-
AHMAD AS-SAGʻONIY (Vafoti 990)
Ibn al-Qiftiyning Ahmad as-Sagʻoniy haqidagi quyidagi fikrlari diqqatga sazovordir: “Abu Hamid Ahmad ibn Muhammad as-Sagʻoniy al-Asturlobiy oʻz vaqtida geometriya va astronomiya sohalaridagi aksariyat muvaffaqiyatlarning sohibi boʻlgan fozil olimlardan edi. U Bagʻdodda usturlob(yulduzlarning joylashish gradusini aniqlaydigan asbob)lar va boshqa astronomik jihozlar yasashda katta yutuqlarga erishgan. U yaratgan jihozlar oʻsha vaqtdagi astronomlarga yaxshi maʼlum boʻlgan. Uning bir…
-
AHMAD FARG’ONIY (Taxminan 797–865-yillar)
Oʻrta asrlarda yashagan Markaziy osiyolik olimlar orasida buyuk astronom, matematik va geograf Ahmad Fargʻoniy salmoqli oʻrin egallaydi. Olimning toʻliq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Fargʻoniydir. Manbalarda uning fargʻonalik ekanligidan tashqari deyarli boshqa maʼlumotlar saqlanmagan. Lekin shuni eʼtiborga olish kerakki, oʻrta asrlarda musulmon oʻlkalarida boʻlgan anʼanaga binoan, mamlakat poytaxti yoki markazini ham mamlakat…
-
MUHAMMAD XORAZMIY (783–850)
Buyuk matematik, astronom va geograf Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy VIII asrning oxiri va IX asrning birinchi yarmida yashab ijod etdi. Bu davrda Markaziy Osiyo arab xalifaligi tarkibiga kirar edi. Rivojlanib kelayotgan mavjud tuzum taqozo qilgan ijtimoiy-iqtisodiy talablar bu davrdagi taraqqiyot jarayonining asosiy omillaridan biri boʻldi. Qurilish, savdo-sotiq, hunarmandchilik, dehqonchilik va boshqa sohalarni yanada taraqqiy ettirish…