Bo’lim: Oʻzbekiston tarixi 10

  • O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida

    O‘zbekiston SSR siyosiy rahbariyatidagi yangi o‘zgarishlar 1989-yil 23-iyunda tajribali iqtisodchi va partiya xodimi Islom Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari qilib saylandi. U o‘zi saylangan plenumda so‘zlagan nutqida O‘zbekistonning Ittifoqda tutgan o‘rni va rolini aniq va ravshan belgilab berdi, madaniy merosni va tarix haqiqatini tiklash, milliy urf-odatlar va an’analarni rivojlantirish obyektiv zaruriyat ekanligini ta’kidladi.…

  • Qayta qurish siyosati va uning inqirozi. Farg‘ona fojialari

    Qayta qurish va uning bosqichlari KPSS MK aprel (1985-y) plenumi sovet jamiyati hayotining barcha sohalarini chuqur isloh qilish yo‘lini e’lon qildi. Qayta qurishning asosiy tarkibiy qismlari deb ijtimoiy hayotni demokratlashtirish va tub iqtisodiy islohot o‘tkazish belgilandi. Qayta qurishning birinchi bosqichi (1985–1986-yillar) ma’muriy tashkiliy tadbirlarni an’anaviy usullarda olib borilishi bilan izohlanadi. Mazkur bosqichda ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini…

  • O‘zbekistonda paxta ishi va uning oqibatlari

    SSSR va O‘zbekiston SSR siyosiy rahbariyatidagi o‘zgarishlar Mamlakat siyosiy hayotida 1982–1985-yillarda ko‘plab o‘zgarishlar yuz berdi. Siyosiy rahbariyatdagi bunday o‘zgarishlar O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi. 1982-yil noyabrda KPSS MK Bosh sekretari, SSSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi Leonid Brejnev vafot etdi. U mamlakat va partiyani 18 yil davomida boshqargan edi. 1982–1984-yillarda Yuriy Andropov, 1984–1985-yillarda Konstantin Chernenko Sovet Ittifoqiga…

  • O‘zbekistonda ekologik vaziyatning og‘irlashishi va Orol fojiasi

    Ekologik muvozanatning buzilishi Tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilish muammosi, asosan, inson faoliyati natijasida, ya’ni insonning tabiiy jarayonlarga aralashuvi kengayib va chuqurlashib borishi sababli paydo bo‘ladi. XX asr 60–80-yillarida bu muammo bashariyat uchun katta xavf tug‘dirdi. Insonning xo‘jalik faoliyati yildan-yilga kuchayib bordi, qo‘riq yerlar o‘zlashtirildi, elektr stansiyalari va zavod-fabrikalar qurildi, yangi shaharlar soni ko‘paydi. Yangi yerlarning…

  • O‘zbekistonda yoqilg‘i va tog‘-kon sanoatining vujudga keltirilishi hamda aholi milliy tarkibidagi o‘zgarishlar

    O‘zbekiston qazilma boyliklarining Markaz manfaatlariga xizmat qildirilishi O‘zbekiston mineral xomashyo turlariga nihoyatda boy hudud hisoblangan. Respublikada ko‘pgina foydali qazilmalar: oltin, uran, mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram, tabiiy gaz, neft, toshko‘mir va boshqa konlar topilib, ishga tushirildi.Afsuski, bu konlarda qazib olingan foydali qazilmalar, xususan, oltin va uran, tabiiy gaz Markaz manfaatlariga xizmat qildi. Bu boyliklardan ularning haqiqiy…

  • O‘zbekistonning siyosiy hayotidagi o‘zgarishlar hamda sovetlarning partiya organlariga qaramligi

    O‘zbekistonda siyosiy rahbariyatning o‘zgarishi O‘sha davrda sovet jamiyatining siyosiy tizimiga partiya, turli darajadagi Sovet organlari, kasaba uyushmalari, komsomol (yoshlar tashkilotlari) kirardi. Tizimning asosiy ustuni partiya hisoblangan. U o‘zini rahbarlik qiluvchi va yo‘naltiruvchi kuch hisoblab, Sovetlar va jamoat tashkilotlariga o‘z irodasini amalda zo‘rlik bilan o‘tkazib kelardi. 1959-yil 15-martda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari lavozimiga Sharof…

  • O‘zbekistonda sanoatning bir tomonlama rivojlanishi

    Sanoat sohasidagi ahvol O‘sha davrda SSSR hududining tarkibiy qismi bo‘lgan O‘zbekiston SSR Markazda ishlab chiqilgan iqtisodiy siyosatni so‘zsiz amalga oshirishga majbur edi. Urushdan keyingi besh yilliklarda (1946–1950-yillardagi to‘rtinchi va 1951–1955-yillardagi beshinchi besh yillik davrida) davlat sanoatni o‘stirish uchun katta miqdorda mablag‘ ajratdi. Lekin ularning aksariyati og‘ir sanoatga sarflandi. O‘zbekistonda ko‘plab yirik kimyo korxonalarining qurilishi foydadan…

  • Ziyolilarning qatag‘on qilinishi va sovet jamiyatida shaxsga sig‘inishning fosh qilinishi

    O‘zbekiston ziyolilari qatag‘on qilinishining yangi bosqichi Urush tugagandan keyin oradan ko‘p o‘tmay O‘zbekiston SSR bo‘ylab yana bir yalpi qatag‘on to‘lqini yelib o‘tdi. XX asr 40-yillari oxiri va 50-yillari boshlaridagi qatag‘onlar asosan madaniyat va fan arboblariga qarshi qaratildi. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti Markazning yo‘l-yo‘riqlariga tayangan holda dunyoqarashi va ijodi kommunistik partiya mafkurasidan farq qiladigan ziyolilarga qarshi…

  • O‘zbekiston xalq xo‘jaligining urushdan keyingi ahvoli

    Sanoatni qayta qurish Ikkinchi jahon urushi tugagan bo‘lsa ham biroq urushning og‘ir oqibatlari respublika hayotining hamma sohalarida, shuningdek, sanoatda ham sezilib turardi. O‘zbekiston sanoatini tiklash, aholini oziq-ovqat va sanoat mollari bilan ta’minlash uchun yoqilg‘i, elektr energiya, shuningdek, malakali ishchi va muhandis-texnik xodimlarga tanqislik sezilardi. Bu murakkab vazifalarni hal etish uchun O‘zbekistonning geografik holati, milliy an’analari,…

  • O‘zbekiston fani va madaniyati — g‘alaba uchun xizmatda

    O‘zbek adabiyoti va san’ati fashizmga qarshi kurashda Urush yillarida O‘zbekiston Hamid Olimjon, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Oybek, Sadriddiy Ayniy, Maqsud Shayxzoda, Sulton Jo‘ra, Amin Umariy, Oydin va boshqa yozuvchilar hamda shoirlarning she’rlari va dostonlarida, publitsistik asarlarida fashizm kirdikorlari fosh etilib, xalqimizning jangovarlik ruhi qo‘llab-quvvatlandi, dushman ustidan g‘alaba qozonishga bo‘lgan ishonch mustahkamlandi. Urush yillarida O‘zbekiston san’ati…