Muhim tarixiy sanalar


III asr – Xitoyning Xan imperiyasi o‘rnida Vey, Shu va U davlatlarining tashkil topishi
320-340-yillar – Hindistonda Chandragupta I hukmronlik qilgan yillar.
395-yil – Rim imperiyasining G‘arbiy va Sharqiy Rim imperiyalariga bo‘linishi.
IV–VI asrlar – xalqlarning Buyuk ko‘chishlari davri.
VI asrning boshi – Amvrosiy Avrelian brittlarni birlashtirib, anglsakslarga qarshilik ko‘rsata boshlaydi.
407-yil – Rim legionlari Britaniyani tashlab, Italiyaga qaytadi.
476-yil – germanlar istilosi G‘arbiy Rim imperiyasining qulashiga sabab bo‘ladi.
486-yil – Xlodvig franklar davlatiga asos soladi.
527-565-yillar – Yustinian I hukmdorlik qilgan yillar.
570-yil – Muhammad (s.a.v.) Makkada tavallud topgan yil.
589-618-yillar – Xitoyda Suy sulolasi hukm surgan davr.
610-yil – Muhammad (s.a.v.)ga Alloh taolodan ilohiy oyatlar ayon bo‘la boshlaydi.
618-907-yillar – Xitoyda Tan sulolasi hukm surgan davr.
630-1258-yillar – Arab xalifaligi faoliyatda bo‘lgan davr.
681-701-yillar – Bolgariyada Asparux hukmronlik qilgan davr.
661-750-yillar – Arab xalifaligida Umaviylar sulolasi hukmronligi davri.
711-yil – Toriq ibn Said boshchiligidagi arablar qo‘shini Ispaniyani bosib oladi.
732-yil – Puate jangida franklar hukmdori Karl Martell arablarni yengib, ularning Yevropaga yurishlariga chek qo‘yadi.
750-1258-yillar – Arab xalifaligida Abbosiylar hukmronligi davri.
768-814-yillar – Buyuk Karl hukmronlik qilgan davr.
IX asr boshlari – xalifa Ma’mun saroyida «Bayt ul-hikma» (dohishmandlik uyi) tashkil qilinadi.
843-yil – Verden shahridagi shartnoma bo‘yicha vujudga kelgan qirolliklar o‘rnida keyinchalik Fransiya, Germaniya va Italiya davlatlari vujudga keladi.
871–900-yillar – qirol Alfred hukmronlik qilgan davr.
893-927-yillar – Bolgariyada Simeon hukmdorlik qilgan davr.
919-yil – Saksoniya gersogi Genrix qirol deb e’lon qilingan.
936-973-yillar – Otton I ning hukmronlik davri.
962-yil – Rim papasi Ioann XII Otton I ga imperatorlik tojini kiydiradi.
962-1806-yillar – Muqaddas Rim imperiyasi (Germaniya) hukm surgan davr.
988-yil – Kiyev Rusida xristian dini joriy qilinadi.
1066-yil – Angliya Normandiya gersogi Vilgelm tomonidan bosib olinadi.
1096-1270-yillar – salib yurishlari bo‘lib o‘tgan davr.
XII asr – G‘arbiy Yevropaning yirik shaharlarida dastlabki oliygohlar – universitetlar ochila boshlagan.
XII asr – asteklar Tenochtitlan shahriga asos soladi.
1152-1190-yillar – Fridrix I Barbarossa hukmronlik qilgan davr.
1187-yil – Salohiddin Ayubiy salibchilardan Quddus shahrini tortib oladi.
1204-1261-yillar – salibchilar tomonidan asos solingan Lotin imperiyasi faoliyati davri.
1206-yil – Onon daryosi bo‘yidagi qurultoyda Temuchin ulug‘ xon deb e’lon qilinadi.
1206-yil – Dehli sultonligi tashkil etiladi.
1265-yil – Angliyada ilk parlament chaqiriladi.
1279-yil – mo‘g‘ullar Xitoyni to‘liq bo‘ysundirib, Yuan sulolasiga asos soladi.
1302-yil – Fransiyada General shtatlar chaqiriladi.
1337-1453-yillar – Angliya bilan Fransiya o‘rtasidagi «Yuz yillik urush».
1368-yil – Xitoyda Yuan Chjan asos solgan Min imperiyasi tashkil topdi.
1395-yil – Sohibqiron Amir Temurning Oltin O‘rda ustidan Tarak daryosi bo‘yidagi g‘alabasi Rus yerlari va Sharqiy Yevropa xalqlarining mo‘g‘ullar zulmidan ozod etilishida hal qiluvchi omillardan bo‘ldi.
1402-yil yozi – Amir Temur bilan Boyazid o‘rtasidagi Anqara jangi.
1415-1420-yillar – Xitoy imperatorlari Samarqanddagi Ulug‘bek saroyiga elchi yuboradi.
1445-yil – Iogann Gutenberg kitob bosish dastgohini ixtiro qildi.
1453-yil, may – Konstantinopol usmoniy turklar tomonidan egallandi va shahar Istanbul deb nomlandi.