-
MAXDUMI AʼZAM (1463/64-1542)
Movarounnahrlik alloma, yirik diniy va siyosiy arbob, Naqshbandiya tariqatining rahnamosi va nazariyotchilaridan biri Maxdumi Aʼzamning toʻliq ismi Sayyid Ahmad Xojagi ibn Sayyid Jaloliddin Kosoniy Dahbediydir. U Fargʻona vodiysining Koson shahrida tavallud topgan. Kosoniyning otasi Qoraxoniylar (840–1212) sulolasiga mansub sultonlardan Burhoniddin Qilich ( XI asr) avlodlaridan boʻlib, onasi esa Koson sayyidlari oilalariga mansub edi.Maxdumi Aʼzam ilk…
-
MIRXOND (1433 – 1498)
Mir Muhammad ibn Sayyid Burhoniddin Xovandshoh ibn Kamoliddin Mahmud al-Balxiy — Mirxond oʻrta asr tarix fanining koʻzga koʻringan namoyandalaridan biridir. Ota-bobolari buxorolik boʻlib, fiqh ilmida zamonasining yetuk olimlari sifatida mashhur boʻlgan. Ulardan Mahmud ibn Ahmad al-Mahbubiy (vafoti taxminan 1300-yil) fiqh ilmida peshqadam olim boʻlganligi uchun “toj ash-sharia” (shariat toji) nomi bilan shuhrat qozongan va Sharqning…
-
ABDURAZZOQ SAMARQANDIY (1413 – 1482)
Abdurazzoq Samarqandiy hijriy 816 (milodiy 7-noyabr 1413)-yili shaʼbon oyida, Temuriylar davlatining Hirot shahrida tugʻildi. Uning toʻliq ismi Kamoliddin Abdurazzoq, otasining ismi Jaloliddin Isʼhoq Samarqandiydir. Abdurazzoq Hirotda tugʻilganligiga qaramay “Samarqandiy” degan nisbat bilan shuhrat topganligiga sabab, otasi Jaloliddin Isʼhoqning asli samarqandlik boʻlganligi va yana boʻlajak tarixnavisning oʻzi ham bir necha muddat Samarqandda yashaganligidir. Abdurazzoq Samarqandiy dastlabki…
-
SHARAFIDDIN ALI YAZDIY (Vafoti 1454-yil)
Sharafiddin Ali Yazdiy Markaziy Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarining XIV va XV asr boshlaridagi tarixidan bahs yurituvchi mashhur “Zafarnoma” asarining muallifi sifatida tarix zarvaraqlarida mangu muhrlangan muarrixlardan boʻlib, uning hayoti va faoliyati asosan XV asrning 1-yarmiga toʻgʻri keladi. Sharafiddin Ali Yazdiy Eronning Yazd shahriga qarashli Taft qishlogʻida (Tafti-Yazd deb ham atalgan), taxminan XIV asrning…
-
HUSAYN VOIZ KOSHIFIY (1440-1505)
XV asrning 1-yarmida Xurosonda, Alisher Navoiy atrofida toʻplangan shoir, donishmandlar orasidagi mashhur va qomusiy talant egalaridan biri Voiz Koshifiydir. Kamoliddan Husayn Voiz Koshifiy taxminan 1440-yilda Xuroson viloyatidagi Sabzavor shahrining Bayhaq shahrida tugʻilgan. Uning ota-onasi va bolaligi haqida hozircha hech qanday aniq maʼlumot yoʻq. Bizningcha, u boshlangʻich maʼlumotni Sabzavorda olgan, arab, fors, turk tillarini hamda matematika,…
-
JALOLIDDIN DAVONIY (1427-1502)
Davoniyning toʻla nomi Jaloliddin Muhammad Asad as-Siddiqiy al-Davoniy boʻlib, 1427-yilda Eronning Kazarun viloyatiga qarashli Davon qishlogʻida tugʻilgan. U yoshligidanoq ilm-fanga, ayniqsa, musulmon fiqhshunosligiga qiziqadi va boshlangʻich maktabni bitirgandan soʻng Sherozga kelib, madrasada yirik olimlar qoʻlida tahsil oladi. Keyinchalik u Sheroz shahrining qozisi etib tayinlanadi. Qozilikdan isteʼfoga chiqqandan soʻng madrasada mudarrislik qiladi. Keyinchalik yana oʻz qishlogʻiga…
-
JALOLIDDIN DAVONIY (1427-1502)
Davoniyning toʻla nomi Jaloliddin Muhammad Asad as-Siddiqiy al-Davoniy boʻlib, 1427-yilda Eronning Kazarun viloyatiga qarashli Davon qishlogʻida tugʻilgan. U yoshligidanoq ilm-fanga, ayniqsa, musulmon fiqhshunosligiga qiziqadi va boshlangʻich maktabni bitirgandan soʻng Sherozga kelib, madrasada yirik olimlar qoʻlida tahsil oladi. Keyinchalik u Sheroz shahrining qozisi etib tayinlanadi. Qozilikdan isteʼfoga chiqqandan soʻng madrasada mudarrislik qiladi. Keyinchalik yana oʻz qishlogʻiga…
-
HUSAYN BOYQARO (1438–1506)
Sulton Husayn Amir Temurning evarasi boʻlib, 1438-yil iyul (hijriy 842-yil muharram oyi)da Hirotning shimoli-sharqidagi Davlatxona saroyida dunyoga kelgan. Uning otasi Gʻiyosiddin Mansur Boyqaro Mirzoning uchinchi oʻgʻli edi. Boyqaro Mirzoning otasi esa Amir Temurning ikkinchi oʻgʻli Umar Shayx (1356–1394), onasi Feruzabegim esa ota tomonidan Amir Temurning katta qizi Oʻgi Begi xonimning oʻgʻli Sulton Husayn Mirzoning qizi…
-
DAVLATSHOH SAMARQANDIY (Taxminan 1435–1495)
XV asrning koʻzga koʻringan adabiyotshunos olimlaridan biri Davlatshoh ibn Alouddavla Baxtishoh al-Gʻoziy as-Samarqandiydir. Uning tarjimayi holiga oid maʼlumotlar juda kam boʻlib, “Tazkirat ush-shuaro” (“Shoirlar tazkirasi”) asarida keltirilgan baʼzi bir maʼlumotlarga qaraganda, u yirik harbiy xizmatchi va davlat arbobi oilasida tugʻilgan. Otasi Baxtishoh Shohrux Mirzoning amirlaridan boʻlib, koʻpgina harbiy yurishlarida qatnashgan va toj-u taxt sohibiga sadoqat…
-
LUTFIY (1366 -1465)
Mavlono Lutfiy XIV–XV asrlardagi oʻzbek mumtoz adabiyotining atoqli namoyandasi boʻlib, oʻzining oʻzbek va fors-tojik tillaridagi asarlari bilan Sharqda katta shuhrat qozongan soʻz sanʼatkoridir. Shoirning hayoti va ijodi haqida zamondoshlari Davlatshoh Samarqandiy, Shamsiddin Somiy, Xondamir, Abdulla Kobuliy kabi tazkiranavislarning asarlarida muhim qayd va mulohazalar uchraydi. Xususan, Lutfiyni yaqindan bilgan, u bilan ustoz va shogirdlik rutbasi bilan…