-Vengriyaga urush e’lon qilishi.
9-iyul — Angliya qo‘shinlarining Janubi-G‘arbiy Afrikani ishg‘ol qilishi.
5-sentyabr — To‘rtlar ittifoqi (Germaniya, Avstriya-Vengriya, Turkiya, Bolgariya)ning tuzilishi.
Oktyabr — Bolgariyaning Germaniya tomonidan urushga kirishi.
Oktyabr–dekabr — Serbiyaning Avstriya-Vengriya, Germaniya va Bolgariya qo‘shinlari tomonidan bosib olinishi.


1916-yil

Fevral–dekabr — Verden jangi.
27-avgust — Ruminiyaning Antanta tomonida urushga kirishi.
5-oktabr — birinchi marta Sommadagi jangda inglizlar tanklarni urushga soldilar.


1917-yil

3-fevral — Amerika Qo‘shma Shtatlarining Germaniya bilan diplomatik aloqalarni uzishi.
Fevral — Amerika qo‘shinlarining Kubaga tushirilishi.
27-fevral — Rossiyada fevral burjua-demokratik inqilobining boshlanishi.
2-mart — rus podshosi Nikolay II ning taxtdan voz kechishi.
6-aprel — AQShning Germaniyaga urush e’lon qilishi.
29-iyul — Gretsiyaning Antanta tomonida urushga kirishi.
14-avgust — Xitoy hukumatining Germaniyaga urush e’lon qilishi.
1-sentyabr — Rossiyaning respublika deb e’lon qilinishi.
Hokimiyatning Kerenskiy boshchiligidagi Direktoriyaga o‘tishi.
24–26-oktabr — Rossiyada oktyabr qurolli to‘ntarishi.
Muvaqqat hukumatning ag‘darilishi.
Hokimiyatning bolsheviklar qo‘liga o‘tishi.


1918-yil

5-yanvar — Myunxenda Germaniya fashistlar partiyasining tashkil topishi.
5–6-yanvar — Rossiyada Ta’sis majlisining chaqirilishi va tarqatib yuborilishi.
Yanvar — Turkiston mustaqilligi uchun qurolli harakatning boshlanishi.
14-fevral — RSFSRda Grigorian (“yangi”) yil hisobining joriy etilishi.
3-mart — Rossiya tomonidan Germaniya bilan Brest sulhining imzolanishi.
Rossiyaning urushdan chiqishi.
12-mart — Rossiya poytaxtining Peterburgdan Moskvaga ko‘chirilishi.
14-mart — Antanta mamlakatlarining Rossiya shimoliga bostirib kirishi.
30-aprel — Turkistonning RSFSR tarkibidagi avtonom respublika deb e’lon qilinishi.
16-iyul — Yekaterinburgda Nikolay II va uning oila a’zolari otib tashlandi.
14-avgust — Bokuga Angliya desantining tushirilishi.
15–16-avgust — Vladivostokka Amerika desantining tushirilishi.
31-oktabr — Turkiyaning taslim bo‘lishi.
3-noyabr — Avstriya-Vengriyaning taslim bo‘lishi.
3-noyabr — Germaniyaning taslim bo‘lishi.
9-noyabr — Germaniyada monarxiyaning ag‘darilishi.
11-noyabr — Germaniya va Antanta davlatlari o‘rtasida
Kompen yarash ahdining tuzilishi.
Birinchi jahon urushining tugashi.
1918–1920-yillar — Rossiyada fuqarolar urushi.
1918–1922-yillar — Yaponiyaning Rossiya Uzoq Sharqini ishg‘ol qilishi.
16-noyabr — Vengriyaning respublika deb e’lon qilinishi.


1919-yil

23-mart — Milanda Mussolini tomonidan birinchi fashistlar “jangovar guruhi”ning tashkil qilinishi.
1-aprel — Britaniya qo‘shinlarining Kavkazortini tark etishi.
8-aprel — fransuz qo‘shinlarining Odessadan chiqib ketishi.
15-aprel — GULAG tizimidagi mehnat lagerlarining barpo etila boshlanishi.
30-aprel — fransuz qo‘shinlarining Sevastopoldan evakuatsiya qilinishi.
3-may–3-iyun — Afg‘oniston xalqining ingliz qo‘shinlariga qarshi ozodlik kurashi.
8-avgustda Angliya va Afg‘oniston o‘rtasida sulh bitimi imzolandi.
22-may — Polsha qo‘shinlari Rigani ishg‘ol qildilar.
28-may — turk xalqining Angliya-Gretsiya bosqiniga qarshi ozodlik kurashi boshlandi.
28-iyun — Germaniya tomonidan Birinchi jahon urushida g‘olib chiqqan Antanta davlatlari va mag‘lub Germaniya o‘rtasidagi sulh bitimining imzolanishi.
19-sentyabr — Antanta harbiy qismlarining Arxangelskdan evakuatsiya qilinishi.


