Bo’lim: O’zbekiston tarixi 7

  • Xorazm davlati va uning yuksalishi

    Tayanch tushunchalar: mustaqillik uchun kurash, Xorazmshohlar davlati, ichki ziddiyatlar. Ma’muniylar davrida Xorazm995-yilda Gurganch miri Ma’mun ibn Muhammad Kat shahrini ishg‘ol qiladi. Xorazmning ikkala qismini birlashtiradi va Xorazmshoh unvoniga sazovor bo‘ladi. Shu tariqa afrig‘iylar sulolasi barham topib, ma’muniylar hukmronligi boshlandi. Ko‘hna Urganch Xoraazmshohlar davlatining poytaxtiga aylandi. Qisqa davr ichida ma’muniylar Xorazmshohlar davlatini ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va…

  • Qoraxoniylar

    Tayanch tushunchalar: Qoraxoniylar davlati, Movarounnahrning egallanishi, Qoraxoniylar davlatining bo‘linib ketishi, davlat boshqaruvi, qoraxitoylar hujumi, “dehqon” atamasining mazmuni. Davlatning tashkil topishiX asr o‘rtalarida qarluqlar yag‘mo, chigil, o‘g‘uz va boshqa qabilalar bilan yagona ittifoqqa birlashdi. Bu ulkan hududda dastavval “Xoqoniya o‘lkasi” deb yuritilgan davlat tashkil topadi. Mazkur davlat hukmdorlari “jabg‘u” deb yuritilgan unvonning o‘rniga o‘zlarini “qoraxon”, ya’ni…

  • G’aznaviylar

    Tayanch tushunchalar: g‘aznaviylar, Mahmud G‘aznaviy, Ma’sud G‘aznaviy, boshqaruv tizimi, ilm-fan va madaniyat. G‘aznaviylar hukmronligiMamlakatda sodir bo‘lgan og‘ir davrda Somoniylar davlatining turk hojiblaridan iborat saroy qo‘shinining siyosiy nufuzi nihoyatda kuchaydi. Chunki harbiy harakatlar va mudofaa ishlari butunlay ularning qo‘lida edi. Turkiy sarkardalarning xizmatlari evaziga somoniy amirlari ularni munosib taqdirlagan. Aksariyat iqtidorli lashkarboshilarni hojib ul-hijob yoki hojib…

  • Movarounnahrda islom dinining yoyilishi

    Tayanch tushunchalar: fath oqibatlari, soliqlar, Islomga da’vat. Iqtisodiy oqibatlarXalifalik o‘lkani zabt etish jarayonida deyarli barcha obod dehqonchilik vohalarini vayron etgan, juda ko‘p shahar va qishloqlarga o‘t qo‘ygan. Suv inshootlari buzib tashlangan. Ekin maydonlari suvsizlikdan qurib qolgan.Zabt etilgan shahar va qishloq aholisidan oltin, kumush, qimmatbaho buyumlar va ko‘plab qurol-yarog‘lar tortib olingan. Sulh tuzishga majbur bo‘lgan Buxoro,…

  • Movarounnahrda arab xalifaligining o’rnatilishi

    Tayanch tushunchalar: Islom dini, Xuroson, Movarounnahr, Movarounnahrning fath etilishi. Islom dinining vujudga kelishi Qadimdan Arabiston yarimorolida arablar tarqoq yashar edi. VII asr boshlarida Arabistonda yagona e’tiqod asosida mamlakatni birlashtirish harakati boshlanadi. Bu e’tiqod yakkaxudolik diniga asoslangan Islom dini edi. Islom — “bo‘ysunish”, “itoat etish”, “o‘zini Alloh irodasiga topshirish” degan ma’nolarni anglatadi. Allohning rasuli (elchisi) Makka…

  • Mahalliy hokimlikning tashkil topishi

    Tayanch tushunchalar: Mahalliy hokimlar, Sug‘d ixshidlari, Toxariston, Farg‘ona, Choch, Eloq, shahar me’morchiligi. Mahalliy hokimliklarV–VII asrlarda mamlakat 15 dan ortiq hokimliklarga bo‘linib ketgan edi. Bu viloyat hokimliklari avval eftallar, so‘ngra Turk xoqonligiga bo‘ysundirilgan. Biroq eftallar ham, turk xoqonlari ham ularning ichki hayotiga deyarli aralashmagan. Markaziy hokimiyatga boj to‘lab turish bilan ular o‘z mustaqilligini ma’lum darajada saqlab…

  • G’arbiy turk xoqonligi

    Tayanch tushunchalar: G‘arbiy turk xoqonligi, yabg‘u, boshqaruv tartibi, ijtimoiy hayot, Abruy qo‘zg‘oloni. BoshqaruvG‘arbiy xoqonlik ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan Sharqiy xoqonlikdan mutlaqo ajralib turgan. Sharqiy xoqonlik aholisining asosiy qismi chorvador ko‘chmanchilar edi. G‘arbiy xoqonlik aholisining kattagina qismi esa o‘troq dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan mashg‘ul edi. VII asrning birinchi choragida G‘arbiy xoqonlik nihoyatda kuchaygan. Uning…

  • O’rta osiyo xalqlari turk xoqonligi davrida

    Tayanch tushunchalar: Turk xoqonligi, boshqaruv tizimi, Eftallar davlatining barham topishi, Xoqonlikning bo‘linishi. Xoqonlikning bo‘linishiVI asr o‘rtalarida Oltoy va Janubiy Sibirda yashagan turkiy qabilalarni birlashtirgan yangi davlat vujudga keldi. Bu davlat tarixga Turk xoqonligi nomi bilan kirgan. Uning asoschisi Bumin edi. 552-yilda Bumin “xoqon” deb eʼlon qilindi. Xoqonlikning markazi etib Oltoy shahri belgilanadi. Turklarning g‘arbga tomon…

  • Eftallar davlati. Eftallar davrida ijtimoy-iqtisodiy va madaniy hayot

    Tayanch tushunchalar: eftallar, etnik munosabatlar, yer egaligi, savdo, pul muomalasi, til, madaniy aloqalar, davlat tayanchi. Eftallar davlatiV asrning 20-yillaridan VI asrning 70-yillarigacha bo‘lgan davrda O‘rta Osiyoda Eftaliylar davlati faoliyat ko‘rsatgan. Yozma manbalarda eftaliylar eftallar, eftalitlar, xaytallar kabi turli nomlar bilan atalgan. Bu nomlar Eftallar shohi “Eftalon”, ba’zi manbalarda “Vaxshunvar”dan olingan. Eftallar davlati – ilk o‘rta…

  • Ilk o’rta asrlarda Xorazm, Xiyoniylar, Kidariylar davlati

    Tayanch tushunchalar: afrig‘iylar, xioniylar, kidariylar. Xorazm davlatining tashkil topishiZaiflashib borayotgan Qang‘ davlatidan birinchi bo‘lib Xorazm ajralib chiqadi.Uni mahalliy afrig‘iylar sulolasiga mansub xorazmshohlar idora qila boshlaydi. Hozirgi Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanidagi Tuproqqal’a shahar xarobasining o‘rnida III asr o‘rtalarida Xorazm davlatining poytaxti joylashgan. Afrig‘iylar – Xorazmda IV–X asrlarda hukmronlik qilgan xorazmshohlar sulolasi. Sulola asoschisi – Afrig‘. Burgut va…