Bo’lim: Ma’naviyat yulduzlari

  • SAKKOKIY (XIV asr oxiri — XV asr o’rtasi)

    Oʻzbek mumtoz adabiyotida yorqin iz qoldirgan, betakror gʻazallar va qasidalar yaratgan yetuk isteʼdod egasi, lirik shoirlardan biri Sakkokiydir.Sakkokiyning hayoti va faoliyati haqida bizgacha juda kam maʼlumot yetib kelgan. Uning tarjimayi holi toʻgʻrisida oʻzining devoni, Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” va “Xutbai davovin” asarlaridan baʼzi bir maʼlumotlarni bilib olishimiz mumkin. Bundan tashqari, shoir Yaqiniyning “Oʻq va yoy”…

  • XOJA AHROR (1404 -1490)

    Hazrat Xoja Ubaydulloh Ahror Markaziy Osiyo xalqlarining XV asr 2-yarmidagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy va tafakkur rivojida muhim oʻrin tutgan. Naqshbandiya tariqatining nazariy, amaliy jihatlarini boyitib, bu taʼlimotning mashhur boʻlishiga hissa qoʻshgan tarixiy shaxsdir. U hijriy 806-yil ramazon oyida (1404-yil, mart) Shosh — Toshkent viloyati muzofotlaridan Bogʻistonda dunyoga kelgan. Otasi Xoja Mahmud va buvalari maʼrifatli kishilardan boʻlib,…

  • XOJA MUHAMMAD PORSO (1348-1420)

    Tasavvuf ilmining Naqshbandiya maktabi islom olamiga mutasavvuf shayxlar bilan bir qatorda yetuk olimlarni ham yetishtirib bergan edi. Ana shunday zotlardan biri Xoja Muhammad Porso al-Buxoriydir. Uning ismi sharifidagi “al-Buxoriy” qoʻshimchasiga asoslanib aytish mumkinki, Porso Buxoroda tugʻilgan. U madrasalarda oʻqib, Qurʼon, hadis, kalom kabi turli diniy ilmlarni chuqur oʻrganib, zamonasining zabardast kishilaridan biri boʻlib yetishdi va…

  • YAʼQUB CHARXIY (1447-yil vafot etgan)

    XV asrning 1-yarmida Movarounnahrda yashagan Naqshbandiya taʼlimotining yirik vakillaridan Xoʻja Ahror Valiyning ustozi boʻlmish mavlono Yaʼqub Charxiy Gʻazna (Afgʻoniston) shahriga tobe qishloqlardan biri hisoblangan Charxda tugʻilganligi uchun Charxiy taxallusini olgandir. Manbalarning guvohlik berishicha, u oʻz davridagi ilmlarni egallagach, koʻnglida tasavvufga nisbatan xohish paydo boʻlib, Buxoroga keladi va Xoʻja Bahouddin Naqshband bilan uchrashadi. Bu voqealarning tafsiloti…

  • ALI QUSHCHI (1474-yil vafot etgan)

    “Oʻz davrining Batlimusi” deb tanilgan Ali Qushchining toʻliq nomi Alouddin Ali ibn Muhammad al-Qushchi boʻlib, u Samarqandda tugʻilib oʻsgan va XV asrda ilmiy faoliyat koʻrsatgan matematik va astronomlardandir. Uning tugʻilish sanasi maʼlum boʻlmasa-da, XIV asr oxiri – XV asr boshida tugʻilgan deb taxmin qilinadi. U Ulugʻbek saroyidagi Muhammad ismli ovchi qushlarga qarovchi bir kishining oʻgʻli…

  • GIYOSUDDIN AL-KOSHIY (1429-yil vafot etgan)

    Jamshid ibn Masʼud ibn Mahmud Gʻiyosuddin al-Koshiy (koʻproq Gʻiyosuddin al-Koshiy ismi bilan mashhur) — XIV–XV asrda riyoziyot, tibbiyot va hunarmandchilik sohalari boʻyicha oʻz davrining bilimdonlari bilan shuhrat qozongan Koshonda tugʻilgan. Uning bobosi Mahmud ibn Yahyo ibn al-Hasan al-Koshiy ham oʻqimishli boʻlib, 1411-yilda Sherozda riyoziyot va astrologiyaga oid risola yozgan va Iskandarning (Amir Temurning nabirasi) goroskopini…

  • QOZIZODA RUMIY (XIV asr 2-yarmi — XV asr boshi)

    XV asr boshlarida Movarounnahrda shuhrat qozongan ulkan matematik va astronomlardan biri Qozizoda Rumiydir. Olimning toʻliq ismi Salohiddin Muso ibn Muhammad ibn Mahmud. Qozizoda aslida hozirgi Turkiyaning shimoli-gʻarbidagi Marmara dengizidan janubroqdagi Bursa shahrida tavallud topgan. Uning otasi Muhammad “Xoja Afandi” laqabi bilan maʼlum boʻlib, Salohiddinning bolalik yillarida vafot etgan. Xoja Afandi olim va komil inson boʻlib,…

  • JURJONIY (1339-1413)

    Sohibqiron Amir Temur tomonidan Samarqandning shon-shuhratini oshirish va uni jahon ilmiy markazlaridan biriga aylantirish niyatida oʻz poytaxtiga toʻplagan olimlaridan biri Mir Sayyid Sharif Jurjoniydir. 1387-yili Sheroz fath etilgandan keyin mashhur kishilar qatorida Jurjoniy ham Samarqandga joʻnatilgan. Amir Temur vafot etgandan keyingina Sherozga qaytib, 1413-yilda olamdan koʻz yumdi. Ali ibn Muhammad ibn Ali Husayn Jurjoniy Astrobod…

  • TAFTAZONIY(1322-1392)

    Sohibqiron Amir Temur Markaziy Osiyo va unga qoʻshni boʻlgan yurtlarni birlashtirgach, Samarqandga tasarruf etilgan barcha mintaqa va viloyatlardan mashhur olim va hunarmandlarni toʻplay boshlagan. Uning maqsadi IX–X asrlarda boʻlgani kabi islom dunyosining ilmiy markazlari sifatida tanilgan Xorazm, Buxoro va Bagʻdoddagi “Bayt ul-hikma” ilmiy maktablari anʼanalarini Samarqandda tiklash boʻlgan. Samarqandga kelgan barcha olimlarga ijod qilishlari uchun…

  • BAHOUDDIN NAQSHBAND (1318-1389)

    Markaziy Osiyoda XIV asrda paydo boʻlgan yana bir yirik tasavvufiy tariqat — “Naqshbandiya” tariqatidir. Bu tariqat Xoja Muhammad Bahouddin Naqshband nomi bilan bogʻliqdir. Naqshband 1318-yilda Buxoro yonidagi Qasri Hinduyon (Hinduvon) qishlogʻida tugʻiladi (soʻngra Hazrati Naqshband sharofati bilan bu qishloq “Qasri Orifon” deb atala boshlangan). 1354-yilda vafot etgan mutasavvuf olim Xoja Muhammad Boboi Samosi Bahouddin Naqshbandning…