1920-yil

16-yanvar — Antanta davlatlarining Rossiyani qamal qilishni to‘xtatishi.
18–21-yanvar — Birinchi jahon urushida g‘olib chiqqan davlatlarning Parij tinchlik konferensiyasining ochilishi.
Konferensiya davomida Millatlar Ligasi tashkil topdi.
24-fevral — fashistlar partiyasi tarafdorlarining birinchi ommaviy namoyishi.
1-mart — Vengriyada fashistlar diktaturasining o‘rnatilishi.
25-aprel — sovetlar va Polsha o‘rtasidagi urushning boshlanishi.
26-aprel — Xorazm xalq respublikasining e’lon qilinishi.
16-may — Istambulning Antanta qo‘shinlari tomonidan bosib olinishi.
6–8-oktyabr — Buxoro xalq respublikasining e’lon qilinishi.
17-noyabr — Rossiyada fuqarolar urushining tugashi.
29-dekabr — Rossiyada GOELRO rejasining qabul qilinishi.


1921-yil

Mart — Rossiyada yangi iqtisodiy siyosat (NEP)ga o‘tilishi.
18-mart — Kronshtadtda harbiy dengizchilar qo‘zg‘oloni.
U Qizil armiya qo‘shinlari tomonidan bostirildi.
18-mart — sovetlar va Polsha o‘rtasidagi urushni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi.
20-oktyabr — Anqarada Fransiya va Turkiya o‘rtasidagi urush holatini to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi.


1922-yil

1-fevral — Shandunni Xitoyga qaytarish to‘g‘risidagi Yaponiya—Xitoy bitimi.
1-fevral — Amerika qo‘shinlarining Kubadan olib chiqib ketilishi.
Aprel—may — Genuya konferensiyasi.
RSFSRning rasman tan olina boshlanishi.
25-oktyabr — Vladivostokning yapon bosqinchilaridan ozod qilinishi.
28-oktyabr — Italiyada fashistlar diktaturasining o‘rnatilishi.
30-dekabr — SSSRning tashkil topishi.


1923-yil

8–9-iyun — Bolgariyada fashistlar to‘ntarishining amalga oshirilishi.
13-sentyabr — Ispaniyada davlat to‘ntarishi.
Primo de Rivera harbiy-monarxik diktaturasining o‘rnatilishi.
6-oktyabr — Istambulning Antanta bosqinchilaridan ozod qilinishi.
29-oktyabr — Turkiya respublikasining e’lon qilinishi.
8-noyabr — Myunxendagi “pivo isyoni”.
Gitlerning fashistlar diktaturasini o‘rnatishga urinishi.


1924-yil

2-yanvar–1 fevral — Xitoyda Gomindan partiyasining tashkil topishi.
3-mart — Turkiyada xalifalikni bekor qilish to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi.
18-mart — SSSR va Angliya, Italiya, Norvegiya, Avstriya o‘rtasida diplomatik munosabatlarning o‘rnatilishi.
20-aprel — Turkiya respublikasi konstitutsiyasining qabul qilinishi.
26-noyabr — Mongoliya xalq respublikasining e’lon qilinishi.
1924–1927-yillar — Xitoydagi birinchi inqilobiy fuqarolar urushi.


1925-yil

21-yanvar — so‘nggi yapon qo‘shinlari Uzoq Sharqdan chiqib ketdi. 404
5-mart — Yaponiyada Ishchi-dehqonlar partiyasining tashkil topishi.
12-mart — Sun Yatsenning vafot etishi.
26-aprel — feldmarshal Gindenburgning Germaniya respublikasi prezidentligiga saylanishi.
1-iyul — Guanchjou hukumatining Xitoy respublikasi milliy hukumatiga aylantirilishi.
30-noyabr — Turkiyada darvishlar ordenini tugatish va darvishlar monastirlarini yopish to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi.
3-dekabr — Eron Ta’sis majlisi tomonidan Qojarlar sulolasining ag‘darilishi va Rizoshoh Pahlaviyning shoh deb e’lon qilinishi.


