-
Tarixnavislik, san’at va me’morchilik
Tarixnavislik XVIII–XIX asrlarda Qo‘qon xonligida ko‘plab tarixiy asarlar yaratilgan. Mazkur davr tarixchilaridan Abdulkarim Fazliy Namangoniy Amir Umarxonning topshirig‘iga binoan ʻʻUmarnomaʼʼ dostonini yozib tugatgan (1822). U 5000 baytdan iborat tarixiy asardir. Yana ʻʻMajmuayi shoironʼʼ tazkirasida ham uning ijtimoiy qarashlari o‘z ifodasini topgan. Xon saroyida qoziaskar lavozimida ishlagan Mirzo Qalandar Mushrif Isfarangiy Amir Umarxonning maslahati bilan ʻʻShohnomayi…
-
Qo‘qon xonligida madaniy hayot
Umarxon va madaniy muhit Qo‘qon xonligining savdo va hunarmandchilik markazi bo‘lgan Qo‘qon, Marg‘ilon, Andijon, Namangan, Toshkent va boshqa shaharlari ayni paytda madaniyat markazlari ham bo‘lgan. Chunonchi, birgina Qo‘qon shahrida 120 ta maktab, 40 ta madrasa va masjid, Marg‘ilonda 80 ta maktab, 10 ta madrasa va masjid faoliyat ko‘rsatgan. Bu yerda XVIII–XIX asrning birinchi yarmida ilm-ma’rifat…
-
Qo‘qon xonligi shaharlari
Qo‘qon Qo‘qon xonligidagi shaharlar bir-biridan aholisi, madrasa va masjidlarining soni, mahsulotining sifati bilan farq qilardi. U yoki bu shaharning ahamiyati uning strategik mavqeyi bilan belgilanardi. Katta shaharlarga xonning o‘g‘illari yoki yaqin qarindoshlari hokim etib tayinlanardi. Xonlikning bosh shahri Qo‘qon edi. Tarixiy manbalarda Qo‘qonga oid ma’lumotlar X asrdan boshlab uchraydi. Qo‘qonning yoshi 2000 yildan ortiqdir. Ma’lumotlarda…
-
Qo‘qon xonligida iqtisodiy hayot
Qishloq xo‘jaligi Qo‘qon xonligida aholi sun’iy sug‘orish mahoratini mukammal egallagandi. Suvdan oqilona foydalanilardi. Xonlikda asosiy qishloq xo‘jaligi ekini bug‘doy bo‘lgan. Shuningdek, meva, sabzavot va poliz ekinlarining deyarli barcha turlari yetishtirilgan. Chorvachilikda makkajo‘xori va beda yetakchi o‘rinda turgan. Xonlikda paxtachilik ham alohida o‘rin egallagan. Farg‘ona vodiysining ko‘pgina dehqonlari paxtakor bo‘lib, paxtachilik yildan yilga rivojlana bordi. Rossiyaning…
-
XIX asrning birinchi yarmida Qo‘qon xonligining ijtimoiy-siyosiy ahvoli
Ichki vaziyatning keskinlashuvi Olimxon hokimiyatni markazlashtirish maqsadida ichki islohotlar ham o‘tkazdi. Diniy rahnamo unvoni hisoblangan ʻʻeshonʼʼni bekor qiladi. Kambag‘al va qalandarlarga yer maydonlari hamda chorva mollari berib, ularni mehnatga jalb qiladi. Ayrim diniy arboblarni imtihon qiladi va yolg‘onchiligi fosh qilinganlarni jazolaydi. Ayni paytda Olimxonning markazlashgan kuchli hokimiyat tuzish yo‘lidagi harakatlari ayrim qabila boshliqlarining undan noroziligini…
-
XVIII asming ikkinchi yarmi — XIX asr boshlarida Toshkent
Toshkent hokimligining tashkil topishi XVIII asrning ikkinchi yarmida Toshkent–Shayxontohur, Beshyog‘och, Ko‘kcha va Sebzor dahalariga bo‘lingan. Ularning har birini mustaqil hokim boshqargan. Bu davr Toshkent tarixida to‘rt hokimlik deb nom olgan. Shahar hokimlarining o‘zaro urushlaridan tinkasi qurigan va bu kurashda Yunusxo‘janing qo‘li baland kelayotganini ko‘rgan xalq boshqa hokimlarni mansabidan chetlatib, butun shaharga Yunusxo‘jani hokim qilib ko‘tardi.…
-
Qo‘qon xonligining tashkil topishi
Shohruhbiy — xonlik asoschisi Farg‘ona vodiysi Buxoro xonligi tasarrufida edi. XVIII asr boshlarida Buxoro asoschisi xonligi ichki kurashlar oqibatida zaiflashadi. Bunday vaziyatdan foydalangan jung‘orlar Farg‘ona vodiysiga tez-tez bostirib kirib, talon-toroj qila boshladi. Vaziyat ichki kuchlarni birlashishga, mustaqil davlat tuzishga undamoqda edi. Dastlab Chust yaqinidagi Chodak qishlog‘i xo‘jalar jamoasi o‘z mulklarini mustaqil deb e’lon qilishdi. Vodiydagi…