Bo’lim: 2-bob. Qadimgi Sharq va O‘rta Osiyo

  • Qadimgi Misr madaniyati

    Yozuv Qadimgi misrliklar yozuvi insoniyatning ilk yozuvlaridan biri edi. Avvaliga har bir so‘z rasm ko‘rinishida yozilgan. Yozuvdan duolar va marosimlarni yozib borishda foydalanishgan. Shuning uchun ham uni «muqaddas» yoki «xudolar kalomi» deb nomlashgan. Qadimgi yunonlar ularni «iyerogliflar» deyishgan («toshga chekilgan muqaddas bitiklar» ma’nosini anglatadi). Yozuvlar maqbaralarning devorlariga va xudolar haykallariga o‘yib yozilgan. Yozuv uchun tosh…

  • Piramidalar va daxmalar

    Hamma narsa vaqtdan qo‘rqadi, vaqt esa piramidalardan! Qadimgi va O‘rta podsholiklar davrida misrliklar barpo etgan ulkan piramidalar, (fir’avnlar dafn etiladigan joy) – maqbaralar bo‘lgan. O‘tgan mingyilliklar davomida ko‘pdan ko‘p shaharlar va davlatlar yo‘q bo‘lib ketdi, ibodatxonalar va saroylar xarobaga aylandi. Faqat piramidalar vaqtdan qo‘rqmaydi. Faqat piramidalargina to‘rt ming yildan oshiq vaqt davomida o‘zgarmasdan turibdi. Eng…

  • Qadimgi Misrda din

    Misrliklarning xudolari Misr aholisi uchun din kundalik turmushning ajralmas bir bo‘lagi hisoblangan.Qadimgi misrliklar xudolar hayvonlar siymosiga o‘tib olib, mushuk, qo‘y, ho‘kiz, arslon, sigir shaklida odamlar orasida yashaydi, deb hisoblashgan. Misrliklar xudolarning bir qancha joni mavjud: ulardan biri hayvon tanasida, boshqasi esa haykalida yashaydi, deb o‘ylashgan. Kohinlar – ibodatxona ruhoniylari, xudolarni dindorlar in’om tariqasida keltirgan narsalar…

  • Qadimgi Misr

    Qadimgi misrliklarning qo‘shnilari Misr janubdan Nubiya bilan chegaradosh bo‘lgan. Bu mamlakatga misrliklar Nil bo‘ylab oltin, qatron, fil suyagi, nodir navli yog‘ochlarni ayirboshlash uchun borgan. Misr g‘arbida, Liviya cho‘lida shu nomdagi mamlakat joylashgan edi. Sahro aholisi ko‘chmanchi chorvadorlar bo‘lgan. Quyi Misrdagi Memfis shahri orqali o‘tadigan yo‘l Sinay yarimoroliga olib borgan, bu yerda esa mis qazib olingan.…

  • Nil vodiysi va uning aholisi

    Misr – Nil in’omi O‘zi bilan birga huzurbaxsh salqin havo va mo‘l-ko‘l hosilni olib kelguvchi sersuv Nil viqor bilan oqadi. Ulug‘vor daryo Afrikaning shimoli-sharqida sivilizatsiya vujudga kelishi uchun zamin yaratgan. Bir qancha shoxobchalarga bo‘linib oquvchi Nil daryosi borib-borib O‘rtayer dengiziga quyiladi. Nil daryosi quyilish joyini yunonlar delta deb atashgan. Chunki dengizga quyiluvchi shoxobchalarning to‘la-to‘kis manzarasi…