1926-yil

24-aprel — hujum qilmaslik va betaraflik to‘g‘risidagi sovet-german bitimining tuzilishi.
12–13-may — Polshada davlat to‘ntarishining amalga oshirilishi.
“Sanatsiya” (sog‘lomlashtirish) tartibotining o‘rnatilishi.


1927-yil

Sukarno boshchiligida Indoneziya Milliy partiyasining tashkil etilishi.
22-mart — Milliy-inqilobiy armiya tomonidan Shanxayning ozod qilinishi.
12-aprel — Chan Kayshining aksilinqilobiy to‘ntarishi.
27-may — Buyuk Britaniya bilan SSSR o‘rtasida diplomatik munosabatlarning to‘xtatilishi.
1-avgust — Xitoyda ikkinchi fuqarolar urushining boshlanishi.


1928-yil

Yanvar — qishloqqa “g‘alla”ning ortiqchasini tortib olish maqsadida favqulodda choralar siyosati o‘tkazihshining boshlanishi.
Rossiyada kollektivlashtirishning boshlanishi.
2-aprel — yapon qo‘shinlarining Xitoydagi Shandun provinsiyasiga bostirib kirishi.
1-oktyabr — SSSRda xalq xo‘jaligining besh yillik rejalariga o‘tish haqida qaror qabul qilinishi.
Birinchi besh yillik reja 1929-yil aprelida tasdiqlandi.


1929-yil

6-yanvar— Yugoslaviyada harbiy to‘ntarish.
P. Jivkovich harbiy diktaturasining o‘rnatilishi.
3-oktyabr — Buyuk Britaniya bilan SSSR o‘rtasida diplomatik munosabatlarning tiklanishi.
24-oktyabr — AQShda birja tanazzuli.
Jahon iqtisodiy inqirozining boshlanishi.


1930-yil

Yanvar — SSSRda “yalpi kollektivlashtirish” va “quloqlarni sinf sifatida tugatish” boshlandi.
25-yanvar — Hindistonda Mustaqillik kunining e’lon qilinishi.
1-may — Turkiston-Sibir temiryo‘lining (Turksib) ochilishi.
25-may — SSSRda umumiy boshlang‘ich ta’limning joriy etilishi.


1931-yil

14-aprel — Ispaniyada monarxiyaning ag‘darilishi.
Respublikaning e’lon qilinishi.
8-sentyabr — yapon qo‘shinlarining Manjuriyaga bostirib kirishi.
31-oktyabr — Britaniya millatlar hamjamiyatining tuzilishi va dominionlarga suveren huquqlar berilishi haqida “Vestminster statuti”ning qabul qilinishi.
7-dekabr — ishsizlarning Vashingtonga birinchi milliy yurishi.
9-dekabr — Ispaniyada respublika konstitutsiyasining qabul qilinishi.


1932-yil

9-mart — Manchjou-Go davlatining e’lon qilinishi.
20-may — Kubada hokimiyatning diktator Machado tomonidan egallanishi.
25-iyun — SSSR bilan Polsha o‘rtasida hujum qilmaslik haqida pakt tuzilishi.
29-noyabr — hujum qilmaslik haqida sovet-fransuz paktining imzolanishi.
Dekabr — SSSRda pasport tizimining joriy etilishi.


1933-yil

30-yanvar — Gitlerning reyxskanslerlikka tayinlanishi.
Germaniyada fashistik diktaturaning o‘rnatilishi.
27-fevral — Berlinda fashistlar tomonidan reyxstag binosining yoqib yuborilishi.
28-fevral — gitlerchi hukumatning shaxs, so‘z, matbuot, yig‘inlar erkinligi kafolatlangan Veymar konstitutsiyasi moddalarini bekor qilish haqida favqulodda dekret chiqarilishi.
23-mart — Germaniya fashistik hukumatiga favqulodda vakolatlar berilishi haqidagi qonun.
27-mart —Yaponiyaning Millatlar Ligasidan chiqishi.
28-iyul — SSSR bilan Ispaniya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilishi.
12-avgust — Kubada diktator Machado hokimiyatining ag‘darilishi.
2-sentyabr — SSSR bilan Italiya o‘rtasida do‘stlik, hujum qilmaslik va betaraflik haqida shartnoma imzolanishi.
14-oktyabr — Germaniyaning Millatlar Ligasidan chiqishi.
16-noyabr — SSSR bilan AQSh o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilishi.


