-
O‘zbek xonliklarining taraqqiyotda orqada qolish sabablari va oqibatlari
Jahon taraqqiyotidagi o‘zgarishlar G‘arbiy Yevropaning ilg‘or mamlakatlarida sanoat ishlab chiqarishning yetakchi tarmog‘iga aylanib bordi. XVI asrning o‘rtalaridan boshlab to‘qimachilik, qog‘oz, shisha ishlab chiqarishda mehnat taqsimoti va qo‘l hunari texnikasiga asoslangan korxona—manufaktura (lotincha manus — qo‘l, faktura — tayyorlash)lar vujudga keldi. XVIII asrning ikkinchi yarmida asbob-uskunalarni harakatga keltiruvchi bug‘ mashinasi (motor) ixtiro qilindi. Natijada asosiy ishlarni…
-
XIX asr birinchi yarmida Markaziy Osiyo uchun Buyuk Britaniya —Rossiya raqobatchiligi
«Raqobat sabablari XIX asrning birinchi yarmida Buyuk Britaniya va Rossiya davlatlari оʻrtasida Buxoro, Xiva, Qo‘qon xonliklari hududlari uchun raqobatchilik kuchayib, keskinlashib ketdi. Raqobatchilikning kuchayishiga quyidagilar sabab bo‘ldi: a) Buyuk Britaniya va Rossiyaning Markaziy Osiyo hisobiga yangi mustamlakalarga ega bo‘lish yo‘lidagi urinishlari; b) o‘z mollarini sotish va undan mo‘may daromad olish uchun Markaziy Osiyo bozorlarini egallash…
-
O‘zbek xonliklari va Rossiya imperiyasi munosabatlari
Savdo aloqalari Markaziy Osiyo va Rossiya xalqlari o‘rtasidagi munosabatlar, savdo aloqalari tarixi uzoq zamonlarga borib taqaladi. Volgabo‘yi orqali rus savdogarlari ham, Markaziy Osiyo savdogariari ham ikki mintaqa o‘rtasida savdo aloqalarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynashgan. XVI asrda jahondagi yirik davlatlar tomonidan dunyoni bo‘lib olish boshlangan davrda Rossiya Qozon, Astraxan, Sibir xonliklarini zabt etdi. Natijada Rossiya va…
-
XVI—XVIII asrlarda xalqaro munosabatlar
Xuroson — raqobat maydoni XVI asrda Osiyoning bir-biriga tutash qismida uchta siyosiy kuch kurash maydoniga chiqqandi. Bular — Movarounnahrda shayboniylar, Eronda safaviylar va Hindistonda boburiylar edi. Xalqaro va o‘zaro munosabatlarda bu uch sulola manfaatlari toʻqnashib, raqobatchilik kuchayib bordi.Ularning manfaatlari to‘qnashgan nuqta Xuroson edi. Chunki Xuroson ham harbiy-siyosiy, ham savdo-iqtisodiy jihatdan muhim o‘rin tutar edi. Bundan…
-
Tarixnavislik, san’at va me’morchilik
Tarixnavislik XVIII–XIX asrlarda Qo‘qon xonligida ko‘plab tarixiy asarlar yaratilgan. Mazkur davr tarixchilaridan Abdulkarim Fazliy Namangoniy Amir Umarxonning topshirig‘iga binoan ʻʻUmarnomaʼʼ dostonini yozib tugatgan (1822). U 5000 baytdan iborat tarixiy asardir. Yana ʻʻMajmuayi shoironʼʼ tazkirasida ham uning ijtimoiy qarashlari o‘z ifodasini topgan. Xon saroyida qoziaskar lavozimida ishlagan Mirzo Qalandar Mushrif Isfarangiy Amir Umarxonning maslahati bilan ʻʻShohnomayi…
-
Qo‘qon xonligida madaniy hayot
Umarxon va madaniy muhit Qo‘qon xonligining savdo va hunarmandchilik markazi bo‘lgan Qo‘qon, Marg‘ilon, Andijon, Namangan, Toshkent va boshqa shaharlari ayni paytda madaniyat markazlari ham bo‘lgan. Chunonchi, birgina Qo‘qon shahrida 120 ta maktab, 40 ta madrasa va masjid, Marg‘ilonda 80 ta maktab, 10 ta madrasa va masjid faoliyat ko‘rsatgan. Bu yerda XVIII–XIX asrning birinchi yarmida ilm-ma’rifat…
-
Qo‘qon xonligi shaharlari
Qo‘qon Qo‘qon xonligidagi shaharlar bir-biridan aholisi, madrasa va masjidlarining soni, mahsulotining sifati bilan farq qilardi. U yoki bu shaharning ahamiyati uning strategik mavqeyi bilan belgilanardi. Katta shaharlarga xonning o‘g‘illari yoki yaqin qarindoshlari hokim etib tayinlanardi. Xonlikning bosh shahri Qo‘qon edi. Tarixiy manbalarda Qo‘qonga oid ma’lumotlar X asrdan boshlab uchraydi. Qo‘qonning yoshi 2000 yildan ortiqdir. Ma’lumotlarda…
-
Qo‘qon xonligida iqtisodiy hayot
Qishloq xo‘jaligi Qo‘qon xonligida aholi sun’iy sug‘orish mahoratini mukammal egallagandi. Suvdan oqilona foydalanilardi. Xonlikda asosiy qishloq xo‘jaligi ekini bug‘doy bo‘lgan. Shuningdek, meva, sabzavot va poliz ekinlarining deyarli barcha turlari yetishtirilgan. Chorvachilikda makkajo‘xori va beda yetakchi o‘rinda turgan. Xonlikda paxtachilik ham alohida o‘rin egallagan. Farg‘ona vodiysining ko‘pgina dehqonlari paxtakor bo‘lib, paxtachilik yildan yilga rivojlana bordi. Rossiyaning…
-
XIX asrning birinchi yarmida Qo‘qon xonligining ijtimoiy-siyosiy ahvoli
Ichki vaziyatning keskinlashuvi Olimxon hokimiyatni markazlashtirish maqsadida ichki islohotlar ham o‘tkazdi. Diniy rahnamo unvoni hisoblangan ʻʻeshonʼʼni bekor qiladi. Kambag‘al va qalandarlarga yer maydonlari hamda chorva mollari berib, ularni mehnatga jalb qiladi. Ayrim diniy arboblarni imtihon qiladi va yolg‘onchiligi fosh qilinganlarni jazolaydi. Ayni paytda Olimxonning markazlashgan kuchli hokimiyat tuzish yo‘lidagi harakatlari ayrim qabila boshliqlarining undan noroziligini…
-
XVIII asming ikkinchi yarmi — XIX asr boshlarida Toshkent
Toshkent hokimligining tashkil topishi XVIII asrning ikkinchi yarmida Toshkent–Shayxontohur, Beshyog‘och, Ko‘kcha va Sebzor dahalariga bo‘lingan. Ularning har birini mustaqil hokim boshqargan. Bu davr Toshkent tarixida to‘rt hokimlik deb nom olgan. Shahar hokimlarining o‘zaro urushlaridan tinkasi qurigan va bu kurashda Yunusxo‘janing qo‘li baland kelayotganini ko‘rgan xalq boshqa hokimlarni mansabidan chetlatib, butun shaharga Yunusxo‘jani hokim qilib ko‘tardi.…