Bo’lim: 1-bob. Turkiston oʻlkasida sovet hokimiyating oʻrnatilishi hamda oʻzbek xalqining mustaqillik uchun kurashi (1917 – 1924)

  • O‘rta Osiyo respublikalarida o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish va uning oqibatlari

    Turkiston — mintaqa xalqlarining yagona makoni va umumiy vatani Turkiston mintaqasi azaldan turkiy xalqlarning yagona maskani va umumiy vatani bo‘lgan. 1918–1924-yillarda mavjud bo‘lgan Turkiston ASSR, BXSR, XXSRning tub xalqlari asrlar davomida turmush tarzi va an’analari jihatidan bir-birlariga juda yaqin bo‘lishgan. Turkistondagi turli davlatlarning har birida turkiy xalqlar: o‘zbeklar, turkmanlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar, qirg‘izlar, shuningdek, tojik xalqi…

  • BXSR va XXSRda qizil armiyaga qarshi kurash

    BXSR hududida qizil armiyaga qarshi kurash va xalq qo‘zg‘olonlarining boshlanishi Qizil armiyaning Buxoro va Xorazm mamlakatlari hududlariga tajovuzkorona bostirib kirishi davomida qilgan talonchiliklari, zo‘rliklari, qon to‘kishlari ommaviy noroziliklarni keltirib chiqargan asosiy sabablardan bo‘ldi.Buxoro va Xorazm aholisi o‘z mamlakatlariga bostirib kirgan bosqinchi qizil armiya askarlariga qarshi milliy ozodlik kurashiga qo‘zg‘aldi. Bu hududlarda vatanparvarlar harakati kengayib, keng…

  • Xiva xonligidagi ahvol hamda xon hokimiyatining ag‘darilishi. XX ASRning tuzilishi va turli islohotlar

    Xiva xonligidagi siyosiy vaziyat va Yosh xivaliklar faoliyati 1917-yil boshlarida Rossiya markazida yuz bergan voqealar Xiva xonligiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi. 1917-yil 5-aprelda Xiva xoni Asfandiyorxon (1910–1918) Yosh xivaliklar partiyasining islohot to‘g‘risidagi manifestiga imzo chekdi. Yosh xivaliklar partiyasi 1914-yil tashkil topgan edi. Manifestda yangi usul maktablari ochilishi, mamlakatda temiryo‘l, pochta, telegraf barpo etilishi zarurligi,…

  • Buxoro amirligida islohotlar uchun kurash hamda qizil armiya tomonidan amir hokimiyatining ag‘darilishi. BXSRning tashkil topishi va faoliyati

    Buxoro amirligidagi ahvol va Yosh buxoroliklar faoliyati Rossiyada podsho hokimiyatining ag‘darilishi Buxoro amirligida ham ba’zi o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. Buxoro hukmdori Amir Sayid Olimxon (1881–1944) e’tirof etishicha, Muvaqqat hukumat Buxoro davlatining mustaqilligini tan olgan. Amir hukumati Afg‘oniston va boshqa davlatlar bilan aloqalar o‘rnatgan. Rossiya–Buxoro munosabatlarida ham o‘zgarishlar yuz bergan. Buxoroda ish olib borgan Rossiya imperiyasining siyosiy…

  • Turkiston ASSRda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakatlar

    Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakatning boshlanishi. Turkiston mintaqasida bolsheviklar hukmronligidagi sovet rejimiga qarshi istiqlolchilik harakati 1918-yil fevral oyining so‘nggi o‘n kunligida dastlab Qo‘qon atroflarida boshlandi. Dastlabki guruhlarning tuzilishi Qo‘qon atrofidagi Bachqir qishlog‘idan bo‘lgan Kichik Ergash (1885 – 1918) va Katta Ergash (1882–1921) kabi qo‘rboshilarning nomlari bilan bog‘liqdir. 27-fevralda bolsheviklarning harbiy kuchlariga qarshi bo‘lgan janglarning…

  • Turkiston o‘lkasida sovet hokimiyati boshqaruv tizimining tuzilishi va iqtisodiyot sohasidagi o‘zgarishlar

    Bolsheviklarning o‘lkada yuritgan siyosati hamda Turkiston ASSR va Turkiston Kompartiyasining tashkil topishi Bolsheviklar va so‘l eserlar musulmon aholining o‘lkani boshqarishga bo‘lgan qonuniy huquqini inkor qilib, hokimiyat to‘g‘risidagi masalani kelishib hal qilish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi va shu bilan Turkiston siyosiy hayotida milliy va demokratik kuchlarning kelgusida muxolifatga o‘tishini oldindan muqarrar qilib qo‘ydi. Markazdagi bolsheviklar rahbarlik qilgan…

  • Turkiston Muxtoriyati – tub yerli xalqlar davlatchiligi tarixida yangi bosqich

    Turkiston Muxtoriyati hukumatining tashkil topishi va faoliyati 1917-yil 26–28-noyabrda Qo‘qon shahrida Butun Turkiston o‘lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Turkistonni boshqarish shakli to‘g‘risidagi masala qurultoyning diqqat markazida turdi. Bu masala muhokamasida so‘zga chiqqanlarning ko‘pchiligi Turkistonning muxtor respublika deb e’lon qilinishi o‘lka aholisining ijtimoiy maqsadlaridan kelib chiqqani va unga mos tushishini uqtirdi. Muxtoriyat va mustaqillik…

  • Turkistonda sovet hokimiyatining majburiy tarzda o‘rnatilishi hamda bolsheviklar diktaturasi

    Rossiyadagi Oktyabr to‘ntarishi hamda uning Turkiston o‘lkasiga ta’siri 1917-yil avgust oxiri – sentyabr boshlarida bolsheviklar Petrograd va Moskva Sovetlarida ko‘pchilikni egalladi hamda hokimiyatni bosib olish uchun qurolli to‘ntarishga tayyorgarlik ko‘rdi. 24-oktyabrdan 25-oktyabrga o‘tar kechasi qurollangan ishchilar, Petrograd garnizonining soldatlari va Boltiq flotining matroslari Qishki saroyga bostirib kirdi va majlis o‘tkazayotgan Muvaqqat hukumat a’zolarini qamoqqa oldi.…

  • Turkiston o‘lkasi 1917-yil fevral-oktyabr oralig‘ida

    Mustaqillik – Turkiston xalqlarining asriy orzusi Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, bizning ota-bobolarimiz asrlar davomida o‘z oilalari, muqaddas tuproqlari, diniy e’tiqodlari, urf-odatlari va an’analariga sodiq qolishni ulug‘ ish deb hisoblashgan. Bu daxlsiz urf-odatlarning buzilmasligi uchun o‘zbek xalqining ming-minglab sodiq o‘g‘lonlari o‘z hayotlarini qurbon qilganlar, yurt mustaqilligi uchun bo‘lgan janglarda shahid ketganlar. Turkiston mintaqasi Rossiya imperiyasi tomonidan…