1934-yil

Yanvar—fevral — SSSRda keyinroq “otilganlar syezdi” nomini olgan VKP (b) XVII syezdining o‘tkazilishi.
20-yanvar — Kubada F. Batista diktaturasining o‘rnatilishi.
19-may — Bolgariyada davlat to‘ntarishi va fashistik diktatura o‘rnatilishi.
25-iyul — Avstriyada fashistlar fitnasi.
2-avgust — Gitlerning “german xalqining fyureri va reyxskansleri” deb e’lon qilinishi.
18-sentyabr — SSSRning Millatlar Ligasiga kirishi.
11-dekabr — S. M. Kirovning o‘ldirilishi.
Uzoq davom etgan ommaviy qatag‘onlar boshlanishi.


1935-yil

2-mart — Fors davlatiga yangi rasmiy nom — Eron nomining berilishi.
16-mart — Versal shartnomasiga zid ravishda Germanivaning fashistik hukumati tomonidan umumiy harbiy majburiyat haqida qonun qabul qilinishi.
15-may — Moskva metropoliteni birinchi navbatining ochilishi.
2-avgust — Birmaning Hindistondan ajralib chiqishi.
31-avgust — AQShda “Betaraflik haqida qonun”ning qabul qilinishi.
3-oktyabr — fashistik Italiya qo‘shinlarining Efiopiyaga bostirib kirishi.
11-oktyabr — Millatlar Ligasi tomonidan Efiopiyaga bostirib kirganligi uchun Italiyaga iqtisodiy sanksiyalar qo‘llash haqida qaror qabul qilinishi.
13-dekabr — Misrda 1923-yilgi konstitutsiyaning tiklanishi.


1936-yil

7-mart — Germaniya qo‘shinlarining Reyn viloyatiga bostirib kirishi va Germaniya tomonidan Lokarno bitimining buzilishi.
18-iyul — Ispaniyada 1936-yil iyuldan 1939-yil martgacha davom etgan fuqarolar urushi boshlanishiga olib kelgan fashistlar isyonining boshlanishi.
26-avgust — Angliya va Misr o‘rtasida ittifoqchilik va ingliz istilochi qo‘shinlarining Misrda qoldirilishi to‘g‘risidagi bitimning tuzilishi.
25-oktyabr — “Berlin-Rim” ittifoqining rasmiylashtirilishi.
Italiya va Germaniya o‘rtasida Ispaniya respublikasiga qarshi hamkorlikda kurash va Italiya tomonidan Efiopiyaning bosib olinishini tan olish to‘g‘risidagi bitimning tuzilishi.
5-dekabr — Qozog‘iston va.
Qirg‘iziston avtonom respublikalanning sovet sotsialistik respublikalariga aylantirilishi.


1937-yil

20-mart — ispan respublikachi qo‘shinlari tomonidan Gvadalaxara ostonasida isyonchi va interventlarning tor-mor keltirilishi.
lyun — Qizil armiyada ommaviy terrorning boshlanishi.
7-iyul — Yaponiyaning Xitoyga bostirib kirishi va yapon-xitoy urushining boshlanishi.
1937–1938-yillar — SSSRda ommaviy qatag‘on.


1938-yiI

10-fevral— Ruminiyada qirol Karol tomonidan 1923-yil konstitutsiyasining bekor qilinishi va “qirol diktaturasi”ning o‘rnatilishi.
12-mart — Avstriyaning Germaniya qo‘shinlari tomonidan bosib olinishi (Avstriyaning “anshlyus” qilinishi).
29-iyul–2-avgust — SSSR hududiga bostirib kirgan yapon qo‘shinlarining Hasan ko‘lida tor-mor keltirilishi.
28-sentyabr — Germaniyada harbiy safarbarlikning boshlanishi.
29–30-sentyabr — Angliya, Fransiya, Germaniya va Italiya vakillarining Myunxendagi konferensiyasida Chexoslovakiyani bo‘lib tashlash to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi.
30-sentyabr — Angliya va Germaniya o‘rtasida hujum qilmaslik va bahsli masalalarni tinch yo‘lga solish to‘g‘risidagi deklaratsiyaning imzolanishi.
2-noyabr — Vengriya tomonidan Slovakiyaning bir qismi va Ukrainaning Karpatorti viloyatining bosib olinishi.
10-noyabr — Turkiya respublikasi asoschisi va birinchi prezidenti Kamol Otaturkning o‘limi.
Ismet Inenyuning prezident qilib saylanishi.
6-dekabr — Fransiya va Germaniya o‘rtasida hujum qilmaslik va bahsli masalalarni tinch yo‘lga solish to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolandi.


