Buxoro amirligida madaniy hayot


Tarixnavislik

Ashtarxoniylar hukmronligi davridan boshlab ijtimoiy-madaniy hayot rivojining qudratli to‘sig‘iga aylangan diniy mutaassiblik mang‘itlar hukmronligi davrida yanada kuchaydi. Bu omil, birinchi navbatda, aniq-tabiiy fanlarning rivojlanishiga imkon bermadi. Chunki diniy mutaassiblik namoyandalari bu fanlar sohasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan har qanday kashfiyotni Xudoning irodasiga shak keltirish deb hisoblashardi.
Shuning uchun ham uch o‘zbek xonligida, jumladan, Buxoro amirligida aniq-tabiiy fanlar rivojlanmadi. Shu tufayli bu davrda asosiy asarlar tarix, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasida yaratilgani bejiz emas edi. Buxoroning XIX asr birinchi yarmida ijod etgan tarixchi olimi Muhammad Ya’qub ibn Doniyolbiy Buxoriy (1771–1831) edi. U ʻʻGulshan ul-mulukʼʼ (Podshohlar gulshani) degan asar yozib qoldirgan. Bu asar ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismi Buxoroning qadimgi tarixi, uning hukmdorlari shajarasi bayoniga bag‘ishlangan. Asarning ikkinchi qismida esa Markaziy Osiyoning XVIII va XIX asr boshlaridagi tarixi bayon etilgan. XIX asrda yozilgan Mirzo Shams Buxoriyning ʻʻBayoni ba’zi havodisoti Buxoro, Ho‘qand va Qoshg‘arʼʼ (ʻʻBuxoro, Qo‘qon va Qashqarning ayrim voqea-hodisalari bayoniʼʼ) kitobi, shuningdek, Mir Olim Buxoriyning ʻʻFathnomayi sultoniyʼʼ, Muhammad Hakimxonning ʻʻYilnomalar to‘plamiʼʼ asarlari tariximiz uchun muhim manbalar hisoblanadi.


Adabiyot

Bu davr adabiyotida o‘z davrining mashhur shoir va yozuvchilari ijod qilishgan. Ulardan biri o‘ziga xos iste’dod egasi Muhammadniyoz Nishotiy edi (XVIII asrda yashab ijod etgan). U o‘rtacha, vaqti kelganda esa kambag‘allik va sargardonlikda yashagan. Shoir 1778-yilda o‘zining ajoyib ʻʻHusn-u Dilʼʼ dostonini yaratgan. O‘zbek adabiyotining katta yutug‘i sanalgan bu asarni shoir majoziy shaklda yozgan. Doston qahramonlari — Aql, Husn, Yurak, Xayol, Vafo, Nazar, Ishq va boshqalarning har biri g‘oyat go‘zal insoniy fazilatlarga ega. Raqib, Fasod, Nafs obrazlari esa yomon sifatlar hamda turli yovuzliklarning timsoli edi. Shu tariqa Nishotiy dostonida odamlar va davlatlar orasidagi nizolar, baxillik va boshqa axloqiy qusurlar qoralanadi. Yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi qarashlarda xayrli intilishlar, aql va oliyjanob niyatlar ustun keladi. Bundan tashqari, Nishotiyning adabiy ijodidagi yana bir o‘ziga xoslik uning adabiyotda munozara janri taraqqiyotiga katta hissa qo‘shganidir. Bu o‘rinda uning ʻʻQushlar munozarasiʼʼ majmuasi katta ahamiyatga ega. Asarda o‘sha davrdagi ijtimoiy tuzumga xos illat, jaholat, mansabparastlik majoziy shaklda tanqid qilingan, mehnat ahlining kamtarligi ulug‘langan.


Asarda laylak, zog‘, bulbul, tovus, to‘ti, humo kabi jami 14 ta qush o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bahs tasvirlangan. Bu davrning yana bir mashhur shoiri Mujrim Obid edi (1748–1818). Shoirning asarlarida jamiyatdagi nomukammallik, ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik, odamlar fe’lidagi illatlar tanqid ostiga olinadi.
Chunonchi, Amir Haydar davrida ijod qilgan Mir Ma’sum Olamiyon ʻʻAxloqi Muhsiniyʼʼ kitobini hamda Sa’diyning she’riy asarlarini rasm bilan bezaydi.
Bizgacha 3 ming misra she’ri yetib kelgan. O‘z she’rlarida xalq boshiga tushgan kulfat va mashaqqatlarni kuylagan.


Tasviriy san’at

Buxoroda xattotlik va miniatyura san’ati yaxshi rivojlangan edi. Rassomlar, asosan, qo‘lyozmalarni naqshli bezash bilan shug‘ullanib, ko‘proq diniy mazmundagi kitoblarni bezata boshladi. Bu sohaning qator yetuk bilimdonlari zamonasiga yarasha yodgorlik qoldirishdi. Chunonchi, Amir Haydar davrida ijod qilgan Mir Ma’sum Olamiyon ʻʻAxloqi Muhsiniyʼʼ kitobini hamda Sa’diyning she’riy asarlarini rasm bilan bezaydi. Mirzo Sodiq Jondoriy Nasrulloxon amirligi davrida qo‘lyozma kitoblarga lavhalar, Sa’diy va Hofiz asarlariga turmush manzaralari tasvirlangan rasmlar ishlagan. Yirik olim, faylasuf, shoir Ahmad Donish (1827–1897) 20 yil mobaynida Buxoro saroy kutubxonasida xattot va rassom bo‘lib ishlagan. U astronomiya, tibbiyot, riyozat, me’morcliilik va musiqadan tashqari xattotlikni, rassomlik hamda rang berish san’atini ham o‘rgangan edi. Chunonchi, Amir Haydar davrida ijod qilgan Mir Ma’sum Olamiyon ʻʻAxloqi Muhsiniyʼʼ kitobini hamda Sa’diyning she’riy asarlarini rasm bilan bezaydi.


Musiqa

Buxoro yuksak ustozona musiqa san’atining markazlaridan biri bo‘lgan. Chunonchi, XVIII asr oxirlarida Buxoroda vujudga kelgan ʻʻShashmaqomʼʼ buning yorqin dalilidir. Buxoro Shashmaqomi Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iraq maqomlaridan iborat bo‘lib, 250 dan ortiq har xil shakldagi kuy va ashula namunasidan tashkil topgan. Maqom ashulalarining she’riy matni Rudakiy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Bobur, Nodira va Mashrab singari turkiy va forsiy tilli mumtoz shoirlarning lirikasidan tuzilgan. Shashmaqom og‘zaki tarzda ustoz-shogird an’anasi shaklida avloddan avlodga o‘tib kelmoqda.