Etnik jarayonlar va o‘zbek xalqining shakllanishi


Tayanch tushunchalar: etnik jarayon, o‘zbek xalqi, “Qovunchi madaniyati”


Etnik jarayon

Jahondagi boshqa xalqlar kabi o‘zbeklarning shakllanishi ham uzoq yillar davomida sodir bo‘lgan etnik jarayon mahsuli hisoblanadi.

O‘zbeklar alohida etnik birlik (elat) bo‘lib, Movarounnahr, Xorazm, Yettisuv, qisman Sharqiy Turkistonning g‘arbiy mintaqalarida shakllangan. O‘zbek xalqining asosini mahalliy sug‘diylar, baqtriylar, xorazmiylar, farg‘onaliklar, shoshliklar, yarim chorvador qang‘lar, ko‘chmanchi sak-massaget kabi etnik guruhlar tashkil etgan. Bu xalqlar hozirgi O‘zbekiston hududida qadimdan o‘troq yashab, sug‘orma dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanib kelgan. Shuningdek, Janubiy Sibir, Oltoy, Yettisuv, Sharqiy Turkiston hamda Volga va Ural daryosi bo‘ylaridan turli davrlarda Movarounnahrga kirib kelgan etnik guruhlar ham o‘zbek xalqi etnogenezida ishtirok etgan. Yuqorida nomlari keltirilgan etnoslar asosan turkiy va sharqiy eroniy tillarda so‘zlashgan.

  • Etnik jarayon – kelib chiqishi bir-biriga yaqin bo‘lgan turli qabila va elatlarning asrlar davomida qo‘shilib borishi

    Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida yuqorida nomlari qayd etilgan qabila va elatlarning etnik jihatdan aralashuv jarayoni yuz beradi. Natijada o‘troq hayotga moslashgan turkiy hududiy maydon, o‘zbek xalqiga xos antropologik qiyofa shakllanadi.

    Qang‘ davlati davrida turkiyzabon etnoslar ustuvorlik qilib, o‘ziga xos uyg‘unlashgan madaniyat shakllanadi. Arxeologik asarlarda bu madaniyat “Qovunchi madaniyati” nomini olgan. Antropolog olimlarning ta’kidlashicha, aynan shu davrlarda O‘rta Osiyoning vodiy va vohalarida yashovchi aholi tashqi qiyofasida hozirgi o‘zbek va voha tojiklariga xos antropologik qiyofa to‘liq shakllanadi.

    O‘zbeklar etnogenezida qatnashgan navbatdagi etnik guruhlar – kushonlar, xioniylar, kidariylar va eftallardir.

    Shuningdek, o‘zbeklar etnogenezida Turk xoqonligi davrida O‘rta Osiyoning markaziy mintaqalari va Xorazmga kelib o‘troqlashgan turkiy qabilalar faol ta’sir ko‘rsatadi. Turkiy elatlar va mahalliy o‘troq aholi o‘rtasida etnik-madaniy munosabatlar rivojlanadi. Natijada turkiy qatlam madaniy yutuqlarining mahalliy madaniy-xo‘jalik an’analar bilan jadal uyg‘unlashuvi yuz beradi. VII asrdan boshlab o‘lkamiz “Turkiston” nomi bilan atala boshlagan. «* O‘zbek xalqining asosini sug‘diylar, baqtriylar, xorazmiylar, farg‘onaliklar, shoshliklar va sak-massagetlar tashkil etgan.
  • Qang‘ davlati davrida “Qovunchi madaniyati” va O‘rta Osiyoning antropologik qiyofasi to‘liq shakllanadi
  • Turkiston – turkiy aholi o‘rnashgan o‘lka»


    O‘zbek xalqining tashkil topishi

    VIII asrdan arab va ajam xalqlarining O‘rta Osiyoga kirib kelishi mintaqadagi etnik jarayonlarga katta ta’sir etmagan. Biroq bu davrda Movarounnahrdagi o‘troq va yarim o‘troq turkiyzabon aholi, sug‘diylar va Xorazmning tub yerli aholisi o‘z hududlarida qolib, arablar hukmronligi ostida yagona islomiy e’tiqod birligi uyg‘unlashdi.
  • IX–XII asrlarda o‘zbek xalqi shakllandi. Uning asosini o‘lkamizda yashab kelgan ziroatkor va chorvador tub yerli aholi tashkil etdi
  • Movarounnahrda joylashgan aholi qadimdan ikki tilda: sug‘d va turk tillarida so‘zlashgan.

    IX asrda Movarounnahr mintaqasida yaxlit turkiy etnik qatlam, turkiy til muhiti vujudga kela boshladi. Sug‘diylar va boshqa mahalliy etnoslarda ham turkiylashish jarayoni jadallashdi. Qoraxoniylar davrida Movarounnahr va Xorazmda siyosiy hokimiyat turkiy sulolalarga o‘tishi munosabati bilan sodir bo‘lgan etnik jarayon o‘zbek xalqining shakllanishida yakuniy bosqich bo‘ldi. Mazkur davrda o‘zbek xalqiga xos etnik omillar shakllangan. Bu davrda o‘zbeklarning umumelat tili qaror topdi.