Skip to content
  • O‘zbekistonning mintaqaviy tashkilotlar doirasida ko‘ptomonlama hamkorligi

    Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiO‘zbekiston siyosatining diqqat markazida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasidagi mamlakatlar bilan o‘zaro teng manfaatli aloqalarni mustahkamlash bo‘ldi. Negaki sovet davrida hukm surgan boshqaruvning markazlashtirilgan ma’muriy-buyruqbozlik usuli, mustabidlik siyosati sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan mamlakatlarni iqtisodiy jihatdan bir-biriga shunday bog‘lab qo‘ygan ediki, natijada ular o‘zaro qaramlik domiga tushib qolgan edi.Shuning uchun sobiq Ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan…

    Noyabr 25, 2023
  • O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasidagi faoliyati va tinchlikparvar tashqi siyosati

    O‘zbekiston va BMTO‘zbekiston Respublikasi 1992-yil 2-martda BMTga qabul qilindi va mamlakatimiz jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi bo‘ldi. O‘zbekistonning sobiq davlat rahbari Islom Karimov tomonidan BMT minbarida ilgari surilgan takliflar butun dunyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashish, yadro quroli tarqalishining oldini olish yo‘lida jahon hamjamiyatini birlashtirishga intilayotgan BMT va keng jahon hamjamiyati tomonidan qizg‘in…

    Noyabr 25, 2023
  • O‘zbekistonning Yaponiya, Koreya Respublikasi va Hindiston bilan ikkitomonlama aloqalarining rivojlanishi

    O‘zbekiston – Yaponiya O‘zbekiston o‘zining sharqiy yo‘nalishdagi tashqi siyosatida Osiyo qit’asining Yaponiya, Hindiston va Koreya Respublikasi kabi mamlakatlari bilan davlatlararo munosabatlar va manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga alohida e’tibor berdi. 1992-yil yanvarda o‘rnatilgan diplomatik munosabatlar, 1994-yil may, 2002-yil iyul va 2011-yil fevralda Yaponiyada hamda 2006-yil avgustda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan davlat rahbarlari o‘rtasidagi oliy darajadagi uchrashuvlar ikki…

    Noyabr 25, 2023
  • O‘zbekiston Respublikasining Rossiya, Xitoy va AQSH bilan o‘zaro munosabatlari

    O‘zbekiston – RossiyaO‘zbekiston Rossiya Federatsiyasi bilan o‘zaro hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratdi. O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlar va hamkorlik 1992-yil imzolangan davlatlararo munosabatlar, do‘stlik asoslari to‘g‘risidagi, 1998-tuzilgan 1998–2007-yillar uchun iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi shartnomalar asosida rivojlanib bordi. Keyingi yillardagi O‘zbekiston – Rossiya munosabatlarining yangi bosqichga ko‘tarilishida 2004-yilda imzolangan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya…

    Noyabr 25, 2023
  • O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlaribilan o‘zaro hamkorligi

    Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishiO‘zbekiston tashqi siyosatining yetakchi yo‘nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan do‘stlik, hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan. Mintaqadagi beshta davlat o‘rtasida o‘xshash jihatlar ko‘p. Tariximiz, madaniyatimiz, tilimiz, dinimizning birligi, tomirlarimizning tutashib ketgani bu mamlakatlar xalqlarini bir-biriga yanada yaqinlashtirishning zaminidir. Yangi tarixiy sharoitlarda vujudga kelayotgan…

    Noyabr 25, 2023
  • O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining shakllanishi va uning ustuvor yo‘nalishlari

    O‘zbekistonning geosiyosiy holatiO‘zbekiston Respublikasi o‘ziga xos geografik tuzilishi bilan Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlar orasida alohida ajralib turadi. Bunday geografik joylashuvning qulay va noqulay tomonlari mavjud bo‘lib, ular respublikaning geosiyosiy vaziyati va geostrategik manfaatlari, uning ichki va tashqi siyosatini tanlash hamda belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqil O‘zbekistonning qulay geosiyosiy imkoniyatlari quyidagicha: uzoq o‘tmishdan Sharq va…

    Noyabr 25, 2023
  • O‘zbekistonda madaniyat va san’at

    Ma’naviyat maskanlari. TeatrMustaqillik yillarida madaniy hayotda ham tub o‘zgarishlar yuz berdi. Bu, avvalo, teatr san’ati rivojlanishida yaqqol sezila boshladi. Yangi teatr dargohlari qurib ishga tushirildi. 1991-yilda Farg‘ona, 1993-yilda Xorazmda davlat qo‘g‘irchoq teatrlari ish boshladi. 1994-yilda Qashqadaryo va Namangan viloyat teatrlari qoshida qo‘g‘irchoq guruhlari, 2001-yilda Surxondaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatri ochildi. O‘zbek davlat akademik drama (2001-yil) va…

    Noyabr 25, 2023
  • O‘zbekistonda ma’naviy va tarixiy merosning tiklanishi

    Tarixiy xotiraning tiklanishiO‘zbekiston suveren davlat sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda ma’naviy yangilanish jarayonini amalga oshirmasdan turib mustaqillikni har tomonlama mustahkamlab bo‘lmasligini hayotning o‘zi ko‘rsatdi. Shuning uchun ham mamlakat rahbariyati istiqlolning dastlabki paytidanoq bu borada zarur choralar ko‘rdi. 1991-yil Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng nishonlandi. Alisher Navoiy nomida Davlat mukofoti ta’sis etildi. Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi…

    Noyabr 25, 2023
  • O‘zbekistonda yoshlar siyosati

    Yoshlar tashkilotiO‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin mamlakat yoshlarini birlashtirish uchun “Yoshlar ittifoqi” tashkiloti tuzildi. Tashkilot yoshlarni o‘z plenumi va konferensiyalari qarorlarini bajarishga safarbar qilishga urinishi, qarorlarda yoshlarning manfaatlari va ehtiyojlari to‘la aks etmagani natijasida 1996-yilda Yoshlar ittifoqi tashkiloti tugatilib, O‘zbekiston Respublikasi yoshlarining “Kamolot” jamg‘armasi tuzildi. “Kamolot” jamg‘armasining vazifasi yoshlarning manfaat va ehtiyojlarini o‘rganish, ularni qondirish…

    Noyabr 25, 2023
  • O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiyava sportning rivojlanishi

    Jismoniy tarbiya va sportni qo‘llab-quvvatlovchi tizimning yaratilishi O‘zbekistonda davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgach, madaniyat, ta’lim, ilm-fan bilan bir qatorda jismoniy tarbiya va sport ishlariga katta e’tibor qaratildi. Davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘ning muttasil ortib borishi ham mamlakatda jismoniy tarbiya va sport sohasi davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini ko‘rsatadi. Darhaqiqat, nufuzli xalqaro musobaqalarda mamlakatimiz sportchilarining muvaffaqiyatli ishtirok…

    Noyabr 25, 2023
←Previous Page
1 2 3 4 5 … 48
Next Page→

Tarix hodisalari

Proudly powered by WordPress