Qadimgi tarix – taraqqiyotning boshlanishi


Qadimgi tarixni o‘rganish

Insoniyatning qadimgi tarixini turli ixtisosdagi olimlar o‘rganadi. Arxeologlar qadim zamonlarda odamlar yashagan manzilgohlarda qazishma ishlarini amalga oshiradi.
Antropologlar qadimgi odamlarning suyak qoldiqlarini tekshirish yordamida ularning tashqi qiyofasini tiklaydi va rivojlanishini o‘rganadi.
Etnograflar qadimgi odamlarning ko‘pgina udumlari, hozirda mavjud qabilalar va elatlarning qadimdan saqlanib qolgan xo‘jalik va madaniy an’analarini o‘rganadi.

Qadimgi shahar xarobalari

Qadimgi tarix bo‘yicha manbalar


Biz o‘lkamizning qadimgi tarixini qanday o‘rganamiz? O‘lkamiz qadimgi tarixining keng o‘rganilgan manbalari arxeologlar tomonidan topilgan moddiy manbalar hisoblanadi. Mehnat qurollari, sopol idishlar, qurol-aslahalar, zeb-ziynat buyumlari, xullas, qadimda inson qo‘li bilan yaratilgan hamma narsalar shular jumlasiga kiradi.

Sopol lavhadagi yozuv. Mixxat


Yozma manbalar topilishi bilan olimlarga qadimgi ming yilliklar tarixini tiklash osonlashdi. O‘rta Osiyo tarixi bo‘yicha eng qadimgi yozma manba zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto»dir. Unda yurtimizning qadimgi tarixiy viloyatlari – Baqtriya, So‘g‘d, Xorazm aholisi madaniyati to‘g‘risida hikoya qilinadi.

«Avesto» qoʻlyozmasining sahifasi
Qadimiy qoʻlyozmalar qoldiqlari


Qadimgi davr tarixiga doir yana bir yozma manba Behistun qoyasidagi yozuvlardir. Behistun qoyalari Erondagi Kirmonshoh shahri yaqinida joylashgan. Fors shohi Doro I buyrug‘i bilan qoyaga o‘yib yozilgan yozuvlarda Xorazm, So‘g‘d, Baqtriya sanab o‘tiladi.


Miloddan avvalgi V asrda qadimgi yunon tarixchisi Gerodot turli mamlakatlarga sayohat qilib, to‘qqiz kitobdan iborat «Tarix» asarini yozdi. Unda o‘lkamizning qadimgi aholisi to‘g‘risida ham ma’lumotlar beriladi.

Gerodot – qadimgi yunon tarixchisi

Miloddan avvalgi I asr oxirlarida qadimgi yunon tarixchisi va geografi Strabon «Geografiya» nomli asarida O‘rta Osiyo xalqlari madaniyati haqida ma’lumotlar keltiradi.


Milodiy I asrda qadimgi Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf «Makedoniyalik Aleksandr tarixi» nomli asarni yozib, makedoniyalik Aleksandrning O‘rta Osiyoga harbiy yurishlari haqidagi ma’lumotlarni keltirgan.

Milodiy II asrda yunon tarixchisi Arrian ham «Aleksandrning harbiy yurishlari» («Aleksandr anabasisi») deb nomlangan asar yozgan. Ushbu manbalar, shuningdek, keyinchalik yaratilgan ilmiy ishlar tufayli olimlar yurtimizning qadimiy tarixini o‘rganishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘zbekiston va jahon sivilizatsiyasi

Geografik jihatdan O‘zbekiston ancha katta hududni egallaydi. Amudaryo va Sirdaryo oralig‘i, Farg‘ona, Zarafshon vodiylari va Surxondaryo vohasi o‘zining serhosilligi va iliq iqlimi tufayli uzoq qadimdayoq obod bo‘lgan.