1939-yil

24-fevral — Vengriyaning “Kominternga qarshi bitim”ga qo‘shilishi.
27-fevral — Angliya va Fransiya tomonidan Ispaniyadagi Franko fashistlar hukumatining tan olinishi.
12-mart — sovet-fin urushining tugashi.
Shartnomaga ko‘ra SSSR Viborg shahri va Ladoga ko‘li yaqinidagi hududlarni qo‘lga kiritdi.
15-mart — Germaniya qo‘shinlarining Chexiyani bosib olishi.
Mart — SSSRda ommaviy qatag‘onning susayishi, “sotsializmdan kommunizmga o‘tish” to‘g‘risidagi rejaning qabul qilinishi.
22-may — Yaponiyaning Germaniya va Italiya bitimiga qo‘shilishi (“Po‘lat bitim”).
11-may–31-avgust — Yaponiyaning Xolxingolda Mongoliya Xalq Respublikasi hududiga bostirib kirishi.
Yaponiya qo‘shinlarining mag‘lubiyati.
1-avgust — uzunligi 270 km bo‘lgan Katta Farg‘ona kanali qurilishining boshlanishi.
23-avgust — SSSR va Germaniya o‘rtasida hujum qilmaslik to‘g‘risidagi bitimning 10 yilga imzolanishi (tarixda “Molotov-Ribbentrop bitimi” nomi bilan mashhur).
E’lon qilingan qismi bilan bir qatorda ikkala davlatning bo‘lajak chegaralari va ta’sir doiralari to‘g‘risidagi qator maxfiy moddalarga ega.
1-sentyabr — fashistlar Germaniyasining Polshaga hujumi.
Ikkinchi jahon urushining boshlanishi.
3-sentyabr — Fransiya va Angliyaning Germaniyaga urush e’lon qilishi.
15-sentyabr — SSSR va Yaponiya o‘rtasida Mongoliya Xalq Respublikasi chegaralarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
17-sentyabr — SSSR va Germaniya o‘rtasidagi hujum qilmaslik to‘g‘risidagi bitimning maxfiy moddalariga muvofiq SSSR qo‘shinlari Polsha hududiga kirdi.
19-sentyabr — Qizil armiya qo‘shinlari Vilnyusni egalladi.
22-sentyabr — Brest-Litovskda Polshani tor-mor keltirish operatsiyasining tugatilishi sharafiga sovet va nemis qo‘shinlarining qo‘shma paradi o‘tkazildi.
28-sentyabr — SSSR va Germaniya o‘rtasida do‘stlik va chegaralar to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.
7-aprel — Italiyaning Albaniyani bosib olishi.
28-aprel — Germaniyaning Polsha bilan hujum qilmaslik to‘g‘risidagi bitimni va Angliya bilan dengiz bitimini bekor qilishi.
22-mart — Germaniya qo‘shinlari tomonidan Klaypedaning ishg‘ol qilinishi.
12-iyun–25-avgust — Angliya-Fransiya delegatsiyasining Germaniya agressiyasini jilovlash maqsadida muzokaralar olib borish uchun Moskvaga kelishi.
Muzokaralar natijasiz tugadi.
8–12-oktyabr — Germaniya hukumati tomonidan Polsha davlatining tugatilishi, Polsha g‘arbiy viloyatlarining Germaniyaga qo‘shib olinishi va mamlakatning qolgan qismida “bosib olingan
Polsha viloyatlari general-gubernatorligi”ning tashkil etilishi to‘g‘risidagi dekretlarning e’lon qilinishi.
2-oktyabr — so‘nggi Polsha qo‘shilmalari Germaniyaga qarshilik ko‘rsatishni to‘xtatdilar.
30-noyabr — sovet-fin urushining boshlanishi.
1940-yil 12-martgacha davom etdi.
13-dekabr — Millatlar Ligasi SSSRni agressiyachi mamlakat deb e’lon qilib, uni Ligaga a’zolikdan chiqardi.


