Bo’lim: O’zbekiston tarixi 7

  • Tasviriy san’at

    Tayanch tushunchalar: kitobat, tasviriy san’at, xattotlik, musavvirlik, Hirot maktabi. Kitobat san’ati.XV asrda kitobat san’ati, ya’ni qo‘lyozma asarlarni ko‘chirib yozish va u bilan bog‘liq bo‘lgan xattotlik, musavvirlik, lavvohlik va sahhoflik san’ati ham nihoyatda yaxshi taraqqiy etdi. Lavvohlik – lavha chizish Sahhoflik – qog‘ozni sahifalash va kitobni muqovalash Bosmaxona va kitob nashr etish hali vujudga kelmagan zamonda…

  • Diniy bilimlarning rivojlanishi

    Tayanch tushunchalar: hadis, kalom ilmi, fiqh, din, tasavvuf, tariqat, mafkura Imom al-BuxoriyDunyoviy fan olimlari bilan bir qatorda IX asrda islom ta’limotining takomili yo‘lida movarounnahrlik muhaddis ulamolarning ham xizmati katta bo‘ldi. Bu borada, ayniqsa, Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810–870) va uning zamondoshi hamda shogirdi Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824–894)ning hissasi nihoyatda buyukdir. Imom al-Buxoriy islom ta’limotiga…

  • Movarounnahr va Xorazmning madaniy hayoti

    Tayanch tushunchalar: “Bayt ul-hikma”, “Dor ul-hikma va maorif”, buyuk allomalar, arab tilining ahamiyati “Bayt ul-hikma”IX–XII asrlarda Movarounnahr va Xurosonda sodir bo‘lgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar mamlakat madaniy hayotiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Movarounnahr arablar tomonidan istilo qilingach, zabt etilgan boshqa mamlakatlar kabi bu yerda ham Islom dini, arab tili va imlosi joriy etildi. Chunki arab tili xalifalikning…

  • VI–VII asrlarda madaniy hayot

    Tayanch tushunchalar: yozuv, diniy e’tiqodlar, san’at, musiqa YozuvBu davrda Sug‘d, Xorazm va Toxariston aholisining alohida-alohida yozuvlari bo‘lgan. Sug‘d va xorazm yozuvlari qadimgi oromiy yozuvi asosida vujudga kelgan edi. Toxar yozuvi baqtriya yozuvi asosida shakllangan bo‘lib, 25 harfdan iborat edi. Xat, hujjat va ayrim axborotlar kabi maktubotlar asosan charm, yog‘och, sopolga va kamdan kam hollarda qog‘ozga…

  • Adabiyot

    Tayanch tushunchalar: mumtoz adabiyot namoyandalari, tarixshunoslar. Mumtoz adabiyot namoyandalariO‘rta Osiyo xalqlari adabiyoti badiiy uslub jihatidan takomillashdi, yangi pog‘onaga ko‘tarildi. Nasrda ham, nazmda ham ko‘plab nodir badiiy va lirik asarlar yaratildi. O‘rta Osiyo xalqlari, xususan, o‘zbek hamda tojik adabiyoti o‘rtasida o‘zaro aloqa va hamkorlik kengaydi va mustahkamlandi. Tarjima adabiyot vujudga keldi. Badiiy adabiyotning ravnaqi bilan uzviy…

  • Aniq fanlarning rivojlanishi

    Tayanch tushunchalar: ilm-fan markazlari, matematika va astronomiya fanlari rivoji, ilmiy meros, Samarqand akademiyasi, rasadxona. Ilm-fan markazlari.XV asrda Samarqand va Hirotda olimlar-u fuzalolar, shoirlar-u bastakorlarning kattagina guruhi to‘plangan edi. Ilm-fan va san’atning taraqqiyotida zamonasining madaniy muhitida tarbiyalanib, yoshligidayoq mashhur olim sifatida shuhrat qozongan Ulug‘bekning hissasi nihoyatda buyukdir. Ulug‘bek mamlakatni boshqarish bilan bir qatorda, ilmiy ishlar bilan…

  • Ta’lim tizimi

    Tayanch tushunchalar: Madrasai umumiy, Madrasai oliya. Madrasalar faoliyatiTemur va temuriylar davrida madrasa oliy ma’lumot beradigan markaz vazifasini bajargan. Movarounnahr va Xurosonda asosan davlat va davlatmand shaxslarning mablag‘lariga qurilgan ko‘plab madrasalar bor edi. Madrasada ilohiyot bilan birga dunyoviy fanlar: qonunshunoslik (fiqh), mantiq, matematika (riyozat), geometriya (handasa), falakiyot, tibbiyot, tarix, jo‘g‘rofiya, adabiyot, she’riya (ilmi aruz), arab tili…

  • Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va bunyodkorlik

    Tayanch tushunchalar: iqtisodiy hayot, hunarmandchilik turlari, ichki va tashqi savdo, pul muoamalasi, yer egaligi, soliq turlari HunarmandchilikMovarounnahrning Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shohruxiya, Termiz, Shahrisabz, Qarshi va boshqa ko‘pgina shaharlari hunarmandchilik markaziga aylanadi. Shaharlarda hunarmandchilik mahallalarining soni ortib, kasb-hunar bilan bog‘liq bo‘lgan yangi-yangi guzarlar, ko‘cha-ko‘ylar, bozor rastalari, timlar va toqlar (usti gumbazli bozor) paydo bo‘ladi. Ko‘pgina shaharlarda…

  • Temuriylar saltanatining inqirozga yuz tutishi

    Tayanch tushunchalar: siyosiy beqarorlik, saltanat parchalanishi, Xurosondagi vaziyat Siyosiy beqarorlikUlug‘bek qatl etilib, oradan biroz vaqt o‘tgach, Abdulatif taxt da’vogaridan qutulish maqsadida o‘z inisi Abdulazizni o‘ldiradi. Shu tariqa otasiga sodiq bo‘lgan amirlarga ham suiqasd uyushtirib, temuriylarning Movarounnahrdagi toj-taxtini batamom egallab oladi. Mamlakat fuqarolari tomonidan “padarkush” (“ota qotili”) deb la’natlangan Abdulatif va uning tarafdorlari taxtda uzoq vaqt…

  • Mirzo Ulug‘bekning hukmronligi davrida Mavoraunnahr

    Tayanch tushunchalar: Ulug‘bekning siyosiy maydonga kirib kelishi, ichki va tashqi siyosat, Ulug‘bek fojiasi Ulug‘bek – Movarounnahr hukmdori1409-yilda Shohrux Samarqanddan Hirotga qaytish oldidan 15 yoshli Mirzo Ulug‘bekni Movarounnahr va Turkistonga hokim qilib tayinlaydi. Ulug‘bek (1394–1449) Movarounnahr va Turkiston hokimi deb e’lon qilinadi. Biroq aslida uning hokimiyat chegaralari dastavval faqat Samarqand, Buxoro va Nasaf viloyatlari bilangina cheklanardi.…