Bo’lim: Jahon tarixi 7

  • Oltin O’rda xonligi

    Yangi bosqinMo‘g‘ullarning 1235-yilda bo‘lib o‘tgan qurultoyi Rus va Shimoliy Kavkaz yerlarini bosib olish haqida qaror chiqaradi. To‘planadigan qo‘shinga Botuxon yetakchilik qilishi e’lon qilinadi. Uluslardan o‘nta askardan bittasining ajratilishi, Botuxonga yordamga Chingizxonning sarkardalaridan Subutoy Bahodirning berilishiga kelishiladi. Botu va Subutoylar 1237-yilning kuzida rus yerlariga hujum boshlab, dastlab Ryazanni bosib olishadi. Rusdagi siyosiy tarqoqlik mo‘g‘ullarga qarshilik ko‘rsatish…

  • Angliyada markazlashgan davlatning tashkil topishi

    Normandlar istilosiAngliyada qirol hokimiyatining zaiflashuvi uni daniyaliklarning talonchilik maydoniga aylantiradi. Angl-sakslar bunga qarshi XI asrning 40-yillarida qo‘zg‘ olon ko‘targanida, ularga Fransiya shimolidagi Normandiya gersogi yordamga keladi. Ammo ko‘p o‘tmay bu ko‘mak beg‘araz bo‘lmagani tasdiqlanadi. Gastings jangi. Normandiya gersogi Vilgelm qo‘shinlari 1066-yilda Angliyaga kelib tushadi. Gastings jangida normandlarning otliq ritsarlari inglizlar piyoda qo‘shinini qurshab oladi. Angliya…

  • Usmonli turklar davlati

    Usmonlilar davlatining tashkil topishiUsmon beyligi Kichik Osiyoning shimoli-g‘arbiy hududida tashkil topgan edi. Uning keyingi taraqqiyotiga Vizantiya bilan qo‘shni bo‘lgani qo‘l keladi. Tobora zaiflashib borayotgan imperiyaga qarshi harbiy harakatlar beylik yerlarining kengayib borishini ta’minlaydi. Keng istilolar Usmonlilar qo‘shiniga boshqa qabilalardan ham jangchilarning kelib qo‘shilishini ta’minlaydi. Usmonli turklar harbiylari. Sulola asoschisi Usmon (1299–1326) davrida qator yurishlar uyushtirilib,…

  • Saljuqiylar davlati

    Saljuqiylar davlatiO‘rta Osiyoda Saljuqbek asos solgan sulola boshchiligidagi o‘g‘uz qabilalarining old Osiyoga yirik harbiy yurishlari XI asrdan boshlab kuchayadi. Ichki ziddiyatlardan zaiflashgan Sharqiy Rim imperiyasi ko‘chmanchi turk qabilalari hujumlariga qarshilik ko‘rsata olmaydi. Vizantiyaning yollanma qo‘shini esa Saljuqiylar sultoni alp arslon lashkari tomonidan 1071-yilda Mansikert jangida tor-mor etiladi. Imperator Roman IV Diogen jangda asir olinadi. Bu…

  • Fransiyada mutlaq monarxiya

    Yuz yillik urushning davomi1360-yilda Angliya Fransiyaga taklif etgan tinchlik sulhi bo‘yicha mamlakat hududlarining 1/3 qismi inglizlarga o‘tadi. Fransiya qiroli Karl V harbiy islohotlar o‘tkazib, kuchli flot va to‘pchilar qo‘shini tuzishga kirishadi. Yagona qo‘mondonlik joriy etilib, uning vakolatlari kengaytiriladi. Ushbu lavozimga tayinlangan Dyugeklan yirik janglarga kirmasdan kichik janglar orqali deyarli barcha hududlarini inglizlardan ozod qiladi. Lekin…

  • Yuz yillik urushning boshlanishi va uning dastlabki sabablari

    Yuz yillik urush va uning sabablariAngliya va Fransiya o‘rtasida XIV asrning 30-yillarida boshlangan urushlar tanaffuslar bilan yuz yildan ortiq davom etib, tarixda «yuz yillik urush» nomini (1337–1453) olgan. Filipp IV ning o‘limidan so‘ng taxtga da’vogar erkak zurriyod qolmaydi. X asrdan buyon davom etayotgan Kapetinglar vorisi deb Valualar oilasi tan olinadi. Ammo inglizlar qiroli Eduard III,…

  • Yevropada me’morchilik, san’at va adabiyot

    Me’morchilikDastlab bino va hatto qasrlar yog‘ochlardan qurilgan. XI asrga kelib G‘arbiy Yevropada qurilish sohasi ham taraqqiy eta boshlaydi. Qurilishda toshdan keng foydalanishga o‘tiladi. Undan dastlabki ibodatxona va monastirlar barpo etiladi.Qurilish toshlari bo‘lmagan Angliya va Polshada saroylar, ibodatxonalar pishiq g‘ishtdan qurila boshlaydi. Fransiya, Italiya va Germaniya me’morchiligida dastlab roman uslubi hukmron edi. Roman ibodatxonasi tashqi tomondan…

  • Yevropa madaniyati

    Dunyo haqida tasavvurlarBu davr kishilari uchun vaqt tong, kun, kech va kechadan iborat bo‘lgan. Inson hayoti faqat yil fasllarining qish, bahor, yoz, kuzning almashinuvi bilan belgilangan. Ayni paytda aholi tomonidan an’analar, urf-odatlar va udumlarning bajarilishiga qat’iyan rioya qilingan. Insonning o‘rtacha umri uzoq bo‘lmasdan, odamlar 40 yoshdan so‘ng keksa hisoblangan. Bolalar o‘limi ko‘p bo‘lgan. Parij universitetida…

  • Rus knyazliklarida markazlashishning rivojlanishi

    Markazlashish omillariMo‘g‘ullar istilosi natijasida rus yerlari og‘ir talafot ko‘rgan bo‘lsa-da, iqtisodiy rivojlanish butunlay to‘xtab qolmaydi. Rus shaharlarida hunarmandchilik va savdo-sotiqning jonlanishi, turli viloyatlar orasidagi aloqalarning kuchayishi, qishloq xo‘jaligidagi siljishlar Rus yerlarining birlashishiga yordam beradi. Mamlakatning birlashishiga tashqi dushmanlarga, jumladan, Oltin O‘rda xonlariga qarshi kurash ham ta’sir etadi. Rus yerlarining birlashuviXIV asrning boshlarida Vladimir knyazligining Tver…

  • Ruslarning bosqinchilarga qarshi kurashi

    Mo‘g‘ullarning Rus yerlarini istilo qilishi. Mo‘g‘ullarning Rus yerlarini istilo qilishiChingizxon O‘rta Osiyo va Eronning shimolini istilo qilganidan so‘ng mo‘g‘ ullar 1223-yilda rus yerlariga ham bostirib kiradi. Mo‘g‘ullar rus askarlarini otliq qo‘shin harakati uchun qulay maydonga chiqarib, tor-mor qiladi. Chingizxonning nabirasi Botuxon 1237-1242-yillarda Sharqiy Yevropada istilochilik urushlari olib boradi. Uning qo‘shinlari dastlab Rus knyazliklarini, keyinchalik Polsha,…