Bo’lim: VII boʻlim. Turkiston va birinchi jahon urishi

  • Turkistonda 1916-yilgi voqealarning oqibatlari va ahamiyati

    Qo‘zg‘olonning yengilish sabablari va oqibatlari Qo‘zg‘olon xarakteriga ko‘ra milliy ozodlik ko‘rinishida yuz berdi, chunki bu qo‘zg‘olonning asosiy harakatlantiruvchi kuchi xalq ommasi edi. Ular mustamlakachilik tartiblariga qarshi qo‘lga qurol olib toptalgan haq-huquqlari, din-u diyonatlari uchun tengsiz kurash olib bordi. Qo‘zg‘olonchilar Vatanning haqiqiy fidoyi farzandlari ekanliklarini amalda isbotlashdi. Mislsiz jasoratlari bilan Vatan tarixi sahifalaridan munosib o‘rin egallashdi.…

  • Jizzax qo‘zg‘oloni

    Qo‘zg‘olonning boshlanishi Rossiya imperiyasining 1916-yildagi mardikorlikka olish to‘g‘risidagi farmoni Turkiston o‘lkasining barcha hududlariga yoyilib, unga qarshi chiqishlar mahalliy aholining milliy ozodlik harakatlariga aylanib ketdi. Bular orasida Jizzaxda bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olon o‘lkada mustamlakachilar zulmidan ozod bo‘lish va bosqinchilarga qarshi mardonavor kurash maydoniga aylandi.Jizzax aholisi, asosan, don mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanib, ularning yerlari imperiyaning markaziy hududlaridan ko‘chirib…

  • Turkistonda 1916-yilgi qo‘zg‘olonning boshlanishi

    Qo‘zg‘olonning boshlanish sabablari Imperator Nikolay II front ortidagi xizmatlar uchun aholining mardikorlikka olinishi to‘g‘risidagi farmoniga muvofiq Turkiston o‘lkasining Sirdaryo viloyatidan 87 ming, Samarqanddan 38 ming, Farg‘onadan 50 ming kishini mardikorlikka yuborish belgilandi. Belgilangan miqdorlar viloyatlar bo‘yicha aholi o‘rtasida taqsimlandi. Farg‘ona viloyatida belgilangan mardikorlarni to‘plash uchun viloyatdagi xonadonlarning har beshtasidan bir kishini olishga to‘g‘ri kelgan. Xalq…

  • Birinchi jahon urushining boshlanishi va uning Turkistonga ta’siri

    Birinchi jahon urushining Turkistonga ta’siri XX asrning boshlarida jahondagi yirik davlatlarning mustamlakalarga ega bo‘lish masalasida o‘zaro munosabatlari keskin ko‘rinish oldi. Birinchi jahon urushida Rossiya, Angliya va Fransiya davlatlaridan iborat ittifoq — Antanta tomonida turib urushda qatnashdi. Rossiya imperiyasining Birinchi jahon urushida ishtirok etishi uni iqtisodiy jihatdan yomon ahvolga solib qo‘ydi.Busiz ham G‘arbiy Yevropa davlatlaridan taraqqiyoti…