-
TAFTAZONIY(1322-1392)
Sohibqiron Amir Temur Markaziy Osiyo va unga qoʻshni boʻlgan yurtlarni birlashtirgach, Samarqandga tasarruf etilgan barcha mintaqa va viloyatlardan mashhur olim va hunarmandlarni toʻplay boshlagan. Uning maqsadi IX–X asrlarda boʻlgani kabi islom dunyosining ilmiy markazlari sifatida tanilgan Xorazm, Buxoro va Bagʻdoddagi “Bayt ul-hikma” ilmiy maktablari anʼanalarini Samarqandda tiklash boʻlgan. Samarqandga kelgan barcha olimlarga ijod qilishlari uchun…
-
XVI-XIX asrning 70-yillarigacha bo’lgan davrda Afg’oniston
Mustaqillik uchun kurashXVI asrdan boshlab afg‘onlar Eron safaviylariga qarshi uzoq yillar davomida kurash olib bordi. Asosiy savdo yo‘llarini 1649-yilda Eron safaviylari egallab oldi va bu holat 1709-yilgacha davom etdi. Eron bosib olgan hududlarida, bir tomondan, afg‘on qabilalarini bir-biriga gij-gijlash yo‘li bilan kuchsizlantirishga uringan. Ikkinchi tomondan esa qabilalar hukmdorlariga turli xil unvonlar va yer-mulklar berish evaziga…
-
BAHOUDDIN NAQSHBAND (1318-1389)
Markaziy Osiyoda XIV asrda paydo boʻlgan yana bir yirik tasavvufiy tariqat — “Naqshbandiya” tariqatidir. Bu tariqat Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband nomi bilan bogʻliqdir. Naqshband 1318-yilda Buxoro yonidagi Qasri Hinduyon (Hinduvon) qishlogʻida tugʻiladi (soʻngra Hazrati Naqshband sharofati bilan bu qishloq “Qasri Orifon” deb atala boshlangan). 1354-yilda vafot etgan mutasavvuf olim Xoja Muhammad Boboi Samosi Bahouddin Naqshbandning…
-
NAJMIDDIN KUBRO (1145-1221)
Musulmon olamidagi eng zabardast mutasavvuf donishmandlardan biri buyuk vatandoshimiz shayx Najmiddin Kubrodir. Abul-Jannob va Tomatul Kubro laqablariga sazovor boʻlgan tasavvufning Kubroviya silsilasi asoschisi Najmiddin Kubroning toʻliq ismi Ahmad ibn Umar ibn Muhammad Xivaqiy al-Xorazmiydir. Hijriy VI–VII asrlarda yashagan Najmiddin Roziy, Majiddin Bagʻdodiy, Saʼdiddin Hamaviy, Sayfiddin Bahorziy va Bahouddin Valad kabi siymolar u kishining murid va…
-
ADIB AHMAD YUGNAKIY (XII — XIII asrlar)
Turkiy adabiyotning bizga maʼlum namoyandasi mashhur “Hibat ul-haqoyiq” asarining muallifi Ahmad Yugnakiy boʻlganligini qayd etish mumkin. Ahmad Yugnakiy haqidagi maʼlumotlarni biz XV asrga oid Alisher Navoiy, Arslonxoʻja Tarxon va boshqalar yozib qoldirgan maʻlumot hamda shoirning oʻz yozganlaridan bilamiz. Manbalarda Ahmadning tugʻilgan joyi Yugnak deb ataladi. Bu nomdagi qishloqlar qadimgi Samarqand atrofi, Fargʻona vodiysi va Sirdaryo…
-
BURHONUDDIN AL-MARG’INONIY (1123–1197)
Buyuk faqih Ali ibn Abu Bakr ibn Abdul Jalil al-Fargʻoniy ar-Rishtoniy al-Margʻinoniy 1123-yil 23-sentyabrda tugʻilgan. U Qurʼonni, hadis ilmlarini mukammal egallab, fiqh — islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur ilmga ega boʻlganligi va bu sohada beqiyos durdonalar yaratganligi tufayli Burhon ud-din val-l-millal va Burhonuddin al-Margʻinoniy nomlari bilan mashhurdir. Burhonuddin al-Margʻinoniy dastlabki taʼlimni Margʻilonda olib, keyinchalik Movarounnahrning…
-
MAHMUD CHAG’MINIY (XII —XIII asr)
Ahmad Fargʻoniy va Abu Rayhon Beruniyning ilmiy anʼanalarini davom ettirgan yirik faylasuflardan biri, XII–XIII asrlarda ijod etgan xorazmlik olim Mahmud ibn Muhammad ibn Umar al-Chagʻminiydir. Al-Chagʻminiyning ilmiy asarlari Sharqda juda mashhur boʻlsa ham, uning hayoti va ijodiy faoliyati hozirgacha yaxshi yoritilmagan. Akademik V. V. Bartoldning taʼkidlashicha, Ulugʻbek madrasasidagi astronomiyaga oid mashgʻulotlarning mavzusi sifatida Chagʻminiyning astronomiya…
-
ISMOIL JURJONIY (1042-1136)
Zayniddin Abul Fazoyil Ismoil ibn Husayn al-Jurjoniy al-Xorazmiy ulugʻ olim va zamonasining eng mashhur tabiblaridan biri hisoblanar edi. XII asrning mashhur tarixchisi Zahiriddin Abul Hasan Bayhaqiy oʻzining “Tatimma sivan al-hikma” (“Donolik xazinasiga qoʻshimcha”) asarida Ismoil Jurjoniy haqida shunday yozadi: “Men u kishini 53-hijriy (1136-milodiy) yilda Saraxsda keksalik chogʻlarida koʻrgan edim. Yer yuzining adolatpesha hukmdori xorazmshoh…
-
MAHMUD AZ-ZAMAXSHARIY (1075–1144)
Koʻhna Xorazm zaminida jahon fani va madaniyati rivojiga munosib hissa qoʻshgan koʻplab buyuk allomalar yetishib chiqqan. Abul Qosim az-Zamaxshariy ana shunday ulugʻ siymolardan biridir. Allomaning toʻliq ismi Abul Qosim Mahmud ibn Umar az-Zamaxshariy boʻlib, u hijriy 467-yil rajab oyining 27-kuni (1075-yil 19-mart) Xorazmning katta qasabalaridan biri Zamaxshar qishlogʻida tavallud topdi. Az-Zamaxshariy haqidagi maʼlumotlar, asosan, oʻrta…
-
ABU AL-MUʼIYN AN-NASAFIY (1027–1114)
Abul Muin an-Nasafiy nomi bilan mashhur boʻlgan allomaning toʻliq nomi Maymun ibn Muhammad Muʼtamid ibn Makhul boʻlib, 1027-yilda Nasaf (Qarshi)da tavallud topgan. Uzoq yillar Buxoro va Samarqandda yashab ijod etgan olim haqidagi ayrim maʼlumotlarni nasaflik boshqa bir olim Umar ibn Muhammad an-Nasafiyning “Аl-qand fi zikri ulamoi Samarqand” (“Samarqand olimlari zikrida qanddek (shirin) kitob”) nomli asarida…