Qadimgi Xitoy sivilizatsiyalari


Xitoyda sivilizatsiya ildizlari


Misr, Mesopotamiya va Hindistondagi kabi Xitoyda ham qadimgi sivilizatsiyalar Xuanxe va Yantszi degan katta daryolar bo‘ylarida vujudga kelgan. Mil. avv. 3-ming yillikning oxirlarida qadimgi Xitoy hududida ilk davlat Xuanxe daryosining o‘rta oqimida paydo boʻladi. Bu davlatni Sya sulolasi hukmdorlari boshqarib turgan. Shan qabilasining boshlig‘i Sya sulolasi podshosini taxtdan ag‘darib, davlatni o‘ziga bo‘ysundirgan.

Xuanxe daryosi

Xitoy aholisi mashg‘ulotlari

Shu tariqa davlat nomi ham uning bosh shahri nomi kabi «Shan» deb atalgan. Mil. avv. 3-ming yillikning Shanga qo‘shni chjou qabilasi bostirib kiradi, uning hukmdori Shan yerlarini o‘zinikiga qo‘shib oladi va «Chjou» degan katta davlatni bunyod etadi. Davlat ulkanligi bois hukmdorlar uni «Osmon ostidagi podsholik», o‘zlarini esa «Osmon o‘g‘illari» deb atashgan. Butun Shimoliy Xitoy ana shu davlat tarkibiga kirgan.

Chjou davlati hukmdori
Qadimgi Xitoy
Xitoy amaldori


Dehqonchilik Xitoyda azaldan e’tiborli va faxrli kasb hisoblab kelingan. Asosiy dehqonchilik ekinlari javdar va bug‘doy bo‘lgan. Keyinchalik xitoyliklar sholi yetishtira boshlagan, sholi urug‘i Hindistondan keltirilgan.

Sholi dalasi


Xitoy aholisi «choy» daraxtini ham yetishtirgan, uning barglaridan shifobaxsh ichimlik bo‘lmish «choy» tayyorlanadi. Choy tez orada butun jahonga tarqaldi.
Tut daraxtini yetishtirish Xitoy aholisining asosiy mashg‘ulotlaridan biri bo‘lgan. Tut bargi bilan ipak qurti boqiladi. Ipak qurtlari pillalarga tolalarni o‘raydi, pilladan esa nihoyatda yengil va nafis mato bo‘lmish ipak shoyi tayyorlanadi.

Qog‘oz ishlab chiqarish. Zamonaviy rasm

Xitoy «ko‘p podsholiklar» davrida


Miloddan avvalgi VIII –VII asrlarda Chjou davlatining markaziy hokimiyati zaiflasha boshladi. Ayrim viloyatlar noiblari podsho hokimiyatidan ozod bo‘lishga intilar edi. Xitoyga ko‘chmanchi qabilalar hujum qila boshlaganidan foydalangan chekka viloyatlar aholisi ajralib chiqib, o‘z davlatilarni tashkil eta boshladi. Shu taxlit, miloddan avvalgi VII–V asrlardagi davr tarixda «ko‘p podsholiklar» davri nomini olgan. Xitoyda ayni mahalda «kurashayotgan podsholiklar» davri ham boshlanadi. «Zafaryor» – imperiyaning oliy hukmdorlari bilan ajralib chiqqan davlatlar hukmdorlari o‘rtasida boshlangan urushlar ikki yuz yildan uzoqroq davom etdi. Bu davr Sin davlati hukmdori o‘zining barcha raqiblarini yo‘q qilib yagona davlat tuzishi bilan yakunlandi.

Sin Shixuandi – markazlashgan Xitoy hukmdori. Zamonaviy rasm