Qo‘qon xonligida madaniy hayot


Umarxon va madaniy muhit

Qo‘qon xonligining savdo va hunarmandchilik markazi bo‘lgan Qo‘qon, Marg‘ilon, Andijon, Namangan, Toshkent va boshqa shaharlari ayni paytda madaniyat markazlari ham bo‘lgan. Chunonchi, birgina Qo‘qon shahrida 120 ta maktab, 40 ta madrasa va masjid, Marg‘ilonda 80 ta maktab, 10 ta madrasa va masjid faoliyat ko‘rsatgan. Bu yerda XVIII–XIX asrning birinchi yarmida ilm-ma’rifat olamida mashhur ijodkorlar yetishib chiqqan. Qo‘qon xoni Umarxon esa ilm, madaniyat, adabiyot rivojiga, madrasalarda o‘qish-o‘qitish ishlarini yaxshilashga, turli kasb-hunar maktablarining ochilishiga e’tibor bergan. Umarxonning o‘zi Amiriy taxallusi bilan ko‘plab she’rlar yozgan. Uning atrofida 70 dan ortiq shoir yig‘ilgan. 1821-yilda Fazliy Namangoniy Umarxon amriga binoan, 63 shoirning she’rlarini o‘z ichiga olgan „Majmuayi shoiron“ to‘plamini tuzgan. 10 ming misradan ortiq o‘zbek, fors-tojik tilidagi g‘azal, muxammas, tuyuq janrlaridagi she’rlar to‘plangan devon yaratilgan. Arab va fors tillaridagi kitoblar o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Noyob kitoblar iste’dodli xattotlar tomonidan ko‘chirildi, nozik tasvirlar bilan bezatildi. Amiriy o‘zbek va fors tillarida she’rlar yozdi. Uning g‘azallar devoni 1882-yilda Istanbulda, 1905-yilda Toshkentda chop etildi.


Maxmur va Gulxaniy

Amir Umarxon davridagi yirik shoirlardan biri Maxmur (asl ismi Mahmud) XVIII asr oxirida tug‘ilib, 1844-yili vafot etgan. Qo‘qondagi Madrasayi Mirda o‘qigan, keyin qo‘shinda sipohlik qilgan. Maxmurning hajviy she’rlar devoni saqlangan bo‘lib, unda 69 asar (3717 misra) jamlangan. U milliy adabiyotda ijtimoiy hajviyani yuksak pog‘onaga ko‘taradi. Hajviy asarlarida xalqqa jabr yetkazgan amaldorlarni keskin tanqid ostiga oladi. Xususan, ʻʻHapalakʼʼ she’rida Hapalak qishlog‘idagi xalq hayotining ayanchli manzarasini aks ettirsa-da, aslida, bu she’r butun xonlik hududidagi xalq hayotining manzarasini ifodalar edi. Mazkur she’rda quyidagi satrlar bitilgandi:

«Xalqini ko‘rsang agar, o‘lasi-yu qoq-u xarob,
Ochligidan egilib, qomati misli kamalak.
Bori yo‘q uylarini banda bayon gar qilsam,
Bir katak, ikki kара, uch olachuq, to‘rt katalak.»

O‘zbek mumtoz adabiyotining tanqidiy yo‘nalishini rivojlantirgan Maxmur merosi keyingi davrdagi qalam ahlining hajviygo‘ylik ijodiga samarali ta’sir ko‘rsatdi. Bu davr adabiyotining yana bir yirik namoyandasi Gulxaniy (Muhammad Sharif) bo‘lgan. U 1770-yilda hozirgi Tojikistonning Tavildara tumanida tug‘ilgan. Boshlang‘ich ta’limni qishlog‘ida olgan. Muhtojlik oqibatida Namanganga kelib mardikorlik qilgan. Keyinchalik Qo‘qonda istiqomat qiladi. Bu yerda hammomda go‘lax (o‘t yoquvchi) bo‘lib ishlaydi. Shu boisdan ʻʻGulxaniyʼʼ taxallusi bilan ijod qilgan.


Uvaysiy

Gulxaniy o‘zbek adabiyotida poeziyaga masalni mustaqil janr sifatida birinchi bo‘lib kiritgan ijodkor edi. Gulxaniyning butun sharq adabiyotida mashhur hisoblangan asari ʻʻZarbulmasalʼʼdir. Asardagi ʻʻMaymun va Najjorʼʼ, ʻʻTuya bilan Bo‘taloqʼʼ , ʻʻToshbaqa bilan Chayonʼʼ kabi masallari chuqur axloqiy-ta’limiy ahamiyatga ega. Asardagi Yapaloqqush va Boyo‘g‘li, Ko‘rqush va Hudhud, Kulonkir sulton va Malik shohinlarning obrazlari orqali o‘sha davr jamiyatidagi illatlarni, hukmron tabaqalarning xalqqa o‘tkazgan jabr-zulmlarini, xalqning og‘ir turmush sharoitini haqqoniy tarzda katta badiiy mahorat bilan ochib bergan.

