-
Qo‘qon xonligining tashkil topishi
Shohruhbiy — xonlik asoschisi Farg‘ona vodiysi Buxoro xonligi tasarrufida edi. XVIII asr boshlarida Buxoro asoschisi xonligi ichki kurashlar oqibatida zaiflashadi. Bunday vaziyatdan foydalangan jung‘orlar Farg‘ona vodiysiga tez-tez bostirib kirib, talon-toroj qila boshladi. Vaziyat ichki kuchlarni birlashishga, mustaqil davlat tuzishga undamoqda edi. Dastlab Chust yaqinidagi Chodak qishlog‘i xo‘jalar jamoasi o‘z mulklarini mustaqil deb e’lon qilishdi. Vodiydagi…
-
Xiva xonligida shaharlar hayoti
Shaharlar hayotining umumiy manzarasi XVIII asr oxiriga kelib shaharlar hayotida uzoq davom etgan tushkunlik holati barham topdi. XVIII asrning ikkinchi yarmi–XIX asr boshlarida katta koʻlamdagi sug‘orish inshootlarining tiklanishi hamda yangilarining bunyod etilishi ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘sishiga asos bo‘ldi. Bu hodisa, o‘z navbatida, shaharlarda hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning o‘sishiga sabab bo‘ldi. Biroq bu o‘sishni Yevropa…
-
XVIII—XIX asrlarda qoraqalpoq adabiyoti ravnaqi
Qoraqalpoq yozma adabiyoti XVIII asrdan boshlab qoraqalpoq yozma adabiyoti shakllandi va rivojlana bordi. XVIII–XIX asrning birinchi yarmida qoraqalpoq adabiyotining ko‘zga ko‘ringan qator namoyandalari qalam tebratganlarkim, ularning nomlari bugungi kunda ham ardoqlanadi. Ulardan biri Jiyen Jirov (1730–1784) edi. U mashhur baxshi, hajvchi shoir sifatida kamol topdi. ʻʻHoy yigitlar, yigitlarʼʼ va ʻʻYuragimda ko‘p dog‘imʼʼ kabi qator she’rlarida…
-
Qoraqalpoq xalqi madaniyati
Turmush tarzi Qoraqalpoqlar uzoq yillar davomida ko‘chmanchilik turmush tarzidan o‘troqlikka o‘tish jarayonini boshidan kechirishdi. Aholining asosiy qismi o‘tov va paxsa uylardan iborat ovullarda yashardi. Keyinchalik qo‘rg‘on (qal’a) va shaharlar vujudga keladi. Qo‘rg‘onlarning to‘rt tomoni devor yoki baland tepalar bilan o‘rab olinardi. Qoraqalpoqlar bir necha urug‘lardan shakllangan bo‘lib, har urug‘ a’zosi o‘z urug‘ining mustahkamligini ta’minlashga intilardi.…
-
Qoraqalpoqlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti
Ijtimoiy ahvol Qoraqalpoqlar ijtimoiy hayotida urug‘chilik, qabilachilik munosabatlari, aholining tabaqalarga bo‘linishi ancha kuchli edi. Har bir urug‘ yoki qabilaga biylar boshchilik qilardi. Harbiy qismlarni botirlar boshqarardi. Aholi orasida ruhoniylar, shayxlar, xo‘jalarning o‘rni ham katta edi. Ovul boshlang‘ich ma’muriy bo‘g‘in bo‘lib, ularning butun hayotiga Oqsoqollar kengashi rahbarlik qilardi. Shuningdek, qoraqalpoqlarda yuzboshi, mirobboshi, qozi, rais kabi ma’muriy…
-
Qoraqalpoq xalqining shakllanishi va siyosiy hayoti
Qoraqalpoqlarning xalq sifatida shakllanishi tarixidan Tarixiy manbalarda hozirgi Qoraqalpog‘iston hududida odamlar neolit davridayoq yashaganligi qayd etiladi. Milodiy II–VIII asrlarda Orolbo‘yi dashtlariga bir qator turkiy qabilalar kirib kelib joylashgan. Mahalliy aholining kirib kelgan qabilalar bilan qo‘shilishi natijasida Orolbo‘yida bijanaklar va o‘g‘uzlar shakllangan. Bijanaklar negizida VIII–X asrlarda qoraqalpoqlarning xalq sifatida shakllanish jarayoni boshlangan. X asr boshlarida bijanaklarning…
-
Xiva xonligi tarixi bo‘yicha manbalar
Arxiv hujjatlari Mana, Siz Xiva xonligining XVI–XIX asr birinchi yarmi tarixi bilan tanishib bo‘ldingiz. Xo‘sh, Siz bilib olgan tarixiy ma’lumotlar qayerlardan olingan?Ular, birinchi navbatda, tarixiy hujjatlarni o‘rganish natijasida to‘plangan. Arxiv hujjatlari bugungi avlodni o‘tmish tarixi bilan tanishtirishda beqiyos ahamiyatga ega. Olimlar u manbalarni o‘rgangan, sharhlagan va shu orqali o‘tmish tarixni tiklagan. Xiva xonlari arxivi hujjatlari…
-
Xiva xonligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti
Xonlik aholisi XIX asrning 20-yillari boshlaridagi ma’lumotlarga ko‘ra, Xiva aholisining soni 800 ming kishini tashkil etgan. Bu raqam qat’iy bo‘lmasdan, xonlik hududining kengaya borishi bilan xonlik fuqaroligini qabul qilganlarning soni ko‘payib borgan. XIX asr o‘rtalarida xonlik poytaxti Xiva shahrida 20 mingdan ortiq aholi yashagan. 700 dan ortiq hunarmandchilik ustaxonasi, 200 dan ortiq savdo do‘koni, 3…
-
XIX asrning birinchi yarmida Xiva xonligining tashqi siyosati
Xonlikning Osiyo davlatlari bilan aloqalari XIX asr birinchi yarmida Xiva xonligining Buxoro, Qo‘qon, Afg‘oniston, Eron, Hindiston va Turkiya kabi davlatlar bilan savdo-iqtisodiy va elchilik aloqalari rivojlandi. Bunga, bir tomondan, Xiva xonligi hududining o‘rta osiyolik savdogarlar va Haj safariga boruvchilarning Kaspiy dengizi orqali muqaddas Маkkа va boshqa shaharlarga o‘tish manzilgohiga aylanganligi, ikkinchidan esa chet davlatlar bilan…
-
Xiva xonligida qo‘ng‘irotlar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi
Qo‘ng‘irotlar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi Xiva xonligidagi siyosiy vaziyat hukmron tabaqalarning urushlari va qabilalar o‘rtasidagi mojarolarni to‘xtatishga qodir bo‘lgan kuchli markaziy hokimiyatning barpo etilishini taqozo etardi. Bunday hokimiyatni barpo etishga qodir kuch sifatida maydonga o‘zbeklarning qo‘ng‘irot qabilasi chiqdi. Bu zaruriyatning natijasi o‘laroq, XVIII asrning 60-yillaridan boshlab, Xiva xonligida hokimiyatni qo‘ng‘irot qabilasi boshliqlari asta-sekin o‘z qo‘llariga…