-
MIRZO MUHAMMAD HAYDAR DUGʻLOT (1499 – 1551 )
Mirzo Muhammad Haydar Dugʻlot Markaziy Osiyoning XVI asrdagi atoqli muarrixi, adibi va davlat arbobi boʻlib, mashhur “Tarixi Rashidiy” asarining muallifi sifatida tarix sahifalaridan mustahkam oʻrin olgan. Adabiyotda koʻpincha Mirzo Haydar ismi bilan ataladi. Uning ota ajdodlari XIV–XVI asrlarda Moʻgʻulistonda hukm surgan nufuzli dugʻlot amirlaridan boʻlib, Chigʻatoy xonlari tomonidan inʼom etilgan imtiyozlarga va tarxonlik unvoniga ega…
-
FURQAT (1859-1909)
XIX asr 2-yarmi va XX asr boshlaridagi oʻzbek xalqchil adabiyotining yirik namoyandasi, maʼrifatparvar, lirik shoir, otashin publitsist Zokirjon Furqat Qoʻqon shahrida, Mullo Xolmuhammad oilasida dunyoga kelgan. Boʻlajak shoirning otasi zamonasining ilgʻor fikrli vakillaridan biri sifatida turli bilimlardan yaxshigina xabardor boʻlgan. Mullo Xolmuhammad xususan badiiy adabiyot muxlisi boʻlib, oʻzi ham sheʼriy iqtidor sohibi edi. Zokirjon mahallasidagi…
-
KOMIL XORAZMIY (1825-1899 )
Komil Xorazmiy XIX asrda yashab ijod etgan maʼrifatparvar shoir, sanʼatkor, xattot, davlat arbobi, oʻz davri ilgʻor madaniyatining mashhur vakillaridan biridir. Komil shoirning adabiy taxallusi boʻlib, uning asl ismi Pahlavon Niyoz Muhammaddir. Pahlavon Niyoz Muhammad 1825-yilda Xivada, mudarris Abdulla Oxun oilasida tugʻildi. U dastlabki saboqlarni mahalla masjidi qoshidagi maktabdan, soʻng oʻz otasidan oldi. Abdulla Oxun oʻgʻliga…
-
MUNIS XORAZMIY (1778 – 1829)
Amir Avazbiy oʻgʻli Shermuhammad, adabiy taxallusi Munis Xorazmiy XVIII asrning 2-yarmi va XIX asrning boshlarida Xorazmda yashab ijod etgan shoir, tarixnavis olim, tarjimon, xattot va maʼrifatparvardir. Munis oʻzbek adabiyoti, umuman madaniyati tarixida salmoqli oʻrinni egallaydi. U muarrix sifatida oʻzining “Firdavs ul-iqbol” tarixiy asarini yozdi, shoir sifatida devon tuzdi. Tarjimon sifatida tarixiy asarlarni oʻzbek tiliga tarjima…
-
MAXTUMQULI (1733 – 1793)
Maxtumquli mashhur turkman shoiri va mutafakkiri, turkman adabiyoti, madaniyati rivojiga ulkan hissa qoʻshgan iqtidor sohibi. U shoir Ozodiy Davlatmamat oilasida 1733-yilda tugʻilib, boshlangʻich savodni ovul maktabida oladi. Soʻng oʻz ilmini oshirish maqsadida Xiva, Buxoro va Andijon madrasalarida tahsil olib, oʻzbek adabiyotining oʻtmish namoyandalari asarlari bilan yaqindan tanishadi. Maxtumquli bir qancha fanlarni oʻzlashtirish bilan birga, zargarlik…
-
SO’FIY OLLOYOR (1644 – 1724 )
Soʻfi Olloyor oʻzbek mumtoz adabiyotida tasavvuf adabiyoti anʼanalarini izchil davom ettirib, oʻziga xos maktab yaratgan adib, shoir va mutafakkirdir. Shoir 1644-yilda Kattaqoʻrgʻon bekligiga qarashli Minglar qishlogʻida Olloquli (Temiryor) xonadonida dunyoga kelgan. Soʻfi Olloyor dastlab Shayxlar qishlogʻi masjidi qoshidagi maktabda, soʻng Buxorodagi madrasalarda taʼlim olgan. Madrasani tugatgandan keyin Joʻybor shayxlari qoʻlida tahsil koʻrgan. Soʻng Soʻfi Olloyor…
-
PODSHOXOJA (1480 – 1547 )
Sayyid Podshoxoja ibn Abdulvahhobxoja mutafakkirning toʻliq ismi boʻlib, Xoja uning taxallusidir. Xoja 1480-yili Niso shahrida dunyoga kelgan. U dastlab otasi qoʻlida, soʻngra Niso va Marv madrasalarida mufassal taʼlim olgan. Ijtimoiy faoliyatini 1496-yil yozida temuriyzodalardan Niso viloyati hukmdori Kepak Mirzo hukumatida sadrlik (yer oʻlchovchi) bilan boshlagan.1508-yili Niso va Obivard viloyatlari Shayboniylar tomonidan zabt etilganda Xoja yetuk…
-
MAXDUMI AʼZAM (1463/64-1542)
Movarounnahrlik alloma, yirik diniy va siyosiy arbob, Naqshbandiya tariqatining rahnamosi va nazariyotchilaridan biri Maxdumi Aʼzamning toʻliq ismi Sayyid Ahmad Xojagi ibn Sayyid Jaloliddin Kosoniy Dahbediydir. U Fargʻona vodiysining Koson shahrida tavallud topgan. Kosoniyning otasi Qoraxoniylar (840–1212) sulolasiga mansub sultonlardan Burhoniddin Qilich ( XI asr) avlodlaridan boʻlib, onasi esa Koson sayyidlari oilalariga mansub edi.Maxdumi Aʼzam ilk…