Bo’lim: 5-bob. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Osiyo davlatlari

  • XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Turkiya

    Turkiyaning ijtimoiyiqtisodiy ahvoli Turkiya monarxiya bo‘lib, uni sulton boshqarardi. Mamlakatda o‘rta asr feodal tartiblari hukmron edi. Turkiya iqtisodining asosini tashkil qilgan qishloq xo‘jaligi nihoyatda orqada qolgandi. Haydaladigan yerlarning 65%i katta yer egalari va ruhoniylarga qarashli bo‘lib, u yersiz va kam yerli dehqonlarga ijaraga berilardi. Mehnat unumdorligi kam bo‘lgani uchun 1873-1875-yillardagi kuchli ocharchilik oqibatida ko‘plab odamlar…

  • XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Afg‘oniston

    Buyuk Britaniya va Rossiya to’qnashuvi 70-yillarda Afg‘oniston Rossiya bilan Buyuk Britaniya o‘rtasida bahsga sabab bo‘lgan mamlakat bo‘lib qoldi. 1873-yili Buyuk Britaniya Hindiston–Afg‘oniston chegarasida harbiy kuch to‘play boshladi. Afg‘oniston amiri Sheralixon Rossiyadan yordam so‘rab, elchi yubordi. Rossiya bunga javoban kichik harbiy qismini chegaraga yaqin joylashtirdi. Kobulga esa general Stoletov boshchiligida elchilik missiyasi yuborildi. Biroq bundan ortiq…

  • XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Eron

    Buyuk Britaniya va Rossiyaga qaramlikning kuchayishi XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Eron dunyo sarmoyador davlatlarining yarimmustamlakasiga aylandi. Shoh tuzumi va mustamlakachilik zulmi xalq ahvolini yanada og‘irlashtirdi. Mamlakatda noroziliklar kuchaydi. Erondagi mustabid hokimiyat yirik yer egalari, viloyat hokimlari hamda urug‘larning xonlariga tayanardi. Eronda sanoatning burjualashuvi sust kechdi. Yer dehqonlarni ekspluatatsiya qilib kelayotgan mulkdorlar qo‘lida…

  • XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Hindiston

    Mustamlakachilik Hindiston bu davrda Buyuk Britaniya mustamlakasi edi. U Hindistonni vitseqirol boshchiligidagi amaldorlar va politsiya yordamida boshqarardi. Ingliz mustamlakachiligi sharoitida Hindistonda sarmoyadorlikka asoslangan mahalliy ishlab chiqarish tizimi yuzaga kela boshladi. Yirik sanoat korxonalari qurishga kirishildi. 1886-yilda to‘qimachilik sanoatida 95 ta fabrika bor edi. Konlar soni, temiryo‘l tarmoqlari ko‘paydi. Bu narsa xomashyo tayyorlash va tashishda muhim…

  • XX asr boshlarida Xitoyning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli

    Ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli XX asr boshlarida Xitoyda ijtimoiy ziddiyatlar kuchayib ketdi. Manchjurlarning Sin sulolasi hukmronligi inqirozga yuz tutdi. Shoshilinch ko‘rilgan islohot choralari jamiyat ahvolini tubdan yaxshilamadi. Xitoyda sanoat taraqqiyoti bilan unga to‘siqqa aylangan feodal yer mulkchiligiga xos qoloq ishlab chiqarish munosabatlari o‘rtasida ziddiyat chuqurlashdi. Omma orasida manchjurlar boshqaruviga qarshi harakat kuchaydi. Xitoy sanoati rivojlanishi ancha orqada…

  • XIX asrning oxirida Xitoy

    Xitoyning yarimmustamlakaga aylantirilishi XIX asr oxirida Xitoy qoloq, yarimfeodal davlat edi. Yerning asosiy qismi zamindor boylar qo‘lida edi. Ko‘pchilik dehqonlar zamindorlardan yerni ijaraga olar, ijara haqini pul bilan yoki hosil hisobidan to‘lashardi. Yeri bor dehqonlar juda kam edi.Dehqonlar shaharga ish qidirib kelishardi. Lekin har doim ham ish topilmasdi.Chunki Xitoyda sanoat juda sekin taraqqiy etayotgandi. XIX…

  • XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Yaponiya

    Tub o‘zgarishlar yo‘lida 1867-1868-yillarda Yaponiyada yuz bergan Meydzi islohoti Yaponiyada bozor munosabatlariga asoslangan jamiyat qurilishiga keng yo‘l ochdi. Endigi asosiy vazifa — yapon xalqining milliy an’analarini saqlab qolgan holda jamiyatni G‘arb modelida qayta qurish edi. Imperator Mutsixito ishlab chiqarish kuchlarining rivojiga to‘sqinlik qiluvchi qonun va tartiblarni bekor qildi. Yaponiya dunyoning barcha davlatlari uchun ochib qo‘yildi.…