Birinchi jahon urushining yakunlovchi bosqich


1918-yilda frontlardagi harbiy harakatlar

Brest Litovskdagi shartnoma Antanta mavqeyini anchagina kuchsizlantirdi. Germaniya bundan foydalanib hal qiluvchi zarba berishga ahd qildi. 1916-yilda Germaniya Sharqiy Yevropani o‘z nazorati ostiga olgan, uning barcha boyliklari, ayniqsa, oziq-ovqatidan foydalanish, oʻzining barcha qurolli kuchlarini Gʻarbiy frontda to‘plash imkoniyatini qo‘lga kiritgan edi. Jang deyarli 4 yildan buyon davom etar, tomonlardan hech qaysisi hal qiluvchi muvaffaqiyatga erisha olmagan edi. Front chizig‘ining har ikki tomonida qazilgan handaqlar Belgiya sohillaridagi Nyu Port shahridan Ipr, Arras, Albert, Suasson, Reyms va Verdengacha cho‘zilgandi. Ko‘plab qurbonlar berilishi va zaharlovchi moddalar (nemislar tomonidan birinchi marta 1916-yil aprelida Iprda qo‘llanilgan) hamda tanklar (inglizlar tomonidan 1916-yil sentyabrida Somma daryosi bo‘yida qo‘llanilgan) singari yangi qurol turlaridan foydalanilishiga qaramay, urushayotgan tomonlarning muvaffaqiyat qozonish uchun jon-jahdlari bilan qilgan harakatlari hech bir natija bermadi.

Germaniya qo‘mondonligi jangni g‘olibona ta’sirchan zarba bilan yakunlashga qaror qiladi. 1918-yil aprel oyida nemis qoʻshinlari Antanta mavqelariga kuchli hujum boshladi. Dastlab ular muvaffaqiyatli hamla qilib, Antanta qoʻshinlari mudofaasini yorib o‘tdilar va Mama daryosi sohillariga chiqdilar. Uzoqqa otadigan toʻplar bilan Parijni o‘qqa tutdilar. Ammo muvaffaqiyatini mustahkamlash uchun Germaniya yetarli zaxira topa olmadi. Mamlakat holdan toygan, armiyaning harbiy ruhi cho‘kkan, xalq urushdan charchagan edi. Ayni paytda Antanta AQShdan toʻxtovsiz yordam olib turardi. AQSh ʻʻshartnomaga qo‘shilgan mamlakatʼʼ sifatida 1917-yil aprelda urushga kirgan edi. Germaniya endi hujum qilishdan ojiz ekanligi ma’lum bo‘lib qolgach, Antanta mamlakatidan barcha frontlarda qarshi hujumga o‘tdilar va nemis qoʻshinlarini bosib olingan Fransiya va Belgiya hududlaridan siqib chiqara boshladilar.

1918-yilda frontlardagi harbiy harakatlar

Brest Litovskdagi shartnoma Antanta mavqeyini anchagina kuchsizlantirdi.
Germaniya bundan foydalanib hal qiluvchi zarba berishga ahd qildi.
1916-yilda Germaniya Sharqiy Yevropani o‘z nazorati ostiga olgan, uning barcha boyliklari, ayniqsa, oziq-ovqatidan foydalanish, oʻzining barcha qurolli kuchlarini Gʻarbiy frontda to‘plash imkoniyatini qo‘lga kiritgan edi. Jang deyarli 4 yildan buyon davom etar, tomonlardan hech qaysisi hal qiluvchi muvaffaqiyatga erisha olmagan edi. Front chizig‘ining har ikki tomonida qazilgan handaqlar Belgiya sohillaridagi Nyu Port shahridan Ipr, Arras, Albert, Suasson, Reyms va Verdengacha cho‘zilgandi. Ko‘plab qurbonlar berilishi va zaharlovchi moddalar (nemislar tomonidan birinchi marta 1916-yil aprelida Iprda qo‘llanilgan) hamda tanklar (inglizlar tomonidan 1916-yil sentyabrida Somma daryosi bo‘yida qo‘llanilgan) singari yangi qurol turlaridan foydalanilishiga qaramay, urushayotgan tomonlarning muvaffaqiyat qozonish uchun jon-jahdlari bilan qilgan harakatlari hech bir natija bermadi. Germaniya qo‘mondonligi jangni g‘olibona ta’sirchan zarba bilan yakunlashga qaror qiladi. 1918-yil aprel oyida nemis qoʻshinlari Antanta mavqelariga kuchli hujum boshladi. Dastlab ular muvaffaqiyatli hamla qilib, Antanta qoʻshinlari mudofaasini yorib o‘tdilar va Mama daryosi sohillariga chiqdilar.