Gulxaniy


Uvaysiy

Qo‘qon adabiy muhitini Jahon otin taxallusi Uvaysiy (1779–1845) va Mohlaroyim — Nodiralar ijodisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Uvaysiy oilasi o‘z davrining ilg‘or va ma’rifatli oilalaridan edi. Otasi ham o‘zbek, ham tojik tilida qalam tebratgan. Oiladagi muhit Uvaysiyda ijod qobiliyatini yuzaga chiqardi. Uvaysiy Navoiy, Lutfiy, Bobur, Fuzuliy va Jomiy ijodlarini qunt bilan o‘rgandi.

Uvaysiy



Amir Umarxon Marg‘ilon hokimi bo‘lib turgan yillarda (1806–1807) Uvaysiy el orasida tanilgan shoira edi. Undagi iste’dod Umarxonning xotini Nodirani o‘ziga rom etgan. Umarxon Qo‘qon taxtiga o‘tirgach, Uvaysiy Qo‘qonga taklif etilgan. Bu yerda u juda ko‘p yoshlarga murabbiylik qilgan. Nodira bilan ijodiy hamkorligi qaror topgan. «Uning ijodi xalqparvarligi bilan ajralib turadi. Manbalarda ta’kidlanishicha, Uvaysiydan to‘rtta lirik devon va uchta doston meros bo‘lib qolgan. Uvaysiy asarlarida insonni e’zozlash, do‘stlik, vafo, sadoqat g‘oyalari, el-yurt dardi, xalq hasrati kuylanadi. Uvaysiy ijodining yuksak badiiyligini uning anor haqidagi quyidagi she’ri misolida yaqqol ko‘rish mumkin:


Вu nа gumbazdir, eshigi, tuynugidin yo‘q nishon,
Necha gulgunpoʻsh qizlar manzil aylabdur makon.
Sindurub gumbazni, qizlar holidin olsam xabar,
Yuzlarida parda tortug‘liq tururlar, bag‘ri qon.»


Mohlaroyim Nodira

O‘zbek shoirasi, ma’rifatparvar davlat arbobi Mohlaroyim Nodira (1792–1842) Andijonda tug‘ilgan. Otasi Rahmonqulibiy Andijon hokimi bo‘lib, Qo‘qon xoni Olimxonning tog‘asi edi. Umarxon Marg‘ilonga hokim etib tayinlanganidan keyin Nodiraga uylangan. Nodira Uvaysiy bilan tanishgach, uni yosh bolalar va kanizaklarni o‘qitish uchun muallimlikka taklif etadi. Nodira o‘g‘li Muhammad Alixon taxtga o‘tirgach, davlatni idora etishda faol ishtirok etadi, madrasalar qurdiradi.

Nodira (o‘z davrida ishlangan miniatura)


Nodira olimlar, xattot va naqqoshlarni Qo‘qonga to‘plagan, ko‘plab kitoblarni qayta ko‘chirtirgan. Kitob muqovasining did bilan ishlanishiga e’tibor beradi. Yaxshi xattotlarga, naqqoshlarga tilla qalam, kumush qalamdon sovg‘a qilgan. Nodiraning o‘zi ham o‘zbek, ham tojik tillarida ijod qilgan. Mohlaroyim Nodira taxallusida 180 she’r jamlangan devon, Komila taxallusida 19 g‘azal, Maknuna taxallusida 333 g‘azaldan iborat devon yozgan. Nodiradan 10 ming misraga yaqin lirik adabiy meros qolgan. Uning she’riyati asosini lirika tashkil etadi. She’rlarida muhabbat, sadoqat, mehr-vafo, ayni paytda, Sharq xotin-qizlarining dard-alamlari, oh-fig‘onlari kuylanadi. Bundan tashqari, Nodira Navoiy, Fuzuliy va Bedil g‘azallariga muxammaslar ham yozgan. Qo‘qon xonligida ijod qilgan ulug‘ insonlardan bin iste’dodli shoir Boborahim Maslirab edi (1640–1711).


Boborahim Mashrab

U Namanganda tugʻilgan. 7 yoshligida xat-savodi chiqqan. 15 yoshidan boshlab tasavvuf ilmini egallay boshlagan.18 yil davomida dunyoning juda ko‘p mamlakatlarini kezib chiqqan. Mashrab o‘z she’rlarida hukmron tabaqalarning mehnatkash xalqqa o‘tkazgan jabr-zulmlarini, ochko‘zligini, ba’zi ruhoniylarning, eshonlarning avom xalq ruhini do‘zax va oxirat azoblari bilan dahshatga solayotganini ayovsiz fosh etadi. «ʻʻXalqning og‘ir, ayanchli ahvoliga achinadi. Mashrab bitgan quyidagi satrlar buning dalilidir:


Dili tigʻ sitamdin рога bo‘lg‘on xalqni ko‘rdim,
Tani dard-u alamdan yora bo‘lg‘on xalqni ko‘rdimʼʼ.»


Mashrab asarlari to‘plangan devon haqida manba topilmagan. Uning ʻʻDevoni Mashrabʼʼ, ʻʻDevonayi Mashrabʼʼ, ʻʻEshoni Mashrabʼʼ nomlari ostida xalq orasida tarqalgan qo‘lyozma va toshbosma shaklidagi qissalari qolgan.

Mashrab (O‘zbekiston xalq rassomi D. Imomov asari)


Mashrab dinga shak keltirganlikda ayblanadi va 1711-yili g‘animlarning ig‘vosi bilan Balx hokimi Mahmudbiy Qatag‘on tomonidan o‘limga hukm etiladi.