Misr – Nil in’omi
O‘zi bilan birga huzurbaxsh salqin havo va mo‘l-ko‘l hosilni olib kelguvchi sersuv Nil viqor bilan oqadi. Ulug‘vor daryo Afrikaning shimoli-sharqida sivilizatsiya vujudga kelishi uchun zamin yaratgan. Bir qancha shoxobchalarga bo‘linib oquvchi Nil daryosi borib-borib O‘rtayer dengiziga quyiladi. Nil daryosi quyilish joyini yunonlar delta deb atashgan. Chunki dengizga quyiluvchi shoxobchalarning to‘la-to‘kis manzarasi uchburchaksimon, ya’ni yunoncha «delta» harfiga o‘xshash bo‘lgan.
Nil 6 ming kilometr uzunlikdagi to‘lib oqadigan katta daryodir. Daryoning quyi qismi 3 km dan 22 kilometrgacha kenglikdagi qora tuproqli serhosil dalalardan iborat. Vodiyliklar yurtga – «Qora tuproq» yoki «Nil in’omi» deb nom berishgan.
Qadim o‘tgan zamonlarda Nil vodiysi odam o‘tolmaydigan, papirus butalari bir-biriga chirmashib ketgan botqoqliklar bilan qoplangandi. Suvlarda son-sanoqsiz yirtqich timsohlar kun kechirar, quruq yerlarida yovvoyi hayvonlar galasi sang‘ib yurar, botqoqzorlarida esa zaharli ilonlar yashar edi.
Vaqt o‘tgani sayin iqlim o‘zgarib bordi, suv ham yildan yilga kamayaverdi, Shimoliy Afrika ham cho‘lga aylana bordi. Odamlar Nil vodiysi va deltasini o‘zlashtira boshladi. Shu tarzda ziroatchilik aholining asosiy mashg‘ulotiga aylandi. Mil. avv. 4 ming yillik boshlarida odamlar Nil daryosi qirg‘oqlaridagi yerlarni o‘zlashtirishga bel bog‘ladilar.
Misrliklarning mashg‘ulotlari
Nil daryosi dalalarni suvga bostirib, keng-mo‘l oqqan yillarda misrlik dehqonlarning hosili ham barakali bo‘lgan.
Misrlik dehqonlar bug‘doy va arpa, shuningdek, poliz ekinlarini ekishgan, yetishtirilgan kanopdan esa gazlama to‘qishgan. Nil vodiysida uzum, qovun, anor, xurmo, piyoz, bodring, loviya kabi meva va sabzavot yetishtirilardi.
Qadimgi zamonda yerga omoch bilan ishlov berib, urug‘ qo‘lda sepilgach, urug‘likni yerga singdirish uchun qoramollarni daladan haydab o‘tishgan. Mehnat qurollari takomillashishi bilan ziroatchilar omoch va hayvonlar kuzda dalalarga urug‘ ekilgan. Qishda esa hosil yig‘im-terimi boshlangan. Boshoqlarni mis o‘roqlar bilan o‘rib olib, so‘ngra maxsus joyga tashib, bug‘doy yoki arpa bog‘lamlari ustidan hayvonlarni haydab o‘tib, hosilni yanchishgan. Xirmonjoydan chiqqan don sopol xumlarda saqlangan. Bu tadbir donni son-kuchidan foydalana boshlashdi. Misrliklar sigir, qo‘y-echki, cho‘chqalarni boqishgan. Ziroatchilar ho‘kizlardan dala ishlarida foydalanishgan.
Misr dehqonlari yerga urug‘ sochish va hosilni yig‘ishtirib olish ishlarini g‘ayriodatiy muddatda o‘tkazishgan. Iyul-sentabr oylarida ular dam olishar va urug‘likni ekishga hozirlashardi. Negaki, bu mahalda barcha dalalarni suv bosardi.
Kuzda dalalarga urug‘ ekilgan. Qishda esa hosil yig‘im-terimi boshlangan. Boshoqlarni mis o‘roqlar bilan o‘rib olib, so‘ngra maxsus joyga tashib, bug‘doy yoki arpa bog‘lamlari ustidan hayvonlarni haydab o‘tib, hosilni yanchishgan. Xirmonjoydan chiqqan don sopol xumlarda saqlangan. Bu tadbir donni son-sanoqsiz kemiruvchilar – zararkunandalardan omon saqlardi.
Hunarmandchilikning rivojlanishi
Qadimgi Misr hunarmandlarining 30 dan ziyod kasb-korlari bo‘lgan. Misgarlar misni eritib, undan mehnat qurollari quyishardi. Kulollar loydan turli-tuman idish-tovoqlar yasab, ularni xumdonda pishirishgan. Quruvchilar saroylar, ibodatxonalar va uylar bunyod etishgan. Oddiy misrliklarning uyi loy suvalgan papirus poyalaridan, zodagonlarning uylari esa oftobda quritilgan xom g‘ishtdan qurilgan.
Fir’avnlarning saroylari va ibodatxonalar toshdan barpo etilgan. Duradgorlar deraza va eshiklar yasardi. Kemasozlar qamishdan qayiqlar, yog‘ochdan esa kema lar yasagan. To‘quvchilar kiyim-kechak uchun gazmollar tayyorlashar, tikuvchilar esa liboslar tikishardi.
Misr davlatining tashkil topishi
Odamlar Nil vodiysidagi sermashaqqat turmush sharoitiga moslasha boshladi. Tarqoq manzilgohlar «nom» deb atalgan kichik davlatlarga birlashdi. Har bir davlatni «nomarx» – boshqargan. Vaqt o‘tishi bilan nomarxlar hukmdorlarga – podsholarga aylanishdi.
Misrda ikkita podsho hukmdorlik qilgan. Bittasi Quyi (Shimoliy) Misrda, boshqasi esa Yuqori (Janubiy) Misrda davlatni boshqargan. Mil. avv. 3000-yilda ikkala davlat o‘rtasida boshlangan urushda Yuqori Misr hukmdori Menes g‘alaba qozondi. U birlashgan mamlakatning birinchi hukmdori – fir’avni bo‘ldi. Yagona va birlashgan davlat uchun yangi poytaxt bo‘lmish Memfis shahri barpo etildi.
Ko‘p yillar mobaynida «nom«lar hukmdorlari o‘z mol-mulkini ko‘paytirib oldi, natijada Misr mustaqil davlatlarga aylangan alohida «nom«larga parchalanib ketdi. Vaqt o‘tishi bilan mamlakatning qayta birlashuvi ro‘y berdi. Bu davlatning poytaxti Fiva shahri bo‘lgan. Olimlar Misr tarixini Ilk, Qadimgi, O‘rta, Yangi va So‘nggi podsholik davrlariga ajratishgan.