Bo’lim: Ma’naviyat yulduzlari

  • NAJMIDDIN KUBRO (1145-1221)

    Musulmon olamidagi eng zabardast mutasavvuf donishmandlardan biri buyuk vatandoshimiz shayx Najmiddin Kubrodir. Abul-Jannob va Tomatul Kubro laqablariga sazovor boʻlgan tasavvufning Kubroviya silsilasi asoschisi Najmiddin Kubroning toʻliq ismi Ahmad ibn Umar ibn Muhammad Xivaqiy al-Xorazmiydir. Hijriy VI–VII asrlarda yashagan Najmiddin Roziy, Majiddin Bagʻdodiy, Saʼdiddin Hamaviy, Sayfiddin Bahorziy va Bahouddin Valad kabi siymolar u kishining murid va…

  • ADIB AHMAD YUGNAKIY (XII — XIII asrlar)

    Turkiy adabiyotning bizga maʼlum namoyandasi mashhur “Hibat ul-haqoyiq” asarining muallifi Ahmad Yugnakiy boʻlganligini qayd etish mumkin. Ahmad Yugnakiy haqidagi maʼlumotlarni biz XV asrga oid Alisher Navoiy, Arslonxoʻja Tarxon va boshqalar yozib qoldirgan maʻlumot hamda shoirning oʻz yozganlaridan bilamiz. Manbalarda Ahmadning tugʻilgan joyi Yugnak deb ataladi. Bu nomdagi qishloqlar qadimgi Samarqand atrofi, Fargʻona vodiysi va Sirdaryo…

  • BURHONUDDIN AL-MARG’INONIY (1123–1197)

    Buyuk faqih Ali ibn Abu Bakr ibn Abdul Jalil al-Fargʻoniy ar-Rishtoniy al-Margʻinoniy 1123-yil 23-sentyabrda tugʻilgan. U Qurʼonni, hadis ilmlarini mukammal egallab, fiqh — islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur ilmga ega boʻlganligi va bu sohada beqiyos durdonalar yaratganligi tufayli Burhon ud-din val-l-millal va Burhonuddin al-Margʻinoniy nomlari bilan mashhurdir. Burhonuddin al-Margʻinoniy dastlabki taʼlimni Margʻilonda olib, keyinchalik Movarounnahrning…

  • MAHMUD CHAG’MINIY (XII —XIII asr)

    Ahmad Fargʻoniy va Abu Rayhon Beruniyning ilmiy anʼanalarini davom ettirgan yirik faylasuflardan biri, XII–XIII asrlarda ijod etgan xorazmlik olim Mahmud ibn Muhammad ibn Umar al-Chagʻminiydir. Al-Chagʻminiyning ilmiy asarlari Sharqda juda mashhur boʻlsa ham, uning hayoti va ijodiy faoliyati hozirgacha yaxshi yoritilmagan. Akademik V. V. Bartoldning taʼkidlashicha, Ulugʻbek madrasasidagi astronomiyaga oid mashgʻulotlarning mavzusi sifatida Chagʻminiyning astronomiya…

  • ISMOIL JURJONIY (1042-1136)

    Zayniddin Abul Fazoyil Ismoil ibn Husayn al-Jurjoniy al-Xorazmiy ulugʻ olim va zamonasining eng mashhur tabiblaridan biri hisoblanar edi. XII asrning mashhur tarixchisi Zahiriddin Abul Hasan Bayhaqiy oʻzining “Tatimma sivan al-hikma” (“Donolik xazinasiga qoʻshimcha”) asarida Ismoil Jurjoniy haqida shunday yozadi: “Men u kishini 53-hijriy (1136-milodiy) yilda Saraxsda keksalik chogʻlarida koʻrgan edim. Yer yuzining adolatpesha hukmdori xorazmshoh…

  • MAHMUD AZ-ZAMAXSHARIY (1075–1144)

    Koʻhna Xorazm zaminida jahon fani va madaniyati rivojiga munosib hissa qoʻshgan koʻplab buyuk allomalar yetishib chiqqan. Abul Qosim az-Zamaxshariy ana shunday ulugʻ siymolardan biridir. Allomaning toʻliq ismi Abul Qosim Mahmud ibn Umar az-Zamaxshariy boʻlib, u hijriy 467-yil rajab oyining 27-kuni (1075-yil 19-mart) Xorazmning katta qasabalaridan biri Zamaxshar qishlogʻida tavallud topdi. Az-Zamaxshariy haqidagi maʼlumotlar, asosan, oʻrta…

  • ABU AL-MUʼIYN AN-NASAFIY (1027–1114)

    Abul Muin an-Nasafiy nomi bilan mashhur boʻlgan allomaning toʻliq nomi Maymun ibn Muhammad Muʼtamid ibn Makhul boʻlib, 1027-yilda Nasaf (Qarshi)da tavallud topgan. Uzoq yillar Buxoro va Samarqandda yashab ijod etgan olim haqidagi ayrim maʼlumotlarni nasaflik boshqa bir olim Umar ibn Muhammad an-Nasafiyning “Аl-qand fi zikri ulamoi Samarqand” (“Samarqand olimlari zikrida qanddek (shirin) kitob”) nomli asarida…

  • MAHMUD KOSHGʻARIY (XI asr)

    Mahmud Qoshgʻariy Markaziy Osiyoda ilk oʻrta asr madaniyatining buyuk arboblaridan boʻlib, tilshunoslik sohasida, xususan, turkiy tillarni oʻrganish sohasida mashhur boʻldi va tarixda oʻchmas iz qoldirdi. Otasining ismi Husayn, bobosi Muhammad boʻlib, kelib chiqishi va tiliga koʻra Qoshgʻariy nisbatini olgan. U XI asrda yashab ijod etgan. Bu davrda Movarounnahrda Somoniylar oʻrnini Qoraxoniylar sulolasi egallagan, turkiy adabiy…

  • YUSUF XOS HOJIB (XI asr)

    Yusuf Bolasogʻuniy Yettisuv oʻlkasidagi Quzoʻrda (Bolasogʻun) shahrida 1016–1018-yillar orasida dunyoga keladi. Bu davrda Yettisuv va Sharqiy Turkiston oʻlkalari turkiy qarluq qabilasidan chiqqan Qoraxoniylar sulolasi qoʻl ostida edi. Bu sulola vakillari VI–IX asrlarda hukm surgan Buyuk Turk xoqonligining davomchilari boʻlib, IX asr oʻrtalaridan davlatni boshqarib keldilar. X asr boshlarida Abdulkarim Sotuq Bugʻroxon (924–955) islom dinini qabul…

  • NOSIR XISRAV (1004–1088)

    Markaziy Osiyo madaniyatining ulugʻ donishmandi va mutafakkiri Nosir Xisrav 1004-yil Qobadiyonda tugʻilgan. Uning ajdodlari oʻz davrining obroʻli, davlatmand kishilaridan hisoblangan. Amudaryo bilan karvon yoʻli kesishgan joydagi bu shahar XI asrda faqat qishloq xoʻjalik mahsulotlari bilangina mashhur boʻlmay, balki savdo-sotiq hamda hunarmandchilik ham taraqqiy topgan joy edi. Qobadiyonning qoldiqlari hozir Tojikistonning Nosir Xisrav shahri chekkasidadir. Uning…