Skip to content
  • ABU ALI IBN SINO (980–1037)

    Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini oʻrta asr sharoitida dunyo madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk mutafakkirlardan biri Abu Ali ibn Sino boʻlib, u Ovroʻpada Avitsenna nomi bilan mashhurdir. Ibn Sino (asl ismi Husayn, otasining ismi Abdulloh) Buxoroning Afshona qishlogʻida, hijriy 370 (980)-yilning safar oyida, amaldor oilasida tugʻildi. 986-yilda Ibn Sino oilasi Buxoroga koʻchib keladi va shu…

    Oktabr 25, 2023
  • ABU ABDULLOH AL-XORAZMIY (VAFOTI 997)

    Milodning IX–XI asrlari Markaziy Osiyoda ilm-fan yuksak taraqqiy etgan va buyuk allomalar davri edi. Oʻsha davrning keng bilimli, peshqadam olimlaridan biri Abu Abdulloh al-Xorazmiy boʻlgan. Bu olim haqida saqlanib qolgan maʼlumotlar juda kam. Olimning toʻliq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Yusuf al-Xorazmiydir. Uning yoshligi Xorazmning Xiva, Zamaxshar va Kot shaharlarida oʻtgan. Bu shaharlarda…

    Oktabr 25, 2023
  • ABU BAKR AL-XORAZMIY (935–993 )

    Abu Bakr al-Xorazmiy 323-hijriy (935-milodiy) yili Xorazmda tugʻilib, ilk taʼlimni shu yerda oladi. Umrining gullagan davrida (20–25 yoshlarida) vatandan chiqib, Iraq va Shomga boradi, yetuk olim va shoirlar bilan tanishib, ulardan taʼlim oladi. Keyin Halabga borib, mashhur Hamdoniylar amiri, shoir va olimlar homiysi Abulhasan Sayfuddavla (944-967) bilan tanishib, uning saroyida xizmat qilib, soʻng Buxoroga keladi,…

    Oktabr 25, 2023
  • ABU MANSUR AL-MOTURIDIY (870–944 )

    Abu Mansur al-Moturidiy sunniy eʼtiqodidagi ikki yirik oqimlardan biri boʻlmish Moturidiya oqimining asoschilaridan hisoblanadi. Uning hayoti haqida maʼlumotlar juda oz. Toʻliq nomi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-Hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiydir. Buyuk kalom imomi va fiqh olimi asli Samarqandning Moturid qishlogʻidan (hozirgi Jomboy tumanida joylashgan) boʻlib, uning taxallusi shu qishloqqa nisbatan olingandir. Abu Mansur…

    Oktabr 25, 2023
  • QAFFOL ASH-SHOSHIY (903–976 )

    Toshkent — oʻrta asr arab manbalarida esa Shosh — tarix jarayonida koʻplab shoir va adiblar, allomalar, riyozat va tabobat ahllarini yetishtirgan. Ana shunday allomalardan biri Qaffol ash-Shoshiydir. Qaffol ash-Shoshiyning toʻliq ismi Abu Bakr ibn Ali Ismoil Qaffol ash-Shoshiy boʻlib, arab manbalarida uning hurmatini bajo keltirish uchun nomiga katta, ulugʻ yo muhtaram maʼnosini ifodalaydigan “al-Kabir” soʻzini…

    Oktabr 25, 2023
  • ABU BAKR NARSHAXIY (899–959)

    Abu Bakr Narshaxiy — Markaziy Osiyo tarixnavisligining ilk qadimiy durdonalaridan biri boʻlmish “Tarixi Buxoro” deb shuhrat topgan nodir asarning muallifidir. U oʻz asarini 943–944-yillarda arab tilida yozgan va uni shu yillarda taxtga oʻtirgan Somoniylar davlati hukmdori Amiri Hamid, yaʼni Abu Muhammad Nuh ibn Nasr ibn Ahmad ibn Ismoil as-Somoniy (943–954)ga bagʻishlagan. “Buxoro tarixi”ning oʻzida ham,…

    Oktabr 25, 2023
  • ABU NASR FOROBIY (873–950)

    Forobiy uning taxallusi boʻlib, toʻliq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlugʻ Tarxon — jahon madaniyatiga katta hissa qoʻshgan markaziy osiyolik mashhur faylasuf, qomusiy olim. Oʻrta asrning bir qancha ilmiy yutuqlari, umuman Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida taraqqiyparvar ijtimoiy-falsafiy tavakkur rivoji uning nomi bilan bogʻliq. Forobiy oʻz zamonasi ilmlarining barcha sohasini mukammal bilganligi va…

    Oktabr 25, 2023
  • ABU ISO MUHAMMAD AT-TERMIZIY (824–892)

    Oʻrta asrlarda yashagan koʻpgina olimlar ilm-fanning turli sohalariga oid dunyoviy fanlar bilan birga diniy ilmlar rivojiga ham katta eʼtibor berganlar. Zotan diniy ilmlar jamiyat taraqqiyotida, insonlarning kamol topishi va ular dunyoqarashining shakllanishida alohida rol oʻynaydi. Olamshumul ahamiyatga ega asarlar yaratgan buyuk allomalardan biri – mashhur muhaddis (hadis ilmi olimi) Abu Iso Muhammad at-Termiziydir. Uning toʻliq…

    Oktabr 25, 2023
  • AHMAD AS-SAGʻONIY (Vafoti 990)

    Ibn al-Qiftiyning Ahmad as-Sagʻoniy haqidagi quyidagi fikrlari diqqatga sazovordir: “Abu Hamid Ahmad ibn Muhammad as-Sagʻoniy al-Asturlobiy oʻz vaqtida geometriya va astronomiya sohalaridagi aksariyat muvaffaqiyatlarning sohibi boʻlgan fozil olimlardan edi. U Bagʻdodda usturlob(yulduzlarning joylashish gradusini aniqlaydigan asbob)lar va boshqa astronomik jihozlar yasashda katta yutuqlarga erishgan. U yaratgan jihozlar oʻsha vaqtdagi astronomlarga yaxshi maʼlum boʻlgan. Uning bir…

    Oktabr 25, 2023
  • AHMAD FARG’ONIY (Taxminan 797–865-yillar)

    Oʻrta asrlarda yashagan Markaziy osiyolik olimlar orasida buyuk astronom, matematik va geograf Ahmad Fargʻoniy salmoqli oʻrin egallaydi. Olimning toʻliq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Fargʻoniydir. Manbalarda uning fargʻonalik ekanligidan tashqari deyarli boshqa maʼlumotlar saqlanmagan. Lekin shuni eʼtiborga olish kerakki, oʻrta asrlarda musulmon oʻlkalarida boʻlgan anʼanaga binoan, mamlakat poytaxti yoki markazini ham mamlakat…

    Oktabr 25, 2023
←Previous Page
1 … 22 23 24 25 26 … 48
Next Page→

Tarix hodisalari

Proudly powered by WordPress