Uzoqqa otadigan toʻplar bilan Parijni o‘qqa tutdilar. Ammo muvaffaqiyatini mustahkamlash uchun Germaniya yetarli zaxira topa olmadi. Mamlakat holdan toygan, armiyaning harbiy ruhi cho‘kkan, xalq urushdan charchagan edi.
Ayni paytda Antanta AQShdan toʻxtovsiz yordam olib turardi. AQSh ʻʻshartnomaga qo‘shilgan mamlakatʼʼ sifatida 1917-yil aprelda urushga kirgan edi. Germaniya endi hujum qilishdan ojiz ekanligi ma’lum bo‘lib qolgach, Antanta mamlakatidan barcha frontlarda qarshi hujumga o‘tdilar va nemis qoʻshinlarini bosib olingan Fransiya va Belgiya hududlaridan siqib chiqara boshladilar.


1918-yilda Antanta davlatlarining qarshi hujumi

Hujum 1918-yil avgust oyida boshlandi. Germaniyaning G‘arbdagi fronti yorib oʻtildi va Antanta qoʻshinlari uchun Germaniya hududiga yo‘l ochildi. Bolqonda, Salonik shahri yaqinlarida ittifoqchilarning ko‘p millatli ekspeditsiya korpusi bolgar qo‘shinlari mudofaa chizigʻini yorib o‘tdi va oktyabrda Dunay sohillariga chiqdi. Avstriya qo‘shinlari Vitorio Veneto yaqinida 1918-yil sentyabrida mag‘lubiyatga uchradi. Germaniya boshchiligidagi To‘rtlar ittifoqi harbiy jihatdan mag‘lub bo‘lib, tarqalib ketdi.

Germaniya oliy qo‘mondonligi shundan keyin mag‘lubiyatdan qochib qutulolmasligini anglab yetdi. Amalda barcha hokimiyatni o‘z qoʻlida tutgan Germaniya bosh shtabi boshligʻi general E. Lyudendorf Germaniyaning harbiy magʻlubiyatini tan olmagan holda faxrli tinchlik bitimini imzolash yoʻllarini qidira boshladi. Kelajakda mag‘lubiyat mas’uliyati harbiylarga, armiya va generallarga emas, balki Germaniya armiyasini saqlab qolish uchun bu ishni hal qilishga hozir boʻlgan fuqaro shaxslar, diplomat va amaldorlar zimmasiga tushishi uchun tezda sulh tuzilishini talab qilmoqda edi.

Tomas Vudro Vilson

Ammo ittifoqchilar birinchi navbatda AQSh prezidenti Vudro Vilson muzokaralarni faqat Germaniya demokratik hukumati vakillari bilan olib borishlari mumkinligini aytib, kayzer Vilgelm hukumati bilan bitim tuzish taklifini qat’iyan rad etdilar. Lyudendorf ittifoqchilarning bu talabini qabul qilishni va darhol demokratik asosda yangi hukumat tuzishni yoqlab chiqdi. 1918-yil oktyabrda shahzoda Maks Badenskiy hukumati tuzildi. U Germaniya xalqi nomidan muzokaralar olib borishi kerak edi. Ammo Antanta mamlakatlari hukumatlari buni qabul qilmadi, chunki u kayzeming avtoritar tartiboti vakili edi.

Tomas Vudro Vilson (1856—1924) — AQSh davlat arbobi.
Falsafa doktori, huquq professor!, 1912-yildan boshlab demokratik partiyadan AQSh prezidenti. 1916-yilda ikkinchi marta AQSh prezidenti qilib saylangan, 1921-yilgacha bu vazifada turgan.

Erix Lyudendorf (1865—1920) — nemis generali, 1908-yildan boshlab Germaniya armiyasi Bosh shtabining tezkor boʻlimi boshligʻi.
Birinchi jahon urushi davrida shtab boshligʻi, soʻngra armiya Bosh qoʻmondoni. Yalpi urush va xalq ommasi chiqishlarini ayovsiz bostirish tarafdori. Germaniya va uning ittifoqchilarining taslim boʻlishi

Bu orada Antanta qoʻshinlari barcha frontlarda hujumni kuchaytirdilar va Germaniya ittifoqchilari birin-ketin taslim boʻla boshladilar.

1918-yil 4-oktyabrda Chexiya va Slovakiya Avstro-Vengriya tarkibidan ajralib chiqdi hamda mustaqil Chexoslovakiya respublikasi tuzilganligini e’lon qildi.

28-oktyabrda Serb, xorvat va slovenlar qirolligi tuzilganligi e’lon qilindi (1918-yildan boshlab Yugoslaviya qirolligi). Shimoliy Bukovina Ukrainaga, Galitsiya Polshaga qoʻshilganini bildirdi.

