-
MIRXOND (1433 – 1498)
Mir Muhammad ibn Sayyid Burhoniddin Xovandshoh ibn Kamoliddin Mahmud al-Balxiy — Mirxond oʻrta asr tarix fanining koʻzga koʻringan namoyandalaridan biridir. Ota-bobolari buxorolik boʻlib, fiqh ilmida zamonasining yetuk olimlari sifatida mashhur boʻlgan. Ulardan Mahmud ibn Ahmad al-Mahbubiy (vafoti taxminan 1300-yil) fiqh ilmida peshqadam olim boʻlganligi uchun “toj ash-sharia” (shariat toji) nomi bilan shuhrat qozongan va Sharqning…
-
ABDURAZZOQ SAMARQANDIY (1413 – 1482)
Abdurazzoq Samarqandiy hijriy 816 (milodiy 7-noyabr 1413)-yili shaʼbon oyida, Temuriylar davlatining Hirot shahrida tugʻildi. Uning toʻliq ismi Kamoliddin Abdurazzoq, otasining ismi Jaloliddin Isʼhoq Samarqandiydir. Abdurazzoq Hirotda tugʻilganligiga qaramay “Samarqandiy” degan nisbat bilan shuhrat topganligiga sabab, otasi Jaloliddin Isʼhoqning asli samarqandlik boʻlganligi va yana boʻlajak tarixnavisning oʻzi ham bir necha muddat Samarqandda yashaganligidir. Abdurazzoq Samarqandiy dastlabki…
-
SHARAFIDDIN ALI YAZDIY (Vafoti 1454-yil)
Sharafiddin Ali Yazdiy Markaziy Osiyo, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarining XIV va XV asr boshlaridagi tarixidan bahs yurituvchi mashhur “Zafarnoma” asarining muallifi sifatida tarix zarvaraqlarida mangu muhrlangan muarrixlardan boʻlib, uning hayoti va faoliyati asosan XV asrning 1-yarmiga toʻgʻri keladi. Sharafiddin Ali Yazdiy Eronning Yazd shahriga qarashli Taft qishlogʻida (Tafti-Yazd deb ham atalgan), taxminan XIV asrning…
-
HUSAYN VOIZ KOSHIFIY (1440-1505)
XV asrning 1-yarmida Xurosonda, Alisher Navoiy atrofida toʻplangan shoir, donishmandlar orasidagi mashhur va qomusiy talant egalaridan biri Voiz Koshifiydir. Kamoliddan Husayn Voiz Koshifiy taxminan 1440-yilda Xuroson viloyatidagi Sabzavor shahrining Bayhaq shahrida tugʻilgan. Uning ota-onasi va bolaligi haqida hozircha hech qanday aniq maʼlumot yoʻq. Bizningcha, u boshlangʻich maʼlumotni Sabzavorda olgan, arab, fors, turk tillarini hamda matematika,…
-
JALOLIDDIN DAVONIY (1427-1502)
Davoniyning toʻla nomi Jaloliddin Muhammad Asad as-Siddiqiy al-Davoniy boʻlib, 1427-yilda Eronning Kazarun viloyatiga qarashli Davon qishlogʻida tugʻilgan. U yoshligidanoq ilm-fanga, ayniqsa, musulmon fiqhshunosligiga qiziqadi va boshlangʻich maktabni bitirgandan soʻng Sherozga kelib, madrasada yirik olimlar qoʻlida tahsil oladi. Keyinchalik u Sheroz shahrining qozisi etib tayinlanadi. Qozilikdan isteʼfoga chiqqandan soʻng madrasada mudarrislik qiladi. Keyinchalik yana oʻz qishlogʻiga…