Rus knyazliklari



Feodal tarqoqlik

Rus knyazliklari tarqoq va o‘zaro qonli urushlar girdobida edi. Bundan foydalangan qipchoqlar hujumlari vaziyatni yanada murakkablashtirar, ayrim knyazlar qipchoqlar bilan ittifoq tuzib, qo‘shni knyazliklarga qarshi yurishlar ham qilardi.

Ko‘pgina knyazlar bu vaziyatdan chiqishni, nizolarga chek qo‘yishni o‘ylay boshlaydi. Kiyev knyazi Yaroslav Donishmandning o‘g‘li Vladimir Monomaxning 1097-yilda Lyubech shahrida knyazlarning birinchi syezdini chaqirishi ham, asosan, o‘zaro urushlarga chek qo‘yishga mo‘ljallangan. Syezdning «har kim o‘z yeriga egalik qilsin», degan muhim qarori o‘zga knyazliklarga qarshi bosqinlarni to‘xtatishni ko‘zda tutgan edi. Lyubechdagi syezd

Vladimir Monomaxning Kiyev knyazi Svyatopolk bilan uchrashuvi.

Ayni paytda Kiyev knyazining mavqei pasayadi. U avvalgidek Rus yerlarini o‘g‘illariga istaganicha bo‘lib berish huquqidan voz kechishga majbur bo‘ladi.
Kiyev Rusi siyosiy tarqoqlik davriga kiradi. XII asr o‘rtalarida nizolar kuchayib boradi. Rusda bu paytda 15 ta mustaqil knyazlik bo‘lgan. Botuxon bosqinlari arafasida esa ularning soni 50 taga yetgan.

Novgorod respublikasi

Novgorod Kiyev bilan aloqasini uzgan dastlabki knyazlik bo‘lgan. XI asrda vujudga kelgan Novgorod, keyinchalik faqat Rusninggina emas, Yevropaning ham yirik hunarmandchilik va savdo markaziga aylandi.

Novgorod knyazligiga, an’anaga ko‘ra, XI asrda noiblikka Kiyev knyazining to‘ng‘ich o‘g‘li qo‘yilgan. Lekin yillar o‘tib mahalliy boyarlar ta’siri kuchayib, ular knyaz hokimiyatini cheklay boshlaydi Shu tariqa Novgorod boyarlar respublikasiga aylana boradi.

Novgorodliklar vechesi Monomaxning nabirasi Vsevolod Mstislavichni 1136-yilda knyazlik taxtidan chetlatib, zindonga tashlashga qaror qiladi. Aynan shu vaqtdan shahar uzil-kesil feodal respublikasiga aylanadi. Novgorod siyosiy hayotida asosiy o‘rin xalq vechesi u saylangan shahar hokimi, saylanadigan «shahar dumasi» va yepiskop qo‘liga o‘tadi. Vladimir-Suzdal knyazligi


Moskva

Mahalliy boyarlarning markaziy hokimiyatga qarshi kurashi XII–XIII asrlarda Kiyev, Galich-Volin, Vladimir- Suzdal knyazliklarida ham kuzatiladi. Vladimir Monomaxning o‘g‘li Yuriy Dolgorukiy XII asrda Volga va Oka daryolari havzasidagi yerlarni boshqarar edi. Knyazlikda Rostov, Suzdal, Yaroslavl, Vladimir kabi shaharlarga asos solinadi. Knyaz Dolgorukiyning Kiyev ustidan 1147-yildagi g‘alabasini nishonlash sharafiga asos solingan Kuchkovo qo‘rg‘oni, keyinchalik Moskva nomini oladi. Yuriy Dolgorukiyning avlodlari Vladimir knyazligini Ivan Grozniyga – XVI asr o‘rtalariga qadar boshqaradi. XIV asrdan boshlab Vladimir-Suzdal knyazligi va Moskva shahri Rus yerlarining birlashuviga asos bo‘ladi.

Moskva. Yuriy Dolgorukiyga o‘rnatilgan haykal.