Bo’lim: Qadimgi dunyo tarixi 6

  • Salavkiylar davlatida Yunon-Baqtriya podsholigi

    O‘rta Osiyo Salavkiylar davlati tarkibida Mil. avv. 323-yil Makedoniyalik Aleksandr vafot etdi. U barpo etgan davlat uch qismga: Makedoniya, Misr va Suriyaga bo‘linib ketdi. Bu davlatlar Aleksandrning eng yaqin lashkarboshilari tomonidan boshqarildi. Uzoq davom etgan o‘zaro urushlardan keyin, mil. avv. 312-yilda kichik Makedoniyalik Aleksandrning lashkarboshilaridan biri Salavk Bobil (Suriya davlati) hukmdori bo‘ldi. Salavka davlatining tarkibiga…

  • O‘rta Osiyo xalqlarining yunon-makedon istilochilariga qarshi kurashi

    O‘rta Osiyo xalqlarining qurol-yarog‘i va harbiy san’ati Mil. avv. VII–IV asrlarda O‘rta Osiyo jangchilari nima bilan qurollangan edi? Jangchilar jangga sovut kiyib kirgan, boshlarida dubulg‘a bo‘lgan. Xanjar, jangovar oybolta va nayzalar bilan qurollangan. Kamon o‘qi va xanjar temir va bronzadan yasalgan. Jangchilar otda ham, piyoda ham jang qila olishgan. Xanjar – «akinak», jangovar oybolta esa…

  • O‘rta Osiyoda ahamoniylar hukmronligi

    Kir II va uning bosqinchilik yurishlari Kir II O‘rta Osiyo hududini bosib olishga harakat qilib ko‘rgan dastlabki fors podshosi bo‘lgan. U Parfiya, Marg‘iyona va Baqtriyani bosib oldi. Mil. avv. 530-yilda Kir II ulkan lashkar bilan massagetlar ustiga yurish qildi. Bu yurish to‘g‘risida «tarix otasi» Gerodot hikoya qilib bergan. Forslar massagetlar hududiga bostirib kirganlarida ularning malikasi…

  • Qadimgi Yunoniston afsonalari

    Afsonalar: haqiqat va uydirma Yunon afsonalari – xudolar va bahodirlar haqidagi rivoyatlardir. Ularning qahramonlari turli xil titanlar, yovuz maxluqotlar, sirenalar (yarim qush, yarim ayollar), kentavrlar (yarim otlar, yarim odamlar), sikloplar – peshonasida bitta ko‘zi bo‘lgan afsonaviy mavjudotlar va boshqalardir. Afsonalar (yunon tilida «mif») mamlakat tarixidagi qadimgi davr haqida ko‘p narsalarni bilishga imkon beradi. Ular Olamning…

  • Qadimgi Yunoniston olimlari va mutafakkirlari

    Fan Qadimgi Yunonistonda faylasuflarni donishmandlar, hayot murabbiylari sifatida bilishgan. Yunon faylasuflari olam tuzilishi va inson hayoti ma’nosini tushuntirishga harakat qilishgan. Ular o‘simliklar, hayvonlar, inson tanasi, Quyosh va yulduzlarni o‘rganishga harakat qilgan. Mashhur yunon faylasufi Geraklit Yer yuzidagi hamma narsa olovdan kelib chiqqan,deb uqtirgan. «Bir daryoga ikki marta tushish mumkin emas», «Hamma narsa oqadi, hamma narsa…

  • Qadimgi Yunoniston madaniyati

    Gomerning «Iliada» va «Odisseya» dostonlari Yunonlar Kichik Osiyoda joylashgan Troyaga mo‘l-ko‘l o‘lja ilinjida urush boshlagan.Biroq yunon rivoyatlari boshqa bir sababni ham bayon qiladi. Eng chiroyli ayol Sparta podshosining rafiqasi Sohibjamol Yelena edi. Troya podshosining o‘g‘li Paris Sparta podshosinikiga keladi va Sohibjamol Yelenani Troyaga o‘g‘irlab ketadi. Voqeadan xabar topgan Sparta podshosi Parisdan qasos olishga ahd qiladi…

  • Fuqaro tarbiyasi

    Fuqaro tarbiyasi Yunonlar maktablarida faol fuqarolar, davlat himoyachilari tarbiyalanishi lozim edi. Sportni rivojlantirish va Olimpiya o‘yinlariga qiziqish ham shunga xizmat qilgan. Bolalikdanoq o‘g‘il bolalarga she’riyat va musiqaga muhabbat hissi singdirilardi.Arslonni yenggan Gerakl haykaliga nazar tashlaymiz. Qadimgi yunon haykaltaroshi Geraklni barvasta pahlavon sifatida tasvirlagan. Orqa oyoqlarida turib olgan bahaybat arslon esa Geraklning yelkasidan ham kelmaydi. Ammo…

  • Yunonistonning Makedoniya tomonidan bosib olinishi

    Yunonistonning qulashi sabablari Yunoniston shaharlari bir-birlari bilan urushayotgan paytda Makedoniya podshosi Filipp II Yunonistonni bosib olishni ko‘zlaydi. Uning qo‘shinlari suvoriylar va piyodalardan tashkil topgandi. Piyoda qo‘shinlar 16 qatordan iborat falangada saflanardi. Falanganing oltinchi qatoridagi nayza birinchi qatordagi jangchini muhofaza etardi. Jang paytida butun falanga zirhlangan temir maxluqotga o‘xshab qolar edi. Falanga qanotlarini otliqlar himoya qilardi.…

  • Yunon-fors urushlari

    Yunon-fors urushlarining sabablari Mil. avv. V asr boshlarida Yunonistonga forslar tahdid sola boshladi. Doro I hukmronlik qilayotgan Fors davlati yangi-yangi mamlakatlarni bosib olishga intilgan. Yunonistonning barcha shaharlarida fors elchilari paydo bo‘lib, ular: «Bizning hukmdorimiz, buyuk shahanshoh Doro, kunchiqardan kunbotargacha barcha mamlakatlarning birdan-bir egasi sizdan yer va suv talab qilmoqdadir», deb baralla aytishardi. Yunonistondagi ayrim shaharlar…

  • Afinada demokratiya

    Demokratiyaning shakllanishi Afina shahrida markaziy maydon bo‘lib, uning tevaragini turli-tuman imoratlar qurshab turgan. Maydon esa agora deb yuritilgan. U xalq yig‘ini maydoni bo‘lgan. Shahar aholisining ko‘pchiligini hunarmandlar va savdogarlar tashkil etgan. Afina shahrida barcha erkak fuqarolar davlatni qanday boshqarish kerakligi xususida o‘z fikr-mulohazalarini bayon eta olar edi. Ular yuzaga kelgan muammolar va yangi qonunlarni muhokama…