Bo’lim: Jahon tarixi 11

  • 1991 – 2017-YILLARDA HINDISTON RESPUBLIKASI

    1990-yillarda Hindiston Bu davrda Hindistonning iqtisodiy ahvoli yomonlashdi: jahon iqtisodiyotida yuz bergan tushkunlik Hindistonni ham chetlab o‘tmadi. Iqtisodiy o‘sish deyarli to‘xtadi, inflyatsiya kuchaydi, ishsizlik oshdi. Mamlakatda turli etnik va diniy guruhlar o‘rtasida ziddiyat, umumiy tanglik holati kuchayib bordi. Shunday holatda 1991-yili tamil terrorchisi tomonidan Hindiston bosh vaziri Rajiv Gandi o‘ldirildi. Hokimiyatga kelgan Narasimxa Rao hukumati…

  • 1991 – 2017-YILLARDA JANUBI-SHARQIY OSIYO MAMLAKATLARI

    Janubi-Sharqiy Osiyo (JSHO) mamlakatlariga rivojlanish darajasi bir-biriga yaqin bo‘lgan Vyetnam, Kambodja, Laos, Myanma, Tailand, Malayziya, Bruney, Sharqiy Timor, Indoneziya va Filippin kiradi. Bu mamlakatlarda yarim milliarddan oshiq aholi yashaydi. Taraqqiyotning sotsialistik yo‘lini tanlagan Vyetnam, Kambodja, Laos 1990-yillarda juda og‘ir ahvolda qoldi. Ular dunyoning eng kambag‘al mamlakatlari qatoriga kirardi. Sotsialistik yo‘nalishdagi hukmron partiyalar hokimiyatda qolgan bo‘lsa-da,…

  • 1991 – 2017-YILLARDA YA PONIYA

    1990-yillarda Yaponiyaning rivojlanishi Bu davrda Yaponiya siyosiy hayotida liberal-demokratik partiyaning (LDP) obro‘yi tiklandi. 1990-yili hokimiyatga kelgan Tosiki Kayfu Yaponiyaning xalqaro obro‘yini oshirishga erishdi. 1990-yili Quvaytning Iroq tomonidan anneksiya qilinishi paytida Yaponiya xalqaro harbiy kontingentga, shuningdek, Misr, Iordaniya va Turkiyaga moliyaviy yordam tarzida bir necha mlrd dollar mablag‘ ajratdi. 1990-yillardan iqtisodiyotda davlat sektorining ulushi kamayib bordi.…

  • 1991 – 2017-YILLARDA XITOY XALQ RESPUBLIKASI

    Xitoy Xalq Respublikasining siyosiy rivojlanishi Sotsialistik tizim va SSSR tarqalib ketgandan so‘ng Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) eng yirik sotsialistik davlat sifatida saqlanib qoldi. Bu yerda Xitoyga xos sotsializm qurish davom ettirildi. Hokimiyatni yagona Xitoy kommunistik partiyasi (XKP) egallab turdi. 1989-yil Tyananmen maydonidagi tinch namoyish bostirilgandan so‘ng 3 yilga yaqin Xitoy siyosatida jiddiy o‘zgarish yuz bermadi.…

  • OSIYO, AFRIKA VA LOTIN AMERIKASI MAMLAKATLARI SIYOSIY, IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHINING ASOSIY YO‘NALISHLARI

    Modernizatsiyalashning murakkab yo‘li XX asr oxiriga kelib Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida modernizatsiya muammolari chuqurlashib bordi. Bunda “sovuq urush” ning yakunlangani ham ma’lum rol o‘ynadi. SSSRdan yordam olib turgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi mamlakatlar u tarqalib ketgandan so‘ng og‘ir sharoitga tushib qoldi. Vyetnam, Laos, Angola, Mozambik, Kuba, Nikaragua kabi SSSR yordamiga tayangan davlatlarda…

  • 1991 – 2017-YILLARDA ITALIYA

    1990-yillarda Italiya Italiyada postindustrial jamiyatning asoslari o‘tgan asrning 80-yillarida shakllandi. Keng miqyosda sanoat ishlab chiqarishining texnik bazasi va texnologiyasini yangilash jarayoni — ishlab chiqarishga kompyuter boshqaruv tizimini joriy qilish, robotlardan keng foydalanish boshlandi. Eng asosiysi, bu jarayonning oldingi safida kichik korxonalar bordi. Jamiyatning ijtimoiy strukturasida ham jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Jadal rivojlanayotgan xizmat ko‘rsatish sohasida…

  • 1991 – 2017-YILLARDA FRANSIYA

    XX asr oxirlarida Fransiya 1980-yillar oxirida Fransiya hukumati korxona, bank va sug‘urta kompaniyalarini ommaviy xususiylashtirish siyosatini e’lon qilgan edi. Xususiylashtirish yo‘llaridan biri korxonaning oʻz ishchilari tomonidan sotib olinishi bo‘ldi. Ishchilar soni 500 dan 1 000 nafargacha bo‘lgan korxonalarning chorak qismi shu yo‘l bilan sotib olindi. Iqtisodiy taraqqiyotning 1989–1992-yillarga mo‘ljallangan rejasi pul aylanishi barqarorligini ta’minlash, inflyatsiyaning…

  • 1991 – 2017-YILLARDA BUYUK BRITANIYA

    Buyuk Britaniya XX asr oxirida 1990-yili Buyuk Britaniya bosh vaziri etib saylangan Jon Meyjor siyosati Margaret Tetcher davridagi neokonservatizm kursini davom ettirishga, ayni paytda “tetcherizm” ning avtoritar boshqaruvga og‘ishdan va boshqa qoldiqlaridan asta-sekin voz kechishga qaratilgandi. Ammo uning ko‘plab saylovoldi va’dalari amalga oshmasdan qolib ketdi. Shunga qaramasdan, 1992-yil bahor oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari J.…

  • 1991 – 2017-YILLARDA GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASI

    GFR 1990-yillarda 1980-yillar oxirida Germaniyaning ikki qismini birlashtirish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlandi. 1990-yil 3-oktabr kuni yagona Germaniya davlati tashkil topgani e’lon qilindi. 1990-yil dekabrda navbatdan tashqari parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. 1990-yil Germaniya uchun muhim yil bo‘ldi. Ikki Germaniyaning birlashuvi GDRdagi iqtisodiy qoloqlikni bartaraf qilish vazifasini keskin qo‘ydi. GDRda bozor mexanizmini joriy qilish asosan GFR tomonidan…

  • 1991 – 2017-YILLARDA AMERIKA QO‘SHMA SHTATLARI

    Iqtisodiy rivojlanish 1990-yillar boshida AQSH iqtisodiyotida qisqa muddatli retsessiya kuzatildi. O‘sish sur’atining pasayishi xo‘jalikning hamma jabhalarini qamrab oldi. Biroq 1992-yil bahoridan yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’ati yana jadallasha boshladi. Bill Klinton prezidentligining dastlabki uch yili AQSHning iqtisodiy rivojlanishi uchun muvaffaqiyatli kechdi. Bu davrda iqtisodiy konyunktura (iqtisodiyotning maʼlum davrdagi joriy holatini koʻrsatuvchi belgilar majmui) yaxshilanib, ishsizlik…