-
Qadimgi Yunoniston afsonalari
Afsonalar: haqiqat va uydirma Yunon afsonalari – xudolar va bahodirlar haqidagi rivoyatlardir. Ularning qahramonlari turli xil titanlar, yovuz maxluqotlar, sirenalar (yarim qush, yarim ayollar), kentavrlar (yarim otlar, yarim odamlar), sikloplar – peshonasida bitta ko‘zi bo‘lgan afsonaviy mavjudotlar va boshqalardir. Afsonalar (yunon tilida «mif») mamlakat tarixidagi qadimgi davr haqida ko‘p narsalarni bilishga imkon beradi. Ular Olamning…
-
Qadimgi Yunoniston olimlari va mutafakkirlari
Fan Qadimgi Yunonistonda faylasuflarni donishmandlar, hayot murabbiylari sifatida bilishgan. Yunon faylasuflari olam tuzilishi va inson hayoti ma’nosini tushuntirishga harakat qilishgan. Ular o‘simliklar, hayvonlar, inson tanasi, Quyosh va yulduzlarni o‘rganishga harakat qilgan. Mashhur yunon faylasufi Geraklit Yer yuzidagi hamma narsa olovdan kelib chiqqan,deb uqtirgan. «Bir daryoga ikki marta tushish mumkin emas», «Hamma narsa oqadi, hamma narsa…
-
Qadimgi Yunoniston madaniyati
Gomerning «Iliada» va «Odisseya» dostonlari Yunonlar Kichik Osiyoda joylashgan Troyaga mo‘l-ko‘l o‘lja ilinjida urush boshlagan.Biroq yunon rivoyatlari boshqa bir sababni ham bayon qiladi. Eng chiroyli ayol Sparta podshosining rafiqasi Sohibjamol Yelena edi. Troya podshosining o‘g‘li Paris Sparta podshosinikiga keladi va Sohibjamol Yelenani Troyaga o‘g‘irlab ketadi. Voqeadan xabar topgan Sparta podshosi Parisdan qasos olishga ahd qiladi…
-
Fuqaro tarbiyasi
Fuqaro tarbiyasi Yunonlar maktablarida faol fuqarolar, davlat himoyachilari tarbiyalanishi lozim edi. Sportni rivojlantirish va Olimpiya o‘yinlariga qiziqish ham shunga xizmat qilgan. Bolalikdanoq o‘g‘il bolalarga she’riyat va musiqaga muhabbat hissi singdirilardi.Arslonni yenggan Gerakl haykaliga nazar tashlaymiz. Qadimgi yunon haykaltaroshi Geraklni barvasta pahlavon sifatida tasvirlagan. Orqa oyoqlarida turib olgan bahaybat arslon esa Geraklning yelkasidan ham kelmaydi. Ammo…
-
Yunonistonning Makedoniya tomonidan bosib olinishi
Yunonistonning qulashi sabablari Yunoniston shaharlari bir-birlari bilan urushayotgan paytda Makedoniya podshosi Filipp II Yunonistonni bosib olishni ko‘zlaydi. Uning qo‘shinlari suvoriylar va piyodalardan tashkil topgandi. Piyoda qo‘shinlar 16 qatordan iborat falangada saflanardi. Falanganing oltinchi qatoridagi nayza birinchi qatordagi jangchini muhofaza etardi. Jang paytida butun falanga zirhlangan temir maxluqotga o‘xshab qolar edi. Falanga qanotlarini otliqlar himoya qilardi.…
-
Yunon-fors urushlari
Yunon-fors urushlarining sabablari Mil. avv. V asr boshlarida Yunonistonga forslar tahdid sola boshladi. Doro I hukmronlik qilayotgan Fors davlati yangi-yangi mamlakatlarni bosib olishga intilgan. Yunonistonning barcha shaharlarida fors elchilari paydo bo‘lib, ular: «Bizning hukmdorimiz, buyuk shahanshoh Doro, kunchiqardan kunbotargacha barcha mamlakatlarning birdan-bir egasi sizdan yer va suv talab qilmoqdadir», deb baralla aytishardi. Yunonistondagi ayrim shaharlar…
-
Afinada demokratiya
Demokratiyaning shakllanishi Afina shahrida markaziy maydon bo‘lib, uning tevaragini turli-tuman imoratlar qurshab turgan. Maydon esa agora deb yuritilgan. U xalq yig‘ini maydoni bo‘lgan. Shahar aholisining ko‘pchiligini hunarmandlar va savdogarlar tashkil etgan. Afina shahrida barcha erkak fuqarolar davlatni qanday boshqarish kerakligi xususida o‘z fikr-mulohazalarini bayon eta olar edi. Ular yuzaga kelgan muammolar va yangi qonunlarni muhokama…
-
Yunon koloniyalari
Yangi hududlarni o‘zlashtirish sabablari Qadimgi Yunonistonda zodagonlardan qarzdor bo‘lib qolgan, o‘z yer va mulkiga ega bo‘lmagan ko‘plab kishilar o‘z vatanini tark etishga, begona yurtlarda omadini sinab ko‘rishga majbur bo‘lishgan. Yersiz, nochor yunonlar safarga chiqishga hozirlana boshlaydi. Jo‘nab ketish oldidan ular xudolarga qurbonliklar bag‘ishlashgan. O‘zlari bilan birga loy surtilgan qamishdan to‘qilgan savatchalarda olov ham olishgan. Olov…
-
Qadimgi Yunonistonning yuksalishi
Yunon shaharlari Yunonistonda dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topishi bilan shaharlar soni ham ortib boradi. Yunon shaharlarining ko‘pchiligi bir qancha manzilgohlar birlashishi yo‘li bilan tashkil topadi. Bunday shaharlar yunoncha «polis», ya’ni «shahar» deb atalgan. Ular shahar-davlatlarni tashkil etgan. Barcha shahar-davlatlar o‘z qo‘shinlariga ega bo‘lgan. Polislar bir-birlari bilan tez-tez urushib turgan. Shu sababli yunonlar askarlarga ta’lim-tarbiya berishga…
-
Antik tarixning boshlanishi
Hudud va mashg‘ulotlar Bolqon yarimoroli va O‘rtayer dengizi orollaridagi qadimgi yunon davlatlarining umumiy nomi Qadimgi Yunoniston deb atalgan. Shimol tarafidan tashqari, Qadimgi Yunonistonni O‘rtayer dengizi suvlari o‘rab turadi. Yunoniston hududining uchdan bir qismini tog‘lar egallagan. Yunonistonning eng baland tog‘i Olimpdir. Bu tog‘ mamlakatning shimoli-sharqiy qismida joylashgan.Serunum dalalar faqat vodiylarda bo‘lgan.Tog‘lar o‘t-o‘lanlar va butalar bilan qoplangan.Yunonistonning…