-
Zardushtiylik
Zardushtiylikning vujudga kelishi tarixi Mil. avv. 1- ming yillikda O‘rta Osiyoda zardushtiylik deb atalgan din keng tarqaladi. Bu din hali odamlar tabiatni ilohiylashtirgan kezlarda kurtak yoza boshlagan edi. Zardushtiylar olov, tuproq, suv va yulduzlarga sig‘inishgan, ularni muqaddas hisoblashgan. «Zardushtiylik» so‘zi ham Zardusht (turli tillarda Zaratushtra, Zoroastr) ismidan kelib chiqqan. U mil. avv. 1-ming yillikning birinchi…
-
O‘zbekiston hududidagi ilk davlatlar
Qadimgi aholining etnik tarkibi va hududiy joylashuvi Yozma manbalarning guvohlik berishicha, mil. avv. VII-VI asrlarda O‘zbekiston hamda qo‘shni hududlarda so‘g‘diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar hamda sak va massaget qabilalari yashagan. Zarafshon va Qashqadaryo vohasida dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi ko‘plab aholi istiqomat qilgan. Yunon yozma manbalarida bu hudud So‘g‘diyona deb nomlangan. Mazkur hududda yashaydigan aholi Amudaryoning quyi oqimida yashagan…
-
Miloddan avvalgi III-mil. II asrlarda Xitoy
Markazlashgan davlatning tashkil topishi Mil. avv. 246-yilda Xitoyni o‘z hokimiyati ostida birlashtirgan hukmdor Sin Shixuandi nomini qabul qilgan. Bu nom «Sinning birinchi hukmdori» degan ma’noni bildiradi. O‘z davlati hududini 36 viloyatga taqsimlagan hukmdor har biriga noiblarini rahbar etib tayinladi. Sin Shixuandi hali tirikligidayoq o‘ziga atab maqbara qurishga farmon bergandi. Hashamati va bezaklari jihatidan bu maqbara…
-
Qadimgi Xitoy sivilizatsiyalari
Xitoyda sivilizatsiya ildizlari Misr, Mesopotamiya va Hindistondagi kabi Xitoyda ham qadimgi sivilizatsiyalar Xuanxe va Yantszi degan katta daryolar bo‘ylarida vujudga kelgan. Mil. avv. 3-ming yillikning oxirlarida qadimgi Xitoy hududida ilk davlat Xuanxe daryosining o‘rta oqimida paydo boʻladi. Bu davlatni Sya sulolasi hukmdorlari boshqarib turgan. Shan qabilasining boshlig‘i Sya sulolasi podshosini taxtdan ag‘darib, davlatni o‘ziga bo‘ysundirgan.…
-
Miloddan avvalgi I ming yillikda Hindiston
Hindiston davlatlari Mil. avv. VII-VI asrlarda Hindistonda bir nechta davlatlar, jumladan: Magadha,Koshala, Malla va boshqalar vujudga keladi. Makedoniyalik Aleksandr O‘rta Osiyoni zabt etganidan so‘ng Panjob o‘lkasi hududiga bostirib kiradi. Mazkur o‘lka aholisi bosqinchilarga qattiq qarshilik ko‘rsatadi. Aleksandr katta qiyinchiliklar bilan Hind vodiysigacha yetib borib, shundan keyin Bobilga qaytib ketadi. Aleksandr qoldirgan qo‘shin mahalliy aholining qarshiligiga…
-
Qadimgi Hindiston sivilizatsiyasi
Hududi va tabiiy sharoitiHindiston mamlakati shu nomdagi yarimorol hamda Osiyo qit’asining Hind va Gang daryolari vodiylarining bir qismini egallagan. Iqlimining issiqligi va keng yoyilib oqadigan daryolar suv bilan birga serunum loyqani oqizib kelishi dehqonchilik vujudga kelishi va rivoj topishi uchun imkoniyat yaratdi. Himolay tog‘lari shimoli-sharqdan dushmanlar va sovuq shamollar tajovuzidan o‘ziga xos tabiiy «mudofaa devori»…
-
Ahamoniylar davlati
Qadimgi Eron aholisi Mil. avv. VI asrda hozirgi Eron hududida Ahamoniylar sulolasiga mansub shohlar asos solgan Fors podsholigi vujudga keldi. Ahamoniylar davlati jahondagi eng yirik davlatlardan biri bo‘lgan. Hozirgi Eron hududida qadim zamonlarda kassiylar, elamiylar singari turli qabilalar yashab kelgan. Vaqt o‘tib bu mamlakatga midiyaliklar va forslar ko‘chib o‘rnashadi. Tog‘oldi vodiylarda aholi dehqonchilik bilan shug‘ullangan,…
-
Old Osiyo davlatlari
Mil. avv. 2-ming yillikda Old Osiyo hududida yashagan xalqlarni birlashtirgan ilk davlatlar vujudga kela boshladi: Ossuriya, Xett, Mitanni kabi davlatlar va Finikiya shahar-davlatlari shular jumlasidandir. Bu davlatlar doimiy bosqinchilik va mudofaa urushlari olib borgan. Ossuriya podsholigi Qadim zamonlarda ossuriyaliklar Frot va Dajla daryolari yuqori oqimidagi kichik hududni egallashgan. Avval Oshshur shahri, keyin esa Nineviya shahri…
-
Bobil podsholigi
Bobil – «xudolar darvozasi» Miloddan avvalgi II ming yillikda Bobil podsholigi Mesopotamiya janubidagi eng yirik qudratli davlatga aylandi. Bobil qulay geografik o‘ringa ega bo‘lib, Frot va Dajla daryolarining o‘zanlari bir-biriga yaqinlashib ketadigan hududda joylashgandi. Kemalarda turli mahsulotlar bilan suzib kelgan savdogarlar bu shaharga qo‘nib o‘tishardi. «Bobil» so‘zining o‘zi esa «xudolar darvozasi» degan ma’noni anglatadi. Bobil…
-
Mesopotamiya sivilizatsiyalari
Tabiiy sharoiti va aholisi Dajla va Frot daryolari oralig‘idagi vodiyni yunonlar Mesopotamiya deb nomlashgan, bu atamaning tarjimasi Ikki daryo oralig‘i degan ma’noni anglatadi. Odamlar Mesopotamiyaga qadim zamonlarda ko‘chib joylashgan. Mesopotamiyaga daryolarning toshqin suvlari turli tuproq va tog‘ jinslaridan iborat loyqalarni oqizib kelgan. Ular yerlarni o‘g‘itlagan. Shu sababli Mesopotamiya yerlari ishlov berish uchun qulay, serunum bo‘lgan.…