1940-yil

9-aprel — Germaniya qo‘shinlarining Daniya va Norvegiyaga bostirib kirishi.
19-may — Germaniya qo‘shinlarining Belgiyaga (28-mayda Belgiya armiyasi taslim bo‘ldi) va Gollandiyaga (14-mayda Gollandiya armiyasi taslim bo‘ldi) bostirib kirishi.
26-may–3-iyun — Dyunkerkdagi ingliz va fransuz qo‘shinlarining evakuatsiya qilinishi.
10-iyun — Italiyaning Angliya va Fransiyaga urush e’lon qilishi.
14-iyun — nemis-fashist qo‘shinlarining Parijni ishg‘ol qilishi.
1-iyul–19-avgust — Italiya qo‘shinlarining Shimoliy Afrikadagi hujumi.
13-avgust — Germaniya aviatsiyasining Angliyaga ommaviy hujumlarni boshlashi (“Angliya uchun jang”).
16-sentyabr — AQShda umumiy harbiy majburiyat to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi.
22-sentyabr — Germaniya va Finlyandiya o‘rtasida Finlyandiyaning SSSRga qarshi urushda qatnashishi to‘g‘risidagi harbiy bitimning imzolanishi.
27-sentyabr — Berlinda Germaniya, Italiya va Yaponiya tomonidan fashist davlatlari Uch tomonlama bitimining imzolanishi.
12-oktyabr — fashist qo‘shinlarining Ruminiyaga bostirib kirishi.
28-oktabr — Italiyaning Gretsiyaga bostirib kirishi.
14–19-noyabr — Germaniya aviatsiyasining Birmingem va Koventrini bombardimon qilishi.
20-noyabr — Vengriyaning fashist davlatlari Uch tomonlama bitimiga qo‘shilishi.
23-noyabr — Ruminiyaning fashist davlatlari Uch tomonlama bitimiga qo‘shilishi.
18-dekabr — Gitler tomonidan SSSRga qarshi urush to‘g‘risidagi 21-son direktiva (“Barbarossa rejasi”)ning imzolanishi.


1941-yil

1-mart — Bolgariyaning fashist davlatlari Uch tomonlama bitimiga qo‘shilishi.
11-mart — AQSh kongressi tomonidan «Qurol-yarog‘ni qarzga yoki ijaraga berish (lend-liz) to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi.
24-mart — Yugoslaviyaning fashist davlatlari Uch tomonlama bitimiga qo‘shilishi.
5-aprel — Germaniya va ittifoqchilari qo‘shinlarining Yugoslaviya va Gretsiyaga bostirib kirishi.
13-aprel — Yaponiyaning SSSR bilan o‘zaro betaraflik to‘g‘risidagi bitimni imzolashi.
17-aprel — Yugoslaviya armiyasining taslim bo‘lishi.
21-aprel — Gretsiya armiyasining taslim bo‘lishi.
10-iyun — Italiyaning Angliya va Fransiyaga urush e’lon qilishi.
22-iyun — Germaniyaning SSSRga hujum qilishi.
1905–1918-yillarda tug‘ilgan harbiy xizmatga majburan safarbar qilishning boshlanishi.
22-iyun–20-iyul — Brest qal’asi mudofaasi.
12-iyul — SSSR va Buyuk Britaniya o‘rtasida Germaniyaga qarshi birga harakat qilish to‘g‘risidagi bitimning imzolamshi.
10-iyul–10-sentyabr — Smolensk uchun jang Gitlerning “shiddatli urush” rejasi yo‘liga to‘g‘anoq bo‘ldi.
Sentyabr — Leningrad qamalining boshlanishi (qamal 1943-yil 12–30-yanvarda yorib o‘tildi).
30-sentyabr — Moskva ostonasidagi jangning boshlanishi.
29-sentyabr–1-oktyabr — SSSR, AQSh va Buyuk Britaniya vakillarining Moskvadagi konferensiyasi.
Oktyabr–dekabr — Moskva uchun jang.
Nemis qo‘shinlarining hujumii to‘xtatildi.
7-noyabr — AQSh prezidentining SSSRga lend-liz bo‘yicha harbiy va moddiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi deklaratsiyasi.
2-dekabr — yapon qo‘shinlari tomonidan Gonkongning bosib olinishi.
5–6-dekabr — fashist qo‘shinlarining Moskva ostonasida tor-mor keltirilishi.
6-dekabr — Angliyaning Finlyandiya, Vengriya va Rumimyaga urush e’lon qilishi.
7-dekabr — yapon flotining Pirl-Xarbor, Gonkong, Malayziya va Filippinga hujumi.
Tinch okeanidagi urushning boshlanishi.
8-dekabr — Angliyaning Yaponiyaga urush e’lon qilishi.
11-dekabr — Germaniya va Italiyaning AQShga urush e’lon qilishi.
11-dekabr — Germaniya, Italiya va Yaponiya tomonidan AQSh va Angliyaga qarshi urushda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi.
Dekabr — Panama, Kuba, Gaiti, Gvatemala.
Nikaragua, Kosta-Rika, Dominika Respublikasinmg Germaniya, Italiya va Yaponiyaga urush e’lon qilishi.