31-oktyabrda Avstriya va Vengriyada monarxiyalar ag‘darib tashlandi hamda Avstriya va Vengriya respublikalari e’lon qilindi. Ular Antanta mamlakatlari talab qilgan yarashuv shartlarini qabul qildilar.

1918-yil 29-sentabrda Bolgariya, 30-oktabrda Turkiya, 3-noyabrda Avstro-Vengriya taslim bo‘ldi. 30-oktyabrda Turkiya imzolagan yarashuv bitimiga ko‘ra, uning qoʻshinlari arab mamlakatlaridan olib chiqilishi, turk armiyasi qurolsizlanishi, flot ingliz va fransuz boshqaruvi ostiga o‘tishi lozim edi.

1918-yil 30-sentyabrda Germaniya hukumati AQShga yarashuv bitimi imzolash iltimosi bilan murojaat qildi. Ayni paytda qo‘shinlar qo‘mondonligi mamlakat harbiy ahvolini yaxshilash uchun yirik dengiz operatsiyasini boshlash haqida qaror qabul qildi. 30-oktyabrda Germaniya harbiy eskadrasi ingliz flotiga hujum qilish haqida buyruq oladi. Dengizchilar uning befoydaligini anglaganlari uchun buyruqqa boʻysunmaydilar. 3-noyabr kuni Kil shahri portida matroslar va askarlarning namoyishlari boshlandi va u tez orada inqilobga aylandi. 9-noyabr kuni Berlinda ham qo‘zg‘olon boshlandi. Imperator mamlakatni o‘z holiga tashlab, chet elga qochib ketdi.

1918-yil 9-noyabr kuni Germaniyada respublika e’lon qilindi. Oradan ikki kun oʻtgach, 1918-yil 11-noyabr kuni Parij yaqinidagi Kompen o‘rmonida, Yevropadagi Antanta qo‘shinlari bosh qo‘mondoni fransuz marshali Foshning vagon qarorgohida Germaniya hay’ati o‘z hukumati nomidan yarashuv haqidagi, amalda esa Germaniyaning magʻlubiyati borasidagi bitimni imzoladi.

Germaniya, bitimga ko‘ra, o‘zining magʻlubiyatini e’tirof etib, qo‘shinlarini bosib olingan hududlardan darhol olib chiqishi, harbiy flotini ittifoqchilar portiga keltirishi, Antanta mamlakatlariga o‘z qurol-yarog‘lari va harbiy mulkini topshirishi zarur edi.

Germaniyada tartibsizlik hukm surardi. Avstro-Vengriya bir qancha mayda davlatlarga boʻlinib ketgan va har birining o‘zaro hududiy da’vosi bor edi.
Mustamlakalarda ozodlik harakatlari boshlandi va Yevropa jahonning iqtisodiy markazi bo‘lmay qoldi. Yevropa mamlakatlarida mavjud tartiblarga qarshi, ijtimoiy va siyosiy islohotlarni, reaksion hukumatlarning iste’fosini, Rossiyadagi intervensiyani to‘xtatishni talab etgan kuchli ish tashlash harakati boshlandi. Antanta mamlakatlari urushni shoshilinch tamomlashga, tinchlik bitimi tuzishga majbur bo‘ldilar. Niyatlari Germaniya, Avstro-Vengriya, Bolgariya va Turkiyaning harbiy magʻlubiyati sharoitida jahonning urushdan keyingi qayta tuzilishi bilan yaqindan shugʻullanish edi.

Qisqacha mazmun

1918-yilda Birinchi jahon urushi frontlaridagi asosiy voqealar va ularning natijalari:

  • Avgust — Antanta qoʻshinlarining barcha frontlarda qarshi hujumga oʻtishi.
    Germaniya iqtisodiyoti holdan toygan, zaxiralar yo’q;
  • Sentabr — To’rtlar ittifoqining tarqalishi. 1918-yilda frontlardagi harbiy harakatlar Brest Litovskdagi shartnoma Antanta mavqeyini anchagina kuchsizlantirdi. Germaniya bundan foydalanib hal qiluvchi zarba berishga ahd qildi. 1916-yilda Germaniya Sharqiy Yevropani o‘z nazorati ostiga olgan, uning barcha boyliklari, ayniqsa, oziq-ovqatidan foydalanish, oʻzining barcha qurolli kuchlarini Gʻarbiy frontda to‘plash imkoniyatini qo‘lga kiritgan edi.
    Jang deyarli 4 yildan buyon davom etar, tomonlardan hech qaysisi hal qiluvchi muvaffaqiyatga erisha olmagan edi. Front chizig‘ining har ikki tomonida qazilgan handaqlar Belgiya sohillaridagi Nyu Port shahridan Ipr, Arras, Albert, Suasson, Reyms va Verdengacha cho‘zilgandi.