Angliya o’rta asrlar so’ngida




Angliya yuz yillik urushlar davrida

Yuz yillik urushlar Angliya iqtisodiyotiga ham katta zarar yetkazdi. Qirol Richard II 1377-yilda mamlakatda qo‘shimcha jon solig‘i joriy etdi. 1380-yilda jon boshi solig‘i 3 baravarga oshirildi. Soliqni yig‘ishdagi suiiste’molliklar, nohaqliklar Angliyada xalq qo‘zg‘ oloni boshlanishiga sabab bo‘ldi.

Uot Tayler qo‘zg‘oloni.

Kambag‘al ruhoniylar va rohiblardan xalq voizlari yetishib chiqqan. Xalq orasida katta obro‘ga erishgan Jon Boll o‘z va’zlarida «Odam Ato yer haydab, Momo Havo charx yigirgan paytda kim dvoryan bo‘lgan!» deb aytgan kinoyali so‘zlari qishloqlarda tez-tez takrorlangan. Jon Boll hamma odam teng, yer esa uni ishlayotgan kishiniki ekanini ana shu bilan isbotlar edi. U arxiyepiskop buyrug‘i bilan qamoqqa olingan.


Uot Tayler qo‘zg‘oloni

Qo‘zg‘ olon 1381-yilning may oyida soliq yig‘uvchilar bedodligidan boshlanib, tez orada Angliyaning katta qismini qamrab oladi. Qo‘zg‘olonchilar tomonidan ozod etilgan Jon Boll uning rahbarlaridan biriga aylanadi. Dehqonlardan iborat qo‘zg‘ olonchilar tunukasoz Uot Tayler boshchiligida poytaxtga yo‘l oladi. Londonliklar qo‘zg‘olonchilarga shahar darvozalarini ochib berishadi. Qirol a’yonlari, taniqli amaldorlarning uylariga o‘t qo‘yiladi. Aybdor deb topilgan amaldorlar qatl etila boshlanadi.

Genrix VII Tyudor

Yosh qirol Richard II qo‘zg‘olonchilar bilan muzokaralar boshlashga majbur bo‘ladi. Uchrashuvda qabul qilingan «Mayl End» dasturiga binoan: dehqonlarning qaramligini bekor qilish, erkin savdoga ruxsat berish, yer solig‘ ini kamaytirishga rozilik beriladi. Qirol bilan uchrashuvdan so‘ng qo‘zg‘olonchilarning o‘ziga to‘q qismi uylariga tarqalishadi. Lekin qo‘zg‘ olonchilarning kambag‘al qismi bunga qoniqmay Londonda qoladi va qirol bilan yana uchrashish uchun Smitfildga boradi. Yangi ishlab chiqilgan dasturda feodallar tortib olgan yaylov va o‘rmonlarni qaytarish, ibodatxona yerlarini musodara qilib dehqonlarga bo‘lib berish, aholining teng huquqli bo‘lishini ta’minlash kabi talablar bor edi. Uchrashuv paytida qirol a’yonlaridan biri bilan janjallashib qolgan Uot Tayler to‘qnashuvda yaralanib halok bo‘ladi. Sarosimada qolgan dehqonlarga ularning barcha talablari bajarilishi va’da qilinib, shaharni tark etishga ko‘ndirishadi. Lekin qo‘zg‘olonchilar izidan yuborilgan qo‘shin ulardan ayovsiz o‘ch oladi. Qo‘zg‘olon mag‘lubiyatga uchrasa-da, uning ta’sirida Angliyada dehqonlarning mehnat majburiyatlaridan voz kechiladi. XV asr davomida qaram dehqonlar to‘lov evaziga ozodlikka erishadi. Soliqlar tartibga solinadi.


Angliya XV asrda

Yuz yillik urush tugaganidan keyin Angliya tarixida «Qizil va oq gullar» (1455–1485) nomini olgan urushlar bo‘lib o‘tadi. Bu urushda aholining 1/4 qismi, nomdor feodal zodagonlar – baronlarning deyarli barchasi qirilib ketadi. Yorklarga qarshi Bosvort yaqinidagi hal qiluvchi jangda (1485-yil) g‘olib chiqqan Lankasterlar xonadoni qo‘llagan Genrix Tyudor Angliya taxtiga keladi. Genrix VII Tyudor (1485–1509) davrida qirol hokimiyati kuchayib boradi. Urushlarda qirilib ketgan normand zodagonlari o‘rniga, lordlar palatasiga kiritilgan yangi anglsaks zodagonlari qirolning ishonchini qozonishga intiladi. Umumpalataga taklif qilingan ritsarlar va shaharliklar ham Genrix kiritgan qonunlarni tasdiqlar, unga yangi soliqlar yig‘ishga ko‘mak berardi.