1942-yil

1-yanvar — Vashingtonda 26 davlat tomonidan Uch tomonlama bitim davlatlari — Germaniya, Italiya va Yaponiyaga qarshi urushda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi.
29-yanvar — Tehronda SSSR, Angliya va Eron o‘rtasida ittifoqchilik bitimining imzolanishi.
15-fevral — yapon qo‘shinlari tomonidan Singapurning bosib olinishi.
18-aprel — Amerika aviatsiyasining Tokio, Lokogama va boshqa yapon shaharlariga hujumi.
22-avgust — Braziliyaning Germaniya va Italiyaga urush e’lon qilishi.
5-may — Yaponiya qo‘shinlarining Filippin orollarini ishg‘ol etishi.
23-oktyabr — Angliya qo‘shinlarining Al-Alamayn (Misr) ostonasida hujumga o‘tishi.
8-noyabr — Angliya-Amerika qo‘shinlarining Shimoliy Afrika portlariga tushirilishi.


1943-yil

10-yanvar — Stalingrad ostonasida Paulyus qo‘mondonligidagi qo‘shinlar guruhining qurshovga va asirga olinishi.
12–30-yanvar — Leningrad qamalining yorib o‘tilishi.
13-yanvar — Germaniyada umumiy safarbarlikning e’lon qilinishi.
19-mart — Vengriyaning nemis-fashist qo‘shinlari tomonidan bosib olinishi.
5-iyul–27-avgust — Kursk jangi.
17-iyul–2-fevral — Stalingrad jangi.
Ikkinchi jahon urushida hal qiluvchi burilishning yasalishi.
24–25-iyul — Italiyada fashist hukumatining ag‘darilishi va Mussolinining hibsga olinishi.
8-sentyabr — Italiyaning taslim bo‘lishi.
13-sentyabr — Italiya (Badolo hukumatining Germaniyaga urush e’lon qilishi.
19-30-oktyabr — SSSR, AQSh va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi konferensiyasi.
28-noyabr–1-dekabr — SSSR, AQSh va Buyuk Britaniya hukumat rahbarlarining Tehron konferensiyasi.


1944-yil

14-yanvar–1-mart — Leningrad va Novgorod ostonasida nemis-fashist qo‘shinlarining tor-mor keltirilishi.
19-mart — Vengriyaning nemis-fashist qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol qilinishi.
26-mart — sovet qo‘shinlarining Prut daryosi bo‘ylab SSSR davlat chegarasiga chiqishi.
4-iyun — ittifoqchilar qo‘shinlarining Rimga kirishi.
6-iyun — ittifoqchilar qo‘shinlarining Fransiyaga tushirilishi.
Ikkinchi frontning ochilishi.
23–24-avgust — Ruminiyaning urushdan chiqishi va fashistlar Germaniyasiga urush e’lon qilishi.
4-sentyabr — Finlyandiyaning urushdan chiqishi va Germaniya bilan munosabatlarni uzishi.
9-sentyabr — Bolgariyada Vatan frontining hokimiyat tepasiga kelishi.
Bolgariyaning Germaniyaga urush e’lon qilishi.
19-oktyabr — Germaniyada 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan aholiga harbiy safarbarlikning e’lon qilinishi.
20-oktyabr — Belgradning ozod qilinishi.
10–11-noyabr — Germaniya qo‘shinlarining Gretsiyadan chekinishi.
29-noyabr — Albaniyaning Xalq-ozodlik armiyasi tomonidan ozod qilinishi.