To‘lib oqayotgan Amudaryo

Qulay geografik joylashuvga ega bu zamin Sharq va G‘arb mamlakatlarini bog‘lab turgan. Bunda O‘zbekistonning qadimgi shaharlari orqali o‘tgan Buyuk Ipak yo‘li nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. O‘zbekiston kishilik madaniyati tarixining eng qadimgi maskanlaridan biridir. Bu yerda mahalliy aholi qadim zamonlardan boshlab yashagan. Daryolar vohalari bo‘ylab muhim savdo yo‘llari o‘tgan. Olis o‘tmishda O‘rta Osiyoning qadimgi aholisi bilan Qadimgi Sharq elatlari o‘rtasida keng madaniy aloqalar boshlangan. Ko‘hna qadamjolarni qazish chog‘ida arxeologlar Hindiston, Eron va Mesopotamiya hunarmandlari tomonidan tayyorlangan sopol va metall idishlar, zargarlik buyumlarini topishgan.

O‘rta Osiyo tog‘lari

Eng qadimgi tuzumni davrlashtirish


Jahondagi barcha xalqlarning tarixi ibtidoiy jamoa tuzumidan boshlangan. Insoniyat rivojidagi birinchi bosqich kishilarning ibtidoiy to‘daga birlashuvi bo‘lib, bu to‘da o‘zida eng qadimgi odamlarning katta jamoasini mujassam etgan.

Omadli ovdan so‘ng

Insoniyat rivojidagi birinchi bosqich kishilarning ibtidoiy to‘ daga birlashuvi bo‘ lib, bu to‘ da o‘ zining eng qadimgi odamlarning eng katta jamoasini mujassam etgan.


Ibtidoiy jamoa tuzumi – insoniyat tarixining boshlang‘ich davri bo‘lib, bu paytda barcha mehnat qurollari umumiy bo‘lgan va hamma birgalikda mehnat qilgan.

Ibtidoiy to‘da bu – turmush va mehnat umumiyligi negizida birlashgan eng qadimgi odamlar jamoasi. Ibtidoiy to‘da asta-sekinlik bilan qarindoshlarning alohida uyushmasiga – urug‘ jamoasiga aylana borgan.


Urug‘ bu – birgalikda yashagan va mehnat qilgan, umumiy mehnat qurollari va qurol-yarog‘larga ega bo‘lgan qarindoshlar jamoasi.

Odamlar birgalikda mehnat qilgan

Yovvoyi otlarni ovlash manzarasi

Dastlabki urug‘ jamoalari ayol kishi, ya’ni ona atrofida jipslasha boshlagan. Insoniyat tarixidagi bu bosqich ona urug‘i davri – matriarxat deb ataladi. Ancha keyinroq, mehnat qurollari va xo‘jalik yuritish shakllari takomillashgani sayin jamoadagi yetakchilik mavqeyi asta-sekin erkak kishiga o‘ta boshladi, endi u urug‘ga sardor bo‘lib qoldi. Olimlar insoniyat tarixidagi bu davrni patriarxat – ota urug‘i davri deb atashadi.


Patriarxat bilan eng qadimgi urug‘chilik tuzumi ham yakunlanadi. «Eng qadimgi odamlar dastlabki mehnat qurollarini toshdan yasagani tufayli arxeologlar insoniyat tarixining boshlanishini «»tosh davri»» deb atashadi. Tosh davri ancha uzoq davom etgan, shuning uchun ham uni quyidagi bosqichlarga ajratishadi, jumladan:
– qadimgi tosh davri – paleolit (yunoncha «»paleos»» – «»qadimgi»» va «»litos»» – «»tosh»» so‘zlaridan);
– o‘rta tosh davri – mezolit («»mezos»» – «»o‘rta»»);
– yangi tosh davri – neolit («»neos»» – «»yangi»»);
– mistosh davri – eneolit (lotincha «»eneus»» – «»mis»» va yunoncha «»litos»» – «»tosh»»).»

So’nggi paleolit davri manzilgohlari


Toshdan yasalgan mehnat qurollari