Osiyo mamlakatlarining o’rta asr shaharlari




O‘rta asr shaharlari

Sharq mamlakatlari o‘rta asrlarning rivojlangan davriga turli paytda o‘tgan.
Bu hol har bir mamlakatda ishlab chiqarish taraqqiyoti turli darajada bo‘lgani bilan izohlanadi. Dastlab ma’muriy markaz yoki harbiy qal’alar sifatida tashkil topgan o‘rta asr shaharlari, hunarmandchilik va savdoning yuksala borishi bilan juda tez rivojlangan. Osiyoning eng yirik shaharlari: Chanyan, Loyan, Xanchjou, Kamakura, Kioto, Osaka, Dehli, Bag‘dod, Buxoro va Samarqand edi. Ularda maktablar, kutubxonalar tashkil etilgan, olimlar, shoirlar, rassomlar, musiqachilar yashab ijod qilgan. Osiyo shaharlari davlat yerlarida vujudga kelganidan Yevropa shaharlaridan farqliroq yirik zamindorlarga qarshi kurash olib bormagan.

Dehli.Qutb Minor.XIII asr.

Osiyoning eng yirik shaharlari: Chanyan, Loyan, Xanchjou, Kamakura, Kioto, Osaka, Dehli, Bag‘dod, Buxoro va Samarqand edi. Ularda maktablar, kutubxonalar tashkil qilingan, olimlar, shoirlar, rassomlar, musiqachilar yashab ijod qilgan. Osiyo shaharlari davlat yerlarida vujudga kelganidan Yevropa shaharlaridan farqliroq yirik zamindorlarga qarshi kurash olib bormagan. Osiyoning yirik davlatlaridan biri Xitoyda o‘rta asr shaharlarining vujudga kelishi va rivojlanishi IX–XIII asrlarga to‘g‘ri keladi. Shaharlar Xitoyda imperatorga bo‘ysungan. Shaharlarning taraqqiyotiga istilochilik urushlari to‘sqinlik qilgan. Yaponiyaning o‘rta asrlar shaharlari budda ibodatxonalari atrofida, aloqa bekati va yo‘l ustida, dengiz bo‘yida, qal’a atrofida vujudga keladi. Xeyyan shahri 1177-yilda yong‘in natijasida vayron bo‘ladi. Bu shahar qayta tiklanganidan so‘ng Kioto nomini olib mamlakat poytaxtiga aylanadi. Kioto ko‘p asrlar davomida Yaponiyaning iqtisodiy, madaniy va diniy markazi bo‘lib qoladi.


Shaharlar hayoti

Osiyo shaharlari ham o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Jumladan, Xitoyda XI asrdayoq shaharsozlik yuksak darajaga ko‘tarilgan. Imperator va zodagonlar hashamatli saroylar qurdirgan. Mamlakatda yog‘och tanqis bo‘lganidan qurilishda g‘isht, sopol va toshdan keng foydalanilgan. Xitoyning yirik shaharlarida G‘arbiy Yevropadan farqliroq, maishiy Xxzmat ko‘rsatish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan edi. Aholi sopol quvurlar orqali toza suv bilan ta’minlangan, shaharni axlat va chiqindilardan tozalash, o‘t o‘chirish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Osiyo shaharlari aholisi Yevropanikiga nisbatan ko‘proq bo‘lgan. Xususan, Xitoyda o‘rta asrlardayoq aholi zich yashagan. XVI asrda Pekinda 1 mln, Nankinda undan ham ko‘p aholi bo‘lgan. Eronning Isfaxon, Sheroz shaharlarida 200 mingdan ortiq kishi yashagan. Amir Temur saltanati poytaxti Samarqand XIV asr oxiri – XV asr boshlarida yuksalib, dunyoga taniladi. O‘rta asr shoirlari va faylasuflari Samarqandni «sayqali ro‘yi zamin» – yer yuzining sayqali, husni deb ta’riflagan. Sharq dunyosida Buxoro ham o‘z o‘rniga ega bo‘lib, u islom dini, madaniyat, savdo va hunarmandchilik markazlaridan biri sifatida shuhrat qozongan.

Buxoro arki.

O‘rta Osiyoning musulmon davlatlari shaharlari umumiy reja bo‘yicha: markazida – ark, shahar hokimi qal’asi, uning atrofida – shahriston, asosiy aholi yashaydigan guzarlari bilan qurilgan. Shahar atrofida rabod bo‘lib, unda hunarmandlar guzar va mahallalari joylashgan. Sharq shaharsozligida asosiy qurilish ashyolari tosh va g‘ishtdan iborat edi. Hukmdorlar, boylar o‘z saroylari, hovli-joylarini pishiq g‘isht va marmarlardan, kambag‘allar esa paxsa, guvaladan qurgan. Kambag‘ allarning uylari pishiq, mustahkam bo‘lmay, tez-tez ta’mirlashni talab qilgan. Merosga qoldirilganda, odatda, buzilib, o‘rniga yangisi qurilgan.


Hunarmandchilik

Sharq hunarmandlari ipak gazlamalari, zeb-ziynat buyumlarining katta qismini chet mamlakatlarga sotish uchun ishlab chiqargan. Osiyo va Shimoliy Afrika shaharlarida ham hunarmandchilik sexlari shaharlar bilan bir paytda vujudga kelgan. Sharqda dastlab shahar aholisi soliqlardan ozod qilingan. Vaqt o‘tib savdogar va hunarmandlardan ham turli soliqlar olina boshlagan. Arab Xalifaligi, Yaponiya, Xitoyda usta va savdogarlardan soliqlarni sex oqsoqollari yig‘ib bergan. Xitoyda barcha ustalar sex a’zosi bo‘lishlari majburiy etib qo‘yilgan. Hunarmandchilikning eng muhim sohalari Xitoyda yuksak taraqqiyotga erishgan.

Jonka.

Xususan, faqat Xitoyliklar 600-700 kishi va yana ko‘plab yuk sig‘adigan yirik kemalar – jonkalarni qurishgan. Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan O‘rta Osiyo shaharlari tranzit savdo markazlari edi. Chet ellik savdogarlar Samarqand qog‘ozi va gazlamalarini, G‘ijduvon kulolchiligi buyumlari-yu, marvlik ustalar gazlamalari va kiyimlarini yuqori baholagan. O‘rta asrlarda eronlik ustalar parcha, ipak gazlamalari, jun gilamlari bilan shuhrat qozongan. Erondan savdogarlar po‘latdan yasalgan qurol-aslaha, mis va kumush idishlarni xarid qilishgan.


Savdo

Arab xalifaligi, Tan imperiyasi va Dehli sultonligi singari yirik markazlashgan davlatlarning paydo bo‘lishi savdoni yuqori daromad manbaiga aylantirdi.
Uzoq Sharqdan O‘rta yer dengiziga qadar hududlarda faqat karvon yo‘llari orqali savdo olib borilmagan. Fors ko‘rfazi va Qizil dengiz orqali arab, hind, Xitoy savdogarlarining o‘nlab kemalari suzgan. Osiyodan farqliroq, Afrikaning iqtisodiy qoloqligi, undagi uzluksiz urushlar, qit’aning xomashyo, tuz, oltin, fil suyagi, ziravorlar, qisman qullar manbaiga aylanishiga sabab bo‘lgan. Osiyo bozorlari o‘zining gavjum va sershovqinligi bilan ajralib turgan. O‘rta asr bozorlari ko‘pincha shahar darvozalari yaqinida joylashgan. Shahar ichida kichkina bozorlar bo‘lib, ular ma’lum mahsulotlarni sotishga ixtisoslashgan. O‘rta Osiyo va Erondagi yirik bozorlar bir qancha rastalarga bo‘lingan. Har bir rasta ma’lum xildagi mol bilan shug‘ullanadigan savdogarlarni yoki turli kasb hunarmandlarini birlashtirgan.
Ilk o‘rta asrlardayoq Bag‘dodda, Ishbiliya (Sevilya) va G‘arnota (Granada – Ispaniya)da mardikorlar bozorlari bo‘lgan.

Osiyo bozori.

Sharq bozorlarida hunarmandchilik ustaxonalari, do‘konlari ham joylashgan.
Ayrim hollarda ko‘chma bozorlar ham tashkil qilingan. Unga sayyor savdogarlar va atrofdagi qishloqlarning o‘z mahsulotlarini sotish ehtiyoji bo‘lgan aholisi to‘plangan. Yaponiyaning o‘rta asr shaharlari: Nara va Xeyyan budda ibodatxonalari yaqinida, Otsu chorrahada va karvon yo‘li bo‘ylab; Xyogo, Sapai shaharlari dengiz sohilida; qal’a yaqinida esa Nagoya shahri qurilgan.