Bo’lim: 3-bob. Buxoro amirligi

  • Buxoro amirligida madaniy hayot

    Tarixnavislik Ashtarxoniylar hukmronligi davridan boshlab ijtimoiy-madaniy hayot rivojining qudratli to‘sig‘iga aylangan diniy mutaassiblik mang‘itlar hukmronligi davrida yanada kuchaydi. Bu omil, birinchi navbatda, aniq-tabiiy fanlarning rivojlanishiga imkon bermadi. Chunki diniy mutaassiblik namoyandalari bu fanlar sohasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan har qanday kashfiyotni Xudoning irodasiga shak keltirish deb hisoblashardi.Shuning uchun ham uch o‘zbek xonligida, jumladan, Buxoro amirligida…

  • Buxoro amirligi XIX asrning birinchi yarmida

    Buxoro amir Haydar hukmronligi davrida Amir Shohmurod vafot etgach, taxtga uning o‘g‘li Haydar o‘tirdi (1800–1826). Ayrim viloyat hukmdorlari uning tajribasizligidan foydalanib, markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslikka urinishgan. Biroq amir Haydar katta qiyinchiliklar bilan bo‘lsa-da, ulardan aksariyatining qarshiligini sindira olgan va markaziy hokimiyatga bo‘ysundirgan. Aksariyat viloyatlar mustaqilligining tugatilishi davlat yerlari zaxirasini ko‘paytirgan. Bu esa davlat yerlarini ijaraga olib…

  • Amirlik shaharlari hayoti va savdo-sotiq ishlari

    Shaharlar hamisha mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Chunki shaharlar davlat hokimiyati tayanchi, savdo va hunarmandchilik markazi, madaniyat hamda ilm-fan o‘chog‘i vazifasini o‘tagan. Samarqand ʻʻDunyoning husniʼʼ deb ulug‘langan Samarqand amirlikning eng yirik shaharlaridan biri edi. Samarqand shahrida kulolchilik, cho‘yan quyish (degrezlik), teri oshlash, qog‘oz, kiyim-kechak, qurol-yarog‘ ishlab chiqaruvchilar, baxmalboflar, kimxobgarlar,…

  • Amirlikning xo‘jalik hayoti

    Yer mulkchiligi shakllari Buxoro davlatida yer-suv mulkchiligining uch shakli mavjud edi: 1)davlat yerlari (bu amlok yerlar deb ham atalgan); 2)mulk yerlari (xususiy); 3)vaqf yerlari. Davlat yerlarining suvsiz dasht, to‘qayzor qismi ko‘chmanchi jamoalarga bo‘lib berilgan bo‘lib, ular bu yerlardan foydalanganliklari uchun davlatga xiroj to‘lashardi. Bunday yerlar sotilmasdi va ayirboshlanmasdi. Davlat yerlarining boshqa bir qismi hukmron sulola…

  • Amirlik davlat tuzumi va uning ma’muriy boshqariluvi

    Davlat tuzumi va ma’muriy bo‘linish Buxoro davlat tuzumiga ko‘ra monarxiya davlati edi. Davlat tepasida amir, ya’ni yakka mustabid hukmdor turgan. Hukmdor rasman cheklanmagan huquqqa ega bo‘lib, butun hokimiyat uning qo‘lida to‘plangan. U o‘zi ishongan eng oliy toifadagi amaldorlar (arkoni davlat) hamda qabilalarning boshliqlari bilan hisoblashib ish tutgan. Buxoro amirligi ma’muriy jihatdan viloyatlarga va tumanlarga bo‘lingan.…

  • Buxoroda mang’itlar sulolasi hukmronligining o‘rnatilishi

    Buxoro xonligi davlat mustaqilligini yoʻqotishi Buxoro Eron bosqiniga qarshi tura olmagach, Abulfayzxon taslim bo‘lish shartlari haqidagi shartnomani imzolash uchun Zarafshon daryosining bo‘yiga — Nodirshoh huzuriga borishga majbur bo‘ladi. Shartnomaga ko‘ra, Nodirshoh oliy hukmdor, Buxoro xonligi esa Eronga mute davlat deb tan olingan. Shuningdek, Nodirshoh qo‘shinlari uchun 8 yilga yetadigan 200 ming xarvor bug‘doy va arpa…