-
Angliyada markazlashgan davlatning tashkil topishi
Normandlar istilosiAngliyada qirol hokimiyatining zaiflashuvi uni daniyaliklarning talonchilik maydoniga aylantiradi. Angl-sakslar bunga qarshi XI asrning 40-yillarida qo‘zg‘ olon ko‘targanida, ularga Fransiya shimolidagi Normandiya gersogi yordamga keladi. Ammo ko‘p o‘tmay bu ko‘mak beg‘araz bo‘lmagani tasdiqlanadi. Gastings jangi. Normandiya gersogi Vilgelm qo‘shinlari 1066-yilda Angliyaga kelib tushadi. Gastings jangida normandlarning otliq ritsarlari inglizlar piyoda qo‘shinini qurshab oladi. Angliya…
-
Fransiyada mutlaq monarxiya
Yuz yillik urushning davomi1360-yilda Angliya Fransiyaga taklif etgan tinchlik sulhi bo‘yicha mamlakat hududlarining 1/3 qismi inglizlarga o‘tadi. Fransiya qiroli Karl V harbiy islohotlar o‘tkazib, kuchli flot va to‘pchilar qo‘shini tuzishga kirishadi. Yagona qo‘mondonlik joriy etilib, uning vakolatlari kengaytiriladi. Ushbu lavozimga tayinlangan Dyugeklan yirik janglarga kirmasdan kichik janglar orqali deyarli barcha hududlarini inglizlardan ozod qiladi. Lekin…
-
Yuz yillik urushning boshlanishi va uning dastlabki sabablari
Yuz yillik urush va uning sabablariAngliya va Fransiya o‘rtasida XIV asrning 30-yillarida boshlangan urushlar tanaffuslar bilan yuz yildan ortiq davom etib, tarixda «yuz yillik urush» nomini (1337–1453) olgan. Filipp IV ning o‘limidan so‘ng taxtga da’vogar erkak zurriyod qolmaydi. X asrdan buyon davom etayotgan Kapetinglar vorisi deb Valualar oilasi tan olinadi. Ammo inglizlar qiroli Eduard III,…
-
Yevropada me’morchilik, san’at va adabiyot
Me’morchilikDastlab bino va hatto qasrlar yog‘ochlardan qurilgan. XI asrga kelib G‘arbiy Yevropada qurilish sohasi ham taraqqiy eta boshlaydi. Qurilishda toshdan keng foydalanishga o‘tiladi. Undan dastlabki ibodatxona va monastirlar barpo etiladi.Qurilish toshlari bo‘lmagan Angliya va Polshada saroylar, ibodatxonalar pishiq g‘ishtdan qurila boshlaydi. Fransiya, Italiya va Germaniya me’morchiligida dastlab roman uslubi hukmron edi. Roman ibodatxonasi tashqi tomondan…
-
Yevropa madaniyati
Dunyo haqida tasavvurlarBu davr kishilari uchun vaqt tong, kun, kech va kechadan iborat bo‘lgan. Inson hayoti faqat yil fasllarining qish, bahor, yoz, kuzning almashinuvi bilan belgilangan. Ayni paytda aholi tomonidan an’analar, urf-odatlar va udumlarning bajarilishiga qat’iyan rioya qilingan. Insonning o‘rtacha umri uzoq bo‘lmasdan, odamlar 40 yoshdan so‘ng keksa hisoblangan. Bolalar o‘limi ko‘p bo‘lgan. Parij universitetida…
-
Rus knyazliklarida markazlashishning rivojlanishi
Markazlashish omillariMo‘g‘ullar istilosi natijasida rus yerlari og‘ir talafot ko‘rgan bo‘lsa-da, iqtisodiy rivojlanish butunlay to‘xtab qolmaydi. Rus shaharlarida hunarmandchilik va savdo-sotiqning jonlanishi, turli viloyatlar orasidagi aloqalarning kuchayishi, qishloq xo‘jaligidagi siljishlar Rus yerlarining birlashishiga yordam beradi. Mamlakatning birlashishiga tashqi dushmanlarga, jumladan, Oltin O‘rda xonlariga qarshi kurash ham ta’sir etadi. Rus yerlarining birlashuviXIV asrning boshlarida Vladimir knyazligining Tver…
-
Ruslarning bosqinchilarga qarshi kurashi
Mo‘g‘ullarning Rus yerlarini istilo qilishi. Mo‘g‘ullarning Rus yerlarini istilo qilishiChingizxon O‘rta Osiyo va Eronning shimolini istilo qilganidan so‘ng mo‘g‘ ullar 1223-yilda rus yerlariga ham bostirib kiradi. Mo‘g‘ullar rus askarlarini otliq qo‘shin harakati uchun qulay maydonga chiqarib, tor-mor qiladi. Chingizxonning nabirasi Botuxon 1237-1242-yillarda Sharqiy Yevropada istilochilik urushlari olib boradi. Uning qo‘shinlari dastlab Rus knyazliklarini, keyinchalik Polsha,…
-
Rus knyazliklari
Feodal tarqoqlikRus knyazliklari tarqoq va o‘zaro qonli urushlar girdobida edi. Bundan foydalangan qipchoqlar hujumlari vaziyatni yanada murakkablashtirar, ayrim knyazlar qipchoqlar bilan ittifoq tuzib, qo‘shni knyazliklarga qarshi yurishlar ham qilardi. Ko‘pgina knyazlar bu vaziyatdan chiqishni, nizolarga chek qo‘yishni o‘ylay boshlaydi. Kiyev knyazi Yaroslav Donishmandning o‘g‘li Vladimir Monomaxning 1097-yilda Lyubech shahrida knyazlarning birinchi syezdini chaqirishi ham, asosan,…
-
Germaniya
Mamlakat xo‘jaligiGermaniyada ishlab chiqarish kuchlarining o‘sishi XII asrdan boshlanadi. O‘rmonlar kesilib, botqoqlar quritilib ekinzorlarga aylantirila boshlanadi. Mehnat qurollarining takomillashuvi hosildorlikni oshiradi. Donli ekinlardan tashqari zig‘ir yetishtirish, bog‘dorchilik, uzumchilik rivojlanadi. Qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti shaharlarning vujudga kelishi, yuksalishi bilan bevosita bog‘liq edi. Kyoln, Vorms, Frankfurt, Ulm, Nyurnberg, Augsburglar yirik hunarmandchilik va savdo markazlariga aylanadi. Germaniya shaharlari qo‘shni…
-
Angliya o’rta asrlar so’ngida
Angliya yuz yillik urushlar davridaYuz yillik urushlar Angliya iqtisodiyotiga ham katta zarar yetkazdi. Qirol Richard II 1377-yilda mamlakatda qo‘shimcha jon solig‘i joriy etdi. 1380-yilda jon boshi solig‘i 3 baravarga oshirildi. Soliqni yig‘ishdagi suiiste’molliklar, nohaqliklar Angliyada xalq qo‘zg‘ oloni boshlanishiga sabab bo‘ldi. Uot Tayler qo‘zg‘oloni. Kambag‘al ruhoniylar va rohiblardan xalq voizlari yetishib chiqqan. Xalq orasida katta…