-
Xiva xonligining tashkil topishi
Xonlikning tashkil topishi Shayboniyxon bosqini arafasida Xorazm temuriy Sulton Husayn Boyqaro hukmdor bo‘lgan Xuroson davlati tasarrufida edi. Xorazmga qo‘ng‘irot qabilasidan chiqqan Chin So‘fi hokim etib tayinlangan va u rasman Husayn Boyqaro noibi hisoblanardi. 1505-yili Shayboniyxon, 1510-yilda esa Eron hukmdori shoh Ismoil Xorazmni bosib oldi. Biroq shoh Ismoilning hukmronligi uzoqqa bormadi. Xorazmliklar safaviylar hukmronligiga qarshi kurash…
-
Buxoro amirligida madaniy hayot
Tarixnavislik Ashtarxoniylar hukmronligi davridan boshlab ijtimoiy-madaniy hayot rivojining qudratli to‘sig‘iga aylangan diniy mutaassiblik mang‘itlar hukmronligi davrida yanada kuchaydi. Bu omil, birinchi navbatda, aniq-tabiiy fanlarning rivojlanishiga imkon bermadi. Chunki diniy mutaassiblik namoyandalari bu fanlar sohasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan har qanday kashfiyotni Xudoning irodasiga shak keltirish deb hisoblashardi.Shuning uchun ham uch o‘zbek xonligida, jumladan, Buxoro amirligida…
-
Buxoro amirligi XIX asrning birinchi yarmida
Buxoro amir Haydar hukmronligi davrida Amir Shohmurod vafot etgach, taxtga uning o‘g‘li Haydar o‘tirdi (1800–1826). Ayrim viloyat hukmdorlari uning tajribasizligidan foydalanib, markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslikka urinishgan. Biroq amir Haydar katta qiyinchiliklar bilan bo‘lsa-da, ulardan aksariyatining qarshiligini sindira olgan va markaziy hokimiyatga bo‘ysundirgan. Aksariyat viloyatlar mustaqilligining tugatilishi davlat yerlari zaxirasini ko‘paytirgan. Bu esa davlat yerlarini ijaraga olib…
-
Amirlik shaharlari hayoti va savdo-sotiq ishlari
Shaharlar hamisha mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Chunki shaharlar davlat hokimiyati tayanchi, savdo va hunarmandchilik markazi, madaniyat hamda ilm-fan o‘chog‘i vazifasini o‘tagan. Samarqand ʻʻDunyoning husniʼʼ deb ulug‘langan Samarqand amirlikning eng yirik shaharlaridan biri edi. Samarqand shahrida kulolchilik, cho‘yan quyish (degrezlik), teri oshlash, qog‘oz, kiyim-kechak, qurol-yarog‘ ishlab chiqaruvchilar, baxmalboflar, kimxobgarlar,…
-
Amirlikning xo‘jalik hayoti
Yer mulkchiligi shakllari Buxoro davlatida yer-suv mulkchiligining uch shakli mavjud edi: 1)davlat yerlari (bu amlok yerlar deb ham atalgan); 2)mulk yerlari (xususiy); 3)vaqf yerlari. Davlat yerlarining suvsiz dasht, to‘qayzor qismi ko‘chmanchi jamoalarga bo‘lib berilgan bo‘lib, ular bu yerlardan foydalanganliklari uchun davlatga xiroj to‘lashardi. Bunday yerlar sotilmasdi va ayirboshlanmasdi. Davlat yerlarining boshqa bir qismi hukmron sulola…
-
Amirlik davlat tuzumi va uning ma’muriy boshqariluvi
Davlat tuzumi va ma’muriy bo‘linish Buxoro davlat tuzumiga ko‘ra monarxiya davlati edi. Davlat tepasida amir, ya’ni yakka mustabid hukmdor turgan. Hukmdor rasman cheklanmagan huquqqa ega bo‘lib, butun hokimiyat uning qo‘lida to‘plangan. U o‘zi ishongan eng oliy toifadagi amaldorlar (arkoni davlat) hamda qabilalarning boshliqlari bilan hisoblashib ish tutgan. Buxoro amirligi ma’muriy jihatdan viloyatlarga va tumanlarga bo‘lingan.…
-
Buxoroda mang’itlar sulolasi hukmronligining o‘rnatilishi
Buxoro xonligi davlat mustaqilligini yoʻqotishi Buxoro Eron bosqiniga qarshi tura olmagach, Abulfayzxon taslim bo‘lish shartlari haqidagi shartnomani imzolash uchun Zarafshon daryosining bo‘yiga — Nodirshoh huzuriga borishga majbur bo‘ladi. Shartnomaga ko‘ra, Nodirshoh oliy hukmdor, Buxoro xonligi esa Eronga mute davlat deb tan olingan. Shuningdek, Nodirshoh qo‘shinlari uchun 8 yilga yetadigan 200 ming xarvor bug‘doy va arpa…
-
M a’naviy-ma’rifiy, madaniy hayot
Ma’naviy-ma’rifiy, madaniy hayot Ashtarxoniylar davrida avj olgan ichki ziddiyatlar, tinimsiz urushlar, siyosiy parokandalik ma’naviy-ma’rifiy, madaniy hayotga salbiy ta’sir etdi. Biroq bunday murakkab siyosiy vaziyat maorif, ilm-fan, madaniyat rivojini to‘xtatib qo‘ya olmagan. Maktab va madrasa ta’limi XVII–XVIII asrlarda shahar va qishloqlarda ko‘plab maktab (maktabxona) faoliyat ko‘rsatgan. O‘g‘il va qiz bolalar alohida-alohida maktablarda o‘qitilgan. O‘g‘il bolalar maktabi…
-
Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot
Davlat boshqaruvi Ashtarxoniylar davrida davlat tizimi va boshqaruvi o‘z tuzilishi, mohiyati jihatidan shayboniylar davridagidan deyarli farq qilmas edi. Davlatning ichki va tashqi siyosatiga doir masalalar rasman oliy hokimiyat boshlig‘i — Xon ixtiyori bilan hal qilinardi. Markaziy va mahalliy hokimiyat boshqaruvida ham shayboniylar davrida amalda bo‘lgan lavozimlar saqlanib qolgan (6-§ ga qarang). Shunday bo‘lsa-da, ayrim o‘zgarishlar…
-
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va bunyodkorlik
Tayanch tushunchalar: iqtisodiy hayot, hunarmandchilik turlari, ichki va tashqi savdo, pul muoamalasi, yer egaligi, soliq turlari HunarmandchilikMovarounnahrning Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shohruxiya, Termiz, Shahrisabz, Qarshi va boshqa ko‘pgina shaharlari hunarmandchilik markaziga aylanadi. Shaharlarda hunarmandchilik mahallalarining soni ortib, kasb-hunar bilan bog‘liq bo‘lgan yangi-yangi guzarlar, ko‘cha-ko‘ylar, bozor rastalari, timlar va toqlar (usti gumbazli bozor) paydo bo‘ladi. Ko‘pgina shaharlarda…