1945-yil

12-yanvar — Visla — Oder operatsiyasining boshlanishi.
20-yanvar — Vengriyaning Germaniyaga urush e’lon qilishi.
4–11-fevral — SSSR, Buyuk Britaniya va AQSh hukumat rahbarlarining Qrim (Yalta) konferensiyasi.
19-fevral—17-mart — Ivodzi orolidagi Amerika va Yaponiya qo‘shinlari o‘rtasidagi jang.
23-fevral — Turkiyaning Germaniya va Yaponiyaga urush e’lon qilishi.
1-aprel–21-iyun — Amerika qo‘shinlarining Okinava orolini egallashi.
4-aprel — Vengriyaning nemis-fashist bosqinchilaridan ozod qilinishi.
16-aprel–8-may — Berlin uchun jang.
25-aprel — sovet va Amerika qo‘shinlarining Torgau (Elba bo‘yidagi) shahri yaqinida uchrashuvi.
29-aprel — Shimoliy Italiyadagi nemis qo‘shinlarining taslim bo‘lishi.
30-aprel — Gitlerning o‘z joniga qasd qilishi.
2-may — Italiyadagi nemis qo‘shinlarining taslim bo‘lishi.
2-may — vermaxt Berlin gruppirovkasining tor-mor qilinishi.
5–9-may — Pragadagi xalq qo‘zg‘oloni va shaharning ozod qilinishi.
8-may — Karlsxortda Germaniya qurolli kuchlarining so‘zsiz taslim bo‘lishi to‘g‘risidagi hujjatning imzolanishi.
9-may — fashistlar Germaniyasi ustidan g‘alaba qozonilgan kun.
15-may — Yugoslaviya hududida harbiy harakatlarning to‘xtatilishi.
15-may — Yaponiya hukumati tomonidan Gitler Germaniyasi bilan tuzilgan bitimlamrning bekor qilinishi.
24-mау — AQSh prezidenti Trumen tomonidan Yaponiyaga qarshi atom bombasini jangovar ravishda qo‘llash to‘g‘risidagi buyruqning imzolanishi.
5-iyun — SSSR, AQSh, Angliya va Fransiya tomonidan Germaniyaning mag‘lub bo‘lgani to‘g‘risidagi deklaratsiyaning imzolanishi.
16-iyun — AQShda atom bombasining sinov sifatida portlatilishi.
26-iyun — San-Fransiskodagi konferensiyada BMT nizomining imzolanishi.
17-iyul — Toshkentga urush tugaganidan so‘ng demobilizatsiya qilingan askarlarning birinchi esheloni keldi.
17-iyul–2-avgust — uch davlat — SSSR, Buyuk Britaniya va AQSh rahbarlarining Potsdam konferensiyasi.
6-avgust — Xirosimaga atom bombasi tashlandi.
8-avgust — AQSh, Angliya va Fransiya hukumatlari tomonidan Yevropa mamlakatlarining bosh harbiy jinoyatchilarini sud qilish uchun Xalqaro harbiy tribunalni ta’sis etish to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi.
9-avgust — SSSRning Yaponiyaga qarshi urushga kirishi.
10-avgust — Mongoliyaning Yaponiyaga urush e’lon qilishi.
17-avgust — Indoneziyaning Respublika deb e’lon qilinishi.
21-avgust — AQShning lend-liz bo‘yicha qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatishi.
24-avgust — Vyetnam imperatori Bao Dayning taxtdan voz kechishi.
2-sentyabr — Yaponiya vakillari tomonidan Tokioda yapon qurolli kuchlarining so‘zsiz taslim bo‘lishi to‘g‘risidagi hujjatning imzolanishi.
2-sentyabr — Vyetnamning Demokratik respublika deb e’lon qilinishi.
3-sentyabr — Manjuriya va Koreyaning yapon bosqinidan ozod qilinishi.
3-sentyabr — Ikkinchi jahon urushining tugashi.
8-sentyabr — AQSh qo‘shinlarining Janubiy Koreyaga tushirilishi.
23-sentyabr — Angliya, Fransiya, Germaniya va Italiya vakillarining Myunxendagi konferensiyasida Chexoslovakiyani bo‘lib tashlash to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi.
29-sentyabr — Indoneziyaga Angliya qo‘shinlarining tushirilishi.
24-oktyabr — BMT Nizomining kuchga kirishi.
Bu kun Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi.
20-noyabr — bosh nemis harbiy jinoyatchilari ustidan Nyurnberg jarayonining boshlanishi.