1918-1939-yillarda Chexoslovakiya


Federativ davlatning tashkil etilishi

Versal, Sen-Jermen va Trianon shartnomalari Chexoslovakiya chegaralarini belgilab berdi va 1920-yili Yevropa xaritasida Chexoslovakiya nomli yangi davlat paydo bo‘ldi. Uning tarkibiga sobiq Avstro-Vengriya va Germaniya hududlarining qismlari — Chexiya, Moraviya, Sileziyaning bir qismi, Slovakiya, Karpatorti Ukrainasi kirdi. Yangi tuzilgan davlatning maydoni 140,4 kv km ni tashkil etdi, bu yerda 15 mln kishi yashardi. Aholining taxminan yarmini chexlar, beshdan birini slovaklar, qolganini vengerlar, nemislar, ukrainlar, polyaklar va boshqalar tashkil etardi. Nemislar mamlakatning eng rivojlangan qismi — Sudetda yashar, ularning soni 3,5 mln kishiga yaqin edi. Avvalgi Avstro-Vengriyaning eng rivojlangan qismi Chexoslovakiyaga o‘tdi. Bu yerda sobiq imperiya kimyo sanoatining 52, to‘qimachilikning 75, ko‘mir sanoatining 76, oynasozlikning (mashhur Bogemiya oynasi) 93, chinnisozlikning 100 foizi joylashgan edi. Shuningdek, mamlakatda yirik mashinasozlik va harbiy zavodlar (Shkoda) ham mavjud edi.


Siyosiy partiyalar va ularning mamlakat hayotidagi roli

Mamlakatdagi ko‘p sonli milliy tarkib shunga olib keldiki, siyosiy kurash millatlararo kurashga aylanib ketdi va partiyalar ijtimoiy guruhlarni emas, milliy-etnik guruhlarni ifodaladi. 1918-yil noyabrda saylangan birinchi hukumat faqat chex partiyalari vakillaridan tuzildi va Chexoslovakiya respublikasining birinchi prezidentligiga ham chex burjuaziyasi vakili, taniqli chex tarixchisi va faylasufi, professor Tomash Masarik (1850–1937) saylandi. Chex siyosiy partiyalarining eng ta’sirdor muxolifchilari nemis partiyalari edi. Ular orasida Nemis agrar partiyasi, Nemis milliy partiyasi va Nemis xristian-sotsial partiyasi ajralib turardi. Mazkur partiyalar Chexoslovakiya aholisining nemislar qismi manfaatlarini ifodalardi va turli darajada Germaniya bilan bog‘liq edi.

Xalq-sotsialistik partiyasi eng nufuzli partiyaga aylandi. Bu partiya aholining o‘rta qatlamlariga, shuningdek, millatchilik kayfiyatidagi ishchilarning bir qismiga tayanardi. Ushbu partiyaning mafkurachilari va ma’naviy peshvolari Tomash Masarik hamda Edvard Benesh (1884–1948) edi. Benesh dehqon oilasidan chiqqan, Praga va Parijda ta’lim olgan. 1918-yildan 1935-yilgacha Chexoslovakiya tashqi ishlar vaziri, Tomash Masarik iste’fosidan so‘ng Chexoslovakiya prezidenti bo‘ldi. U G‘arb bilan ham, Sovet Ittifoqi bilan ham do‘stona munosabatlar tarafdori edi. Chexoslovakiyani fashistlar Germaniyasi zabt etganidan so‘ng Angliyaga muhojirlikka ketdi.


Ichki va tashqi siyosat

Versal shartnomasi tufayli Yevropada tuzilgan davlatlardan faqat yangi Chexoslovakiya avtoritar tartibotdan saqlanib qoldi. Kuchli industrial baza, nufuzli o‘rta sinf va 1848-yil inqilobidan tarixi boshlangan boy sotsial-demokratik an’analar liberal ijtimoiy islohotlar o‘tkazilishiga qulay sharoit yaratdi. Chexoslovakiya prezident Tomash Masarik siymosida iste’dodli, mashhur milliy yo‘lboshchiga ega edi. T. Masarik barcha slovyanlarni, ya’ni janubiy va g‘arbiy slavyanlar — chexlar va slovaklarni, serblar-u xorvatlarni yarashtirishning jonkuyar kurashchisi edi. U ikki marta respublika prezidentligiga qayta saylandi hamda 1935-yilda o‘z do‘sti, safdoshi va maslakdoshi E. Benesh foydasiga bu lavozimni rad etdi. Agrar islohotlar o‘tkazilganligi E. Benesh hukumatining katta yutug‘i bo‘ldi. 250 gektardan ziyod katta yer mulklari kredit muassasalari orqali to‘lov bilan mayda dehqon xo‘jaliklariga taqsimlab berildi. Shu tariqa respublikaning tayanchi va ijtimoiy bazasiga aylangan mulkdor-dehqonlarning nufuzli qatlami vujudga keltirildi.

1920-yilda respublika konstitutsiyasi qabul qilindi. Bu konstitutsiya Birinchi jahon urushidan so‘ng yuzaga kelgan barcha mamlakatlarga qiyosan eng demokratik edi. “Xalq har qanday hokimiyatning yagona manbai hisoblanadi”, — deyilgandi konstitutsiyaning 1-bandida. 21 yoshga yetgan barcha fuqarolarga saylov huquqi berildi, ovoz berish bevosita, teng, umumiy va yashirin edi. Benesh hukumati milliy birlashuvini o‘zining asosiy tamoyili deb e’lon qildi. “Yuksak darajada mustahkamlash va chexoslovak davlatining konsolidatsiyasi” — E. Benesh o‘zining asosiy vazifasini shunday ta’rifladi.

1925–1929-yillar sanoat ishlab chiqarishining yuksalishi bilan belgilandi, chex burjuaziyasi mamlakatdagi o‘z hukmron holatini mustahkamladi. Sanoat ishlab chiqarishi jadal o‘sib, 1929-yilda urushdan oldingi darajadan 20 foizga ortib ketdi.
Mehnatkashlarning ahvoli ham yaxshilandi. Bu yutuqlarning barchasi 1929–1932-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi sababli yo‘qqa chiqdi. Sanoat ishlab chiqarish hajmi 60 foizgacha kamaydi. Ko‘plab mayda korxonalar xarob bo‘lib, ularning mol-mulklari sotib yuborildi, ishsizlar soni 1 mln kishiga yetdi. Dehqon xo‘jaliklari ham xaroblikka uchrab, ularning mol-mulkini yirik burjuaziya arzimagan bahoda sotib olardi. Mamlakatning moddiy ahvoli keskin yomonlashdi. Ishchi- xizmatchilarning ish haqi 50–60 foizga pasaydi.

Jahon iqtisodiy inqirozi mamlakatdagi barcha ziddiyatlarni, eng avvalo, milliy ziddiyatlarni yangicha kuch bilan namoyon etdi.


Fashistlar harakatining faollashuvi

Yevropaning boshqa davlatlaridagi kabi 30-yillarda Chexoslovakiyada ham fashistik harakatlar faollashdi. Birinchi fashistik tashkilotlar mamlakatda 1926-yildayoq vujudga kelgan edi, lekin ularning ochiq chiqishlari Gitler 1933-yili hokimiyat tepasiga kelgandan so‘ng yuz berdi. 1933-yil yozidayoq G. Genlayn boshchiligidagi sudetlik natsional-sotsialistlar Sudet viloyatining Chexoslovakiyadan ajratilishini va Germaniyaga berilishini talab qilishdi.

Bu hol mamlakat hukumatini tashqi siyosatda muhim qadam tashlashga — Sovet Ittifoqini tan olishga va u bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatishga majbur etdi.
1934-yil iyunida Chexoslovakiya bilan SSSR o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi, savdo shartnomasi va kredit bitimi tuzildi.


Federativ davlatning tashkil etilishi

Federativ davlatning tashkil etilishi Versal, Sen-Jermen va Trianon shartnomalari Chexoslovakiya chegaralarini belgilab berdi va 1920-yili Yevropa xaritasida Chexoslovakiya nomli yangi davlat paydo bo‘ldi. Uning tarkibiga sobiq Avstro-Vengriya va Germaniya hududlarining qismlari — Chexiya, Moraviya, Sileziyaning bir qismi, Slovakiya, Karpatorti Ukrainasi kirdi. Yangi tuzilgan davlatning maydoni 140,4 kv km ni tashkil etdi, bu yerda 15 mln kishi yashardi. Aholining taxminan yarmini chexlar, beshdan birini slovaklar, qolganini vengerlar, nemislar, ukrainlar, polyaklar va boshqalar tashkil etardi. Nemislar mamlakatning eng rivojlangan qismi — Sudetda yashar, ularning soni 3,5 mln kishiga yaqin edi. Avvalgi Avstro-Vengriyaning eng rivojlangan qismi Chexoslovakiyaga o‘tdi. Bu yerda sobiq imperiya kimyo sanoatining 52, to‘qimachilikning 75, ko‘mir sanoatining 76, oynasozlikning (mashhur Bogemiya oynasi) 93, chinnisozlikning 100 foizi joylashgan edi. Shuningdek, mamlakatda yirik mashinasozlik va harbiy zavodlar (Shkoda) ham mavjud edi. Siyosiy partiyalar va ularning mamlakat hayotidagi roli
Mamlakatdagi ko‘p sonli milliy tarkib shunga olib keldiki, siyosiy kurash millatlararo kurashga aylanib ketdi va partiyalar ijtimoiy guruhlarni emas, milliy-etnik guruhlarni ifodaladi. 1918-yil noyabrda saylangan birinchi hukumat faqat chex partiyalari vakillaridan tuzildi va Chexoslovakiya respublikasining birinchi prezidentligiga ham chex burjuaziyasi vakili, taniqli chex tarixchisi va faylasufi, professor Tomash Masarik (1850–1937) saylandi. Chex siyosiy partiyalarining eng ta’sirdor muxolifchilari nemis partiyalari edi. Ular orasida Nemis agrar partiyasi, Nemis milliy partiyasi va Nemis xristian-sotsial partiyasi ajralib turardi. Mazkur partiyalar Chexoslovakiya aholisining nemislar qismi manfaatlarini ifodalardi va turli darajada Germaniya bilan bog‘liq edi. Xalq-sotsialistik partiyasi eng nufuzli partiyaga aylandi. Bu partiya aholining o‘rta qatlamlariga, shuningdek, millatchilik kayfiyatidagi ishchilarning bir qismiga tayanardi. Ushbu partiyaning mafkurachilari va ma’naviy peshvolari Tomash Masarik hamda Edvard Benesh (1884–1948) edi. Benesh dehqon oilasidan chiqqan, Praga va Parijda ta’lim olgan. 1918-yildan 1935-yilgacha Chexoslovakiya tashqi ishlar vaziri, Tomash Masarik iste’fosidan so‘ng Chexoslovakiya prezidenti bo‘ldi. U G‘arb bilan ham, Sovet Ittifoqi bilan ham do‘stona munosabatlar tarafdori edi.


Chexoslovakiyani fashistlar Germaniyasi zabt

Angliya va Fransiya vakillari chexoslovak hukumatini fashistlarga yon berishga har tomonlama undashdi. 19-sentabrda Angliya Bosh vaziri N. Chemberlen va Fransiya Bosh vaziri E. Dalade prezident E. Beneshga aholisining yarmidan ko‘pi nemislar bo‘lgan viloyatlarni Germaniyaga berishni tavsiya etishdi. Shu tariqa Angliya va Fransiyaning Chexoslovakiyaga Germaniya tomonidan xavf tug’ilgani munosabati bilan qilgan barcha harakatlari aslida agressor(Germaniya)ni emas, uning qurbonini jilovlash uchun intilishlarga aylandi. London va Parij fashistik reyx bilan Chexoslovakiyaning mavjudligi bahonasida til topishishga harakat qilishdi.

M. Godja boshchiligidagi chexoslovak hukumati ingliz-fransuz tavsiyalariga rozi bo‘ldi. Biroq bu chexoslovak xalqining qizg‘in noroziligini uyg‘otdi. 1938-yil 22-sentyabrda Pragada ko‘pming kishilik namoyish bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar Godja hukumatining iste’fo berishini va umumiy safarbarlik e’lon qilinishini talab qilishdi.
Xuddi shu kuni umumiy ish tashlash ham boshlandi. Godja hukumati iste’foga chiqdi, general Sirovning yangi hukumati umumiy safarbarlik e’lon qildi va qo‘shinlarni chegara rayonlaridan olib ketishdan bosh tortdi.

General Sirovning qat’iyligi shu bilan izohlanadiki, Pragada “o‘ta zarur holatda SSSR Fransiyaga bog‘liqsiz ravishda Chexoslovakiyaga yordam berishi mumkin”ligi haqida xabar olingandi. Bu Chexoslovakiya kommunistlarining rahbari K. Gotvald orqali uning shaxsiy so‘roviga javoban Stalinning prezident Beneshga bildirgan bayonoti edi. Bunday yordam uchun faqat bitta shart — chexoslovak hukumatining yordam haqida iltimos bilan murojaat qilishi kerakligi aytilgandi. Biroq bunday murojaat qilinmadi.

Benesh Sovet Ittifoqi bilan birgalikda mamlakatni qutqarishdan ko‘ra G‘arb davlatlarining fashistlar bilan til biriktirib chiqaradigan qarorini itoatkorona kutishni afzal ko‘rdi. 29–30-sentyabrda Myunxendagi konferensiyada Chexoslovakiyaga Sudet viloyatini Germaniyaga, boshqa ayrim hududlarini Polsha va Vengriyaga berish taklif qilindi. Chexoslovakiya hukumati bu taklifni qabul qilishga majbur bo‘ldi. 1938-yil 1-oktyabrda Germaniya qo‘shinlari Sudet viloyatiga kirdi va u fashistik reyxning bir qismiga aylandi. Benesh Gitlerning talabiga ko‘ra iste’foga chiqdi va chet elga ketdi. Gaxa prezident bo‘ldi. Lekin Chexoslovakiya fojiasi bu bilan tugamadi. 1939-yil 15-martda german qo‘shinlari Chexoslovakiya hududiga bostirib kirdi. Xuddi shu kuni Praga, Chexiya va Moraviya fashistlar tomonidan ishg‘ol etildi. Chexoslovak armiyasi tarqatib yuborildi, uning qurol-aslahasi german vermaxt (qurolli kuchlar)i qo‘liga, butun oltin zaxirasi esa german xazinasi yerto‘lasiga o‘tdi. Qo‘shnisining shunday og‘ir ahvolidan foydalangan holda Vengriya Slovakiyaning katta qismini va Karpatorti Ukrainasini, Polsha Teshin rayonini va Slovakiyaning ikki rayonini bosib oldi. Angliya va Fransiya o‘zlarining Chexoslovakiya oldidagi majburiyatlarini unutib, fashistlarning bu ishini tabiiy deb qabul qilganicha amalda hech qanday javob qaytarishmadi. Faqat SSSR hukumati chexoslovak davlatining tugatilishiga qarshi qat’iy norozilik bildirdi, biroq bu e’tiborga olinmadi. Biroz vaqt o’tganidan so‘ng Chexoslovakiya o‘rnida german reyxi tarkibidagi Bogemiya va Moraviya protektoratlari tashkil etilishi e’lon qilindi.

Qisqacha mazmun

  • 1920-yil — mustaqil Chexoslovakiya davlatining tashkil topishi;
  • Birinchi prezident Tomash Masarik — liberal ijtimoiy islohotlarning o‘tkazilishi.
    Mamlakatda tinchlik va milliy bahamjihatlikning o‘rnatilishi;
  • 1920-yil — mamlakatning demokratik konstitutsiyasi qabul qilinishi;
  • 1925–1929-yillar — sanoat ishlab chiqarishining yuksalishi, boshqa tarmoqlar ishlab chiqarishining o‘sishi;
  • 1929–1932-yillar — jahon iqtisodiy inqirozining salbiy ta’siri — mayda korxonalar va dehqon xo‘jaliklarining sinishi, ishsizlik;
  • 1926-yil — mamlakatda dastlabki fashistik tashkilotlarning tashkil etilishi va ularning 1933-yildan faollashuvi;
  • 1934-yil — SSSR, Fransiya bilan diplomatik aloqalar oʻrnatilishi;
  • Gitlerning “Gryun” rejasi — Chexoslovakiyani yo‘qotish;
  • 1938-yil 1-oktabr — Sudet viloyatini gitlerchi qo‘shinlar ishg‘ol qilishi.
    Beneshning iste’foga chiqishi;
  • 1939-yil 15-mart — Chexoslovakiyaning gitlerchi Germaniya tomonidan bosib olinishi va uning hududi o‘rnida Bogemiya hamda Moraviya protektoratlarining tashkil etilishi.