-
Toshkentning bosib olinishi
Toshkent bosib olinishining strategik ahamiyati Toshkent O‘rta Osiyoning siyosiy, iqtisodiy, yirik ma’muriy va savdo-sotiq markazlaridan biri hisoblangan. XIX asrning ikkinchi yarmida Toshkent shahrining 12 ta, ya’ni Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Sag‘bon, Chig‘atoy, Ko‘kcha, Samarqand, Kamolon, Beshyog‘och, Qo‘ymas, Qo‘qon, Qoshg‘ar darvozalari bo‘lgan. Har tomondan shaharga kirish uchun qurilgan bu darvozalar soqchilar tomonidan qo‘riqlangan. Shaharni mudofaa qilish uchun…
-
Rossiya imperiyasi tomonidan O‘rta Osiyoni bosib olish uchun istilochilik harakatlarining boshlanishi
Bosib olish uchun tayyorgarlik Rossiya imperiyasi tashqi siyosatida o‘z chegaralarini sharqqa tomon kengaytirish uchun dastlab Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklari bilan har tomonlama aloqalar o‘rnatishga harakat qildi. Bunda, eng avvalo, xonliklar to‘g‘risida ko‘proq ma’lumotlar to‘plash maqsadida o‘z elchilarini bu yerlarga jo‘natdi. Pyotr I hukmronligi davridayoq Aleksandr Bekovich Cherkasskiy boshchiligidagi harbiy ekspeditsiya jo‘natilgan. Ammo bu…
-
XIX asr o‘rtalarida O‘rta Osiyo aholisining madaniy hayoti
Xalq ijodiyoti. Ta’lim Xonliklardagi aholining aksariyati o‘zbek tilida so‘zlashgan. Bu tilda oliyhimmat qahramon va bahodirlarning jasorati, ularning g‘alabalari va adolat uchun kurashlari sharaflangan xalq dostonlari – qahramonlik eposlari keng tarqalgan. XIX asrda qirqqa yaqin doston ma’lum bo‘lib, ʻʻAlpomishʼʼ, ʻʻGo‘ro‘g‘liʼʼ, ʻʻKuntug‘mishʼʼ, ʻʻShirin va Shakarʼʼ dostonlari ularning eng mashhurlari edi. Aholi orasida xalq og‘zaki ijodiyoti katta o‘rin…
-
XIX asr o‘rtalarida o‘zbek xonliklarining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti
Yer egaligi va soliq tizimi XIX asrda O‘rta Osiyo xonliklari agrar davlatlar edi. Aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli yerga egalik tartiblari qandayligi, to‘lanadigan soliq va to‘lovlarining miqdori bilan belgilangan. Bu davrda yerlarning asosiy qismi, ayniqsa, ekin maydonlari xon, uning qarindosh va yaqinlari hamda bir qancha katta yer egalari qo‘lida bo‘lgan. Aholining aksariyati katta yer egalariga tegishli ekin…
-
XIX asr o‘rtalarida o‘zbek xonliklarining ma’muriy boshqaruv tizimi
Buxoro amirligining davlat boshqaruvi Buxoro amirligida oliy hukmdor amir hisoblanib, uning hokimiyati avloddan avlodga meros tarzda o‘tgan. Amirlikni mang‘itlar sulolasiga mansub cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lgan hukmdorlar boshqargan. Buxoro shahri amirlikning ma’muriy markazi edi. Amirlikda ijro hokimiyati bosh vazir – qo‘shbegi qo‘lida bo‘lgan. Viloyat va tuman hokimlari qo‘shbegi tavsiyasi bilan tayinlangan. Moliya va xazina ishlari, soliqlar…
-
XIX asr o‘rtalarida O‘rta Osiyo davlatlarining hududi va aholisi
O‘rta Osiyo davlatlarining hududi XIX asrda O‘rta Osiyoda uchta mustaqil davlat mavjud edi. Bular Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklaridir. Bu davlatlarda ishlab chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, savdo-sotiq va boshqa sohalar rivojlangan bo‘lsa-da, ularning taraqqiyoti ilg‘or Yevropa davlatlari darajasidan past edi. Amirlik poytaxti islom dini markazlaridan biri bo‘lib, ʻʻBuxoroi Sharifʼʼ, ya’ni ʻʻMuqaddas Buxoroʼʼ nomiga ega bo‘lgan.…
-
MIRZO MUHAMMAD HAYDAR DUGʻLOT (1499 – 1551 )
Mirzo Muhammad Haydar Dugʻlot Markaziy Osiyoning XVI asrdagi atoqli muarrixi, adibi va davlat arbobi boʻlib, mashhur “Tarixi Rashidiy” asarining muallifi sifatida tarix sahifalaridan mustahkam oʻrin olgan. Adabiyotda koʻpincha Mirzo Haydar ismi bilan ataladi. Uning ota ajdodlari XIV–XVI asrlarda Moʻgʻulistonda hukm surgan nufuzli dugʻlot amirlaridan boʻlib, Chigʻatoy xonlari tomonidan inʼom etilgan imtiyozlarga va tarxonlik unvoniga ega…
-
FERUZ (1844 – 1910)
Feruz — Muhammad Rahimxon II XIX asrning 2-yarmi XX asr boshlaridagi oʻzbek adabiyotida munosib oʻringa ega boʻlgan allomalardan biridir. U shoir, musiqashunos, davlat arbobi va hukmdor edi. Muhammad Rahimxon II 1844-yilda Xivada, Said Muhammad oilasida tavallud topdi. U boshlangʻich maʼlumotini xususiy muallimdan oladi, biroz muddat madrasada tahsil koʻradi, davlat, huquq ilmini esa unga zamonasining yetuk…
-
ZAVQIY (1853 – 1921)
Zavqiy XIX asr 2-yarmi va XX asrning 1-choragida yashab ijod etgan yirik ijodkorlardan biridir. Zavqiy taxallusi bilan shuhrat qozongan Ubaydullo Qoʻqon shahrida Usta Solih maxsidoʻz oilasida tugʻildi. Yoshligidanoq Usta Solih uning tarbiyasiga jiddiy ahamiyat beradi, moddiy qiyinchiliklarga qaramay avval mahalliy maktabda, soʻng Madrasai Oliy va Madrasai Chalpakda oʻqitadi. Madrasa taʼlimi va shaxsiy tinimsiz mutolaa Ubaydullo…
-
FURQAT (1859-1909)
XIX asr 2-yarmi va XX asr boshlaridagi oʻzbek xalqchil adabiyotining yirik namoyandasi, maʼrifatparvar, lirik shoir, otashin publitsist Zokirjon Furqat Qoʻqon shahrida, Mullo Xolmuhammad oilasida dunyoga kelgan. Boʻlajak shoirning otasi zamonasining ilgʻor fikrli vakillaridan biri sifatida turli bilimlardan yaxshigina xabardor boʻlgan. Mullo Xolmuhammad xususan badiiy adabiyot muxlisi boʻlib, oʻzi ham sheʼriy iqtidor sohibi edi. Zokirjon mahallasidagi…