Bo’lim: 6-bob. O‘zbekistonda sovet hokimiyatining inqirozi va mustaqillik uchun harakatlar (1984 – 1991)

  • O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida

    O‘zbekiston SSR siyosiy rahbariyatidagi yangi o‘zgarishlar 1989-yil 23-iyunda tajribali iqtisodchi va partiya xodimi Islom Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari qilib saylandi. U o‘zi saylangan plenumda so‘zlagan nutqida O‘zbekistonning Ittifoqda tutgan o‘rni va rolini aniq va ravshan belgilab berdi, madaniy merosni va tarix haqiqatini tiklash, milliy urf-odatlar va an’analarni rivojlantirish obyektiv zaruriyat ekanligini ta’kidladi.…

  • Qayta qurish siyosati va uning inqirozi. Farg‘ona fojialari

    Qayta qurish va uning bosqichlari KPSS MK aprel (1985-y) plenumi sovet jamiyati hayotining barcha sohalarini chuqur isloh qilish yo‘lini e’lon qildi. Qayta qurishning asosiy tarkibiy qismlari deb ijtimoiy hayotni demokratlashtirish va tub iqtisodiy islohot o‘tkazish belgilandi. Qayta qurishning birinchi bosqichi (1985–1986-yillar) ma’muriy tashkiliy tadbirlarni an’anaviy usullarda olib borilishi bilan izohlanadi. Mazkur bosqichda ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini…

  • O‘zbekistonda paxta ishi va uning oqibatlari

    SSSR va O‘zbekiston SSR siyosiy rahbariyatidagi o‘zgarishlar Mamlakat siyosiy hayotida 1982–1985-yillarda ko‘plab o‘zgarishlar yuz berdi. Siyosiy rahbariyatdagi bunday o‘zgarishlar O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi. 1982-yil noyabrda KPSS MK Bosh sekretari, SSSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi Leonid Brejnev vafot etdi. U mamlakat va partiyani 18 yil davomida boshqargan edi. 1982–1984-yillarda Yuriy Andropov, 1984–1985-yillarda Konstantin Chernenko Sovet Ittifoqiga…