Muhim tarixiy sanalar


1492-yil 12-oktabr — Amerika qit’asi kashf etildi.
1498-yil — Hind okeaniga boradigan dengiz yo‘li ochildi.
XIV–XVII asrlar — Yevropada Uyg‘onish davri.
1502-yil — Eronda Safaviylar sulolasi hukmronligi o‘rnatildi.
1517-yil — Germaniyda reformatsiya boshlandi.
1521-yil — Rusni yagona davlatga birlashtirish nihoyasiga yetkazildi.
1626-yil —Hindistonda Boburiylar imperiyasiga asos solindi.
1565-yil — Oprichnina joriy etildi.
1588-yil — “Yengilmas armada”ning halokati.
1600-yil — “Ost-Indiya” kompaniyasi tashkil etildi.
1605-yil — Avstraliya kashf etildi.
1609-yil — Niderlandiya mustaqillikka erishdi.
1613-yil — Rossiyada Romanovlar sulolasi hukmronligi o‘rnatildi.
1636-yil — Xitoyda manchjurlar hukmronligi o‘rnatildi.
1642-yil — Angliyada burjuaziya inqilobi boshlandi.
1653-yil — O.Kromvel protektorati o‘rnatildi.
1688-yil — Angliyada monarxiya qayta tiklandi.
1716-yil — Angliyada professional parlament tuzildi.
1721-yil — Rossiya imperiyasi tashkil topdi.
1733-yil — Dunyoda birinchi to‘quv mashinasi yaratildi.
1736-yil — Eronda Nodirshoh hokimiyati o‘rnatildi.
1747-yil — Afg‘oniston davlati tashkil topdi.
1776-yil — AQSH tashkil topdi.
1789-yil — Buyuk fransuz inqilobi boshlandi.
1796-yil — Eronda Qojarlar sulolasi hukmronligi o‘rnatildi.
1799-yil — Napoleon Bonapart konsul etib tayinlandi.
1804-yil — Fransiya imperiyasi tashkil topdi.
1811-yil — Venesuela mustaqilligi e’lon qilindi.
1812-yil — Fransiya va Rossiya o‘rtasida urush boshlandi.
1813-yil — Paragvay mustaqilligi e’lon qilindi.
1814–1815-yilda — Vena Kongressi.
“Muqaddas Ittifoq”ning tuzilishi.
1816-yil — Argentina mustaqilligi e’lon qilindi.
1818-yil — Chili mustaqilligi e’lon qilindi.
1821-yil — Meksika mustaqilligi e’lon qilindi.
1822-yil — Braziliya mustaqilligi e’lon qilindi.
1825-yil — Rossiyada dekabristlar qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tdi.
1828-yil — Urugvayning to‘la mustaqilligi e’lon qilindi.
1830-yil — Fransiya Jazoirni bosib oldi.
1838-yil — Angliya Afg‘oniston urushi boshlandi.
1847-yil — Liberiya Respublikasi tashkil topdi.
1848-yil — Eronda bobiylar qo‘zg‘oloni ro‘y berdi.
1850-yil — Xitoyda taypinlar qo‘zg‘oloni boshlandi.
1852-yil — Fransiya ikkinchi marta imperiya deb e’lon qilindi.
1854-yil — AQSH Yaponiyani chet elliklar uchun ochilishga majbur etdi.
1861-yil — Rossiyada krepostnoylik huquqi bekor qilindi.
1861-yil — Italiya qirolligi tashkil topdi.
1864-yil — Taypinlar davlati qulatildi.
1867-yil — Yaponiyada Meydzi inqilobi